132
korxona o‘z ishlab chiqarishini kengaytiradi.
Asosiy kapitalini
yangilash, modernizatsiya qilish ishlab chiqarayotgan tovarlar
sifatini yaxshilashga, xaridorlarning o‘sib borayotgan didi, talabini
qondirishga, natijada bozorda raqobatbardosh bo‘lishga olib keladi.
Demak, sarmoya qilishdan maqsad foyda ko‘rish va uni yanada
ko‘paytirib borishdan iborat.
Òadbirkor foyda miqdorini kamaytirmaslik uchun foyda me’yori
pasaygan chog‘da olingan foydani
qaytadan pul topish uchun
qo‘yishi kerak, bu reinvestitsiya deyiladi. Reinvestitsiya qo‘yilgan
kapital summasini oshirish orqali foyda miqdorini kamaytirishga
yo‘l qo‘ymaydi.
6.11. Zarar ko‘ruvchi korxonalar, zarar ko‘rishning me’yori,
korxonalarning bankrot bo‘lishi
Bozor raqobati sharoitida o‘z faoliyatida zarar ko‘radigan
korxonalar ham uchrab turadi. Zarar ko‘rishning ikki asosiy sababi
bor:
1.
Ichki sabablar — bu korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u
xarajatlarini oshirib yuborishi, bozor talabiga javob bera olmaydigan
sifatsiz tovarlar ishlab chiqarilishi,
narxning nisbatan yuqori
bo‘lishi, tovarlarini o‘z vaqtida bozorga yetkazib bera olmasligi
kabilardan iboratdir. Natijada korxona tovarlariga bozorda talab
kamayib boradi, tovarlarning narxi tushib ketadi, bu, o‘z navbatida,
uning daromadini qisqartiradi. Daromadning qisqarishi natijasida
korxona o‘z xarajatlarini qoplay olmay qoladi. Demak, birinchi
sababga ko‘ra, korxona tovarlari narxining pasayishi hisoblanadi,
chunki, odatda, korxonalar o‘z xarajatlarini nazorat qila olishlari
va ularni biroz kamaytira olish imkoniyatiga egadirlar. Lekin ular
bozordagi narxlarga ta’sir ko‘rsata olmaydilar, narx bozorning o‘z
qoidalari, talab-taklif kabi qonunlari ta’siri ostida shakllanadi.
2.
Òashqi sabablar — bu, avvalo, korxona ixtiyorida bo‘lmay,
bir qator omillardan iboratdir:
a) bozordagi holatning tez-tez o‘zgarib turishi, ya’ni resurslar-
ning narxi bozorda oshib ketishi korxona xarajatlarini oshiradi;
b) korxona to‘laydigan soliqlarning oshib ketishi, ya’ni davlat
tomonidan soliqlar oshirilsa, korxona xarajatlari ham oshadi;
d) korxonaga beriladigan tashqi yordamning to‘xtab qolishi,
ya’ni korxonaga birorta homiy yordam bermoqda edi va u to‘xtatildi.
Bu kabi sabablar korxona tomonidan ishlab chiqilgan tovarlarga
bozordagi narx oshmasa, u o‘z xarajatlarini qoplay olmay qoladi.
133
Natijada korxonada qoplanmaydigan xarajatlar paydo bo‘ladi va
bu zarar hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, korxona xarajatlari doimiy va o‘zgaruvchan
xarajatlardan iborat bo‘ladi va ularning qoplanishi ham bir xil
bo‘lmaydi. Doimiy xarajatlar, hatto korxona ishlamay turganda ham
ketaveradi. O‘zgaruvchan xarajat esa to‘xtaydi.
Korxona doimiy
xarajatini qarz olish orqali ham qoplab yuborishi mumkin bo‘lsa, u
ishlab chiqarishni davom ettirib, o‘zgaruvchan xarajatlarini qoplay
olsa, korxona bankrot bo‘lishdan saqlanib qolishi mumkin. Lekin
korxona zarari me’yoridan oshib ketsa, u aniq bankrot bo‘lib tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi
Qonuniga ko‘ra, «Bankrotlik — firmaning ixtiyoridagi o‘zining
moddiy va pul mablag‘lari uning boshqalar oldidagi to‘lov majbu-
riyatlarini berishga yetmay qolishi natijasida yopilib ketishidir» deb
ta’riflangan.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
Iqtisodiy faoliyat;
ishlab chiqarish;
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish;
nomoddiy ishlab chiqarish;
ishlab chiqarishning toindustrial bosqichi;
industrial bosqich;
postindustrial bosqich;
iqtisodiy faoliyat fazalari;
ishlab chiqarish;
ayirboshlash;
taqsimot;
iste’mol;
ishlab chiqarish omillari;
yer;
kapital;
mehnat;
1. Iqtisodiy faoliyat nima?
2. Ishlab chiqarishni qanday tushunasiz?
3. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonini aytib bering.
4. Nomoddiy ishlab chiqarishni qanday tushunasiz?
5. Ishlab chiqarishning toindustrial bosqichini tushuntirib bering.
6. Industrial bosqichni ta’riflang.
tadbirkorlik;
ekologiya;
ishlab
chiqarishning umu-
miy va pirovard natijasi;
mehnat unumdorligi;
iqtisodiy xarajatlar;
asosiy va aylanma kapital;
asosiy va aylanma fondlar;
foyda, foyda me’yori va
massasi;
foydani maksimallashtirish;
foydaning taqsimlanishi;
zarar;
zarar me’yori;
bankrotlik.
Do'stlaringiz bilan baham: