O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Mulk daromadi. Aholi daromadlarining bu shakli biz uchun
yangi daromad manbayidir. Zero, mulkka egalik hissi uni


151
ishlatishdan manfaatdor qiladi. Mulk ishlab chiqarish omillari
tarzida aksiya, pay va pul shaklida bo‘lishi mumkin. Natijada
mulkni iste’mol qilishdan ijara haqi, renta, foiz, foyda, zayom
yoki lotereya yutuq tarzida bo‘lishi mumkin. Aytish mumkinki,
bunday daromadlar mulk egasining bevosita sohibkorlik faoliyati
bilan bog‘liq emas, ammo bunday daromadlar bozor rivojlana
borgani sari ko‘paya boradi.
Aholi daromadlarida dividend yangi daromad manbayi sanaladi.
Aksiya dividend shaklida daromad keltiruvchi alohida mulk bo‘lib,
u egasiga aksiyadorlik korxonasi foydasidan ulush keltiradi. Divi-
dend shunday daromad shakliki, u korxona faoliyati yaxshilangan
sari o‘sib boradi.
Aksiya va dividend munosabatlarida xususiylashtirish investitsiya
fondlari (XIF) alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun hukumatimiz
tomonidan o‘z vaqtida yirik va o‘rta korxonalarni xususiylashtirish
uchun maxsus XIFlar orqali xususiylashtirish dasturini ishlab
chiqdi. Dastur asosida O‘zbekistonning eng yaxshi o‘rta va yirik
korxonalari XIFlarda davlat ulushining krediti sifatida sotish va
berish amalga oshirildi. XIFlar yuzlab korxona aksiyalarini butunlay
va boshqa korxona aksiyalari paketlarini qisman sotib oldilar.
Yakka faoliyat daromadi. Aholining yakka faoliyat bilan
shug‘ullanishi ham daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Yakka
faoliyat — shaxsiy tashabbus, o‘z mulkiga tayanib, tavakkalchilik
asosida, shaxsiy daromad olish maqsadida harakatdagi qonunchilik
doirasida jismoniy shaxs tomonidan bajariladigan xo‘jalik
faoliyatidir. Yakka faoliyat bilan aholining keng qatlami: duradgor
ustalar, kosiblar, chevarlar, zargarlar, gilam to‘quvchilar, pichoq-
chilar, temirchilar va h.k., umuman olganda, turli hunar egalari
shug‘ullanishlari mumkin. Ular qonunchiligimizga ko‘ra, yakka
tartibdagi faoliyat bilan shug‘ullanib, shaxsiy daromad oluvchilar
deyiladi. Bu faoliyatning aholi ish bilan ta’minlanishida hamda
daromad topishlarida ahamiyati katta bo‘lganligi uchun davlat
tomonidan rag‘batlantirilmoqda.
Intellektual mulk daromadi — bu intellektual mulk egalariga;
barcha yo‘nalishdagi ijodkorlarga, ixtirochilarga, olimlarga tegish-
lidir. Bozor iqtisodiyoti ular uchun ham qulay sharoit yaratib
beradi. Ular o‘z asarlarini, ixtirolarini, ilmiy kashfiyotlarini, texno-
logik yangiliklarini, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarini tovar sifatida
erkin sotish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu bir tomondan intellek-


152
tual mulk egalariga daromad keltirsa, ikkinchi tomondan ma’na-
viyat, ma’rifat, ilm-fan, texnika va texnologiyaning to‘xtovsiz o‘sishiga
sabab bo‘ladi.
Ijtimoiy himoya jamg‘armalaridan keladigan daromadlar.
Aholining daromadlari tarkibida ijtimoiy himoya jamg‘armalarining
ham alohida o‘rni bor.
Ijtimoiy himoya jamg‘armalarining faoliyati doirasiga inson
keksayganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan
ajralganda, yosh bolali ayollarga nafaqa, bepul davolanish va o‘qish,
kommunal xizmatlar uchun imtiyozlar, xayriya jamg‘armalaridan
manfaatdor bo‘lish kabilar kiradi. Xayr-sahovat jamg‘armalari,
diniy xayr-ehsonlar, otaliq yordamlari va boshqalar ham shular
jumlasidandir. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat,
aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy yordam aholining tabaqalarga bo‘linishi
chuqurlashuvining oldini olishga yordam bermoqda. Masalan, agar
1999-yilda davlat budjeti xarajatlarining 40 % ijtimoiy sohalarga
sarflanganligi, aholini ijtimoiy himoya etishga xarajatlarning 13,4 %
ajratilgan bo‘lsa, 2017-yilda bu maqsadlar uchun budjetning
60 % dan ortiqroq qismi ajratilmoqda. Ijtimoiy himoya uchun
MDH mamlakatlarining birortasida bunday miqdorda mablag‘
ajratish amaliyoti hali-hanuzgacha kuzatilgani yo‘q. Iqtisodiyoti-
mizning barqarorlashganligi va o‘sayotganligi bunday kuchli
ijtimoiy himoya tizimining yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotimiz yuksalgani sari, bu tizim yanada yaxshilanib boradi
va bu, o‘z navbatida, aholi daromadlarining o‘sishiga xizmat qiladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish