O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

ISH HAQI. AHOLI DAROMADLARI
VA TURMUSH DARAJASI
7.1. Ish haqi — taqsimotning natijasi
Har qanday jamiyatda bo‘lgani kabi bozor iqtisodiyoti sharoitida
ham jamiyat a’zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirish vositasi
ularning o‘zlashtiradigan daromadlaridir. Aholi daromadlarining ko‘p
yoki oz bo‘lishi jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy tuzumi, taraqqiyoti
darajasi va uning obyektiv hamda davlat tomonidan qabul qilingan
qonunlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-
sida «har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli» ekanligi, har bir inson
ma’lum bir daromad egasi bo‘la olishi qonun bilan kafolatlangan.
Ko‘pincha, aholi daromadlari to‘g‘risida gap ketganda ko‘pchilik
uni ish haqi deb tushunadi. Aslida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida
ko‘pchilikning xususiy mulk egasi bo‘lishi aholining mulkka bog‘liq
holda boshqa daromad manbalari ham ko‘payib boradi. Chunki mulk
egalari o‘z mulkiga asoslangan holda turli-tuman tovarlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni beqiyos darajada rivojlantiradilar,
natijada mamlakatda milliy mahsulot yaratiladi. Aholi daromadlari
ana shu mahsulotning taqsimlanish tamoyillari asosida tashkil topadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlarining shakllani-
shiga doir adabiyotlarda «uch omil» nazariyasi mavjud bo‘lib,
uning asoschilaridan biri fransuz iqtisodchi olimi J.B. Seyning
fikricha, tovarlarni ishlab chiqarishda «ishlab chiqarishning uch
omili», ya’ni mehnat, yer va kapital omillari teng qatnashadi va
ular hamma daromadlar manbayidir, demak, jamiyatda daromadlar
ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi deydi.
Amerikalik iqtisodchi olim J.B. Klark J.B. Sey fikriga qo‘shilib,
o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi» asarida yaratilgan boylik
ana shu uch omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot
miqdoriga, ya’ni «unumdorligiga» qarab taqsimlanadi deb
ko‘rsatgan. Bu olimlarning fikrlarini oddiy qilib tushunsak, kapital,
yer va ishchi kuchi qo‘shilishi natijasida ishlab chiqarish jarayoni
sodir bo‘ladi va ma’lum bir naflik, ya’ni tovar yoki xizmatlar
yaratiladi, yaratilgan naflik miqdori bilan bu uch omilning miqdori


136
va unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu uch omil
bir-biriga mutanosib ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa,
tovarlar va xizmatlar hajmi ham shunga mos ravishda ko‘payadi.
Agar biz jamiyatda yaratilgan daromadni bu fikrga asoslanib, aholi
daromadlari shakllantirilishida tamoyil sifatida foydalanadigan
bo‘lsak, uning hozirgi davrga mos kelmaydigan kamchiligi mavjud
ekanligini ko‘ramiz. Bu kamchiliklar shundan iboratki, Sey va
Klark kapital va yer, tovar nafliligini yaratishda qatnashsa-da,
ular mustaqil ravishda qiymat yarata olmasliklarini ayta olmagan,
bu omillar ishlab chiqarish jarayonida eskirishiga teng, ya’ni
amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga o‘tkazadi,
xolos. Yangi qiymatni esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishi-
ni e’tiborga olishmagan. Klark tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan
qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni ham
ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan turli omillarning bir-
biriga mos kelishining zarurligini hisobga olmagan holda bayon
qilingan. Bu holat hisobga olinmay xarajatlar oshirib borilganda,
qo‘shimcha omillar keltirgan daromad ularning bozor narxiga teng
bo‘lishi kerak, ya’ni qo‘shimcha jalb etilgan ishchilar tomonidan
yaratilgan daromad ularga to‘langan ish haqiga, qo‘shimcha jalb
etilgan kapital uni ishlatish evaziga olingan daromadning shu
kapitalni sotib olish narxiga teng bo‘lishi kerakligini unutgan.
Yuqorida keltirilgan Sey va Klark yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni
hisobga olib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda yaratilgan milliy
mahsulotning hammasi bu uch omilning miqdori va unumdorligiga
qarab taqsimlanmaydi. Balki hozir amaliyotda kapital va yer omillari
uchun amortizatsiya ajratmalari, ya’ni fondlar tashkil qilinadi, so‘ngra
qolgan qismi bu omillarga qarab, uning egalari o‘rtasida taqsimlanadi.
Biz yuqorida faqat jamiyatda daromadlarning taqsimlanishi
to‘g‘risidagi ayrim iqtisodchilar nazariy fikrlariga to‘xtaldik, xolos.
Aslida iqtisodiy adabiyotlarda bu mavzuda turli xil fikrlar ko‘p.
Shundan kelib chiqqan holda jamiyatdagi mavjud amaliy tajribalar-
ni hisobga olib yaratilgan daromadni taqsimlashning ayrim asosiy
yo‘nalishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Eng avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, daromadlarni taqsimlash
mulkchilik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Chunki har qanday
iqtisodiy faoliyatning moddiy asosini mulkchilik, uning turli xil
shakllari tashkil etadi. Shu sababli mamlakatimizda yer davlat mulki,
kapital esa turli shaklda ish kuchining egasi alohida shaxs bo‘lib
turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari, ya’ni davlat,


137
jamoa, xususiy shaxslar o‘rtasida taqsimlanadi. Quyida milliy
mahsulotni taqsimlashning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Òaqsimot munosabatlari, eng avvalo, umumjamiyat manfaat-
laridan kelib chiqishi zarurligidan daromadlarning bir qismi davlat
ixtiyoriga kelib tushadi va ular turli xil tabiiy ofat va boshqa turli
xil tasodifiy hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zaxira
hamda ijtimoiy himoya fondlarini tashkil qilish, davlatni boshqarish,
mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va
mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim
tizimini, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun ajratiladi.
Ular, odatda, soliqlar va boshqa xil yig‘imlar shaklida bo‘ladi.
So‘ngra shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish
vositalarining qiymati, ya’ni amortizatsiya summasi ajratiladi, chunki
bu summa asosiy kapitalni qayta tiklash uchun kerak bo‘ladi. Nihoyat,
qolgan qismi bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer va ishchi
kuchi egalari o‘rtasida taqsimlanadi, ya’ni jamiyat a’zolarining
ixtiyoriga kelib tushadi. Bu jarayonda ishlab chiqarishda qatnashgan
har bir omil egalarining milliy mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda
ularning omilli daromadlari hisoblanadi va ular ish haqi, foiz, renta,
foyda, dividend shaklidagi daromad turlari ko‘rinishini oladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish