7.12. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari
Dunyoning barcha mamlakatlaridagi kabi O‘zbekistonda ham
davlat ijtimoiy siyosatining mohiyatini, jamiyatning hayotini
tartibga solishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu
siyosatning o‘zagi jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida
tabaqalashuvning o‘ta kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Buning uchun davlat aholi daromadlarini shakllantirishning adolatli
tamoyillarini ishlab chiqib, shu asosda ish olib bormoqda.
Jamiyat a’zolarining daromad darajasi aholi farovonligining
muhim ko‘rsatkichidir. Unga qarab har bir kishining moddiy-
ma’naviy ehtiyojlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni
saqlash, ilm olish kabilarning qondirilishi amalga oshiriladi. Iste’-
moldagi farqlar faqat mehnat orqali topilgan daromadlaridagina
emas, balki oila a’zolari soni, oiladagi ishlovchilar bilan ishla-
maydiganlar nisbati, hududiy joylashuvi va milliy xususiyatlari bilan
ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun davlatning o‘z ijtimoiy
siyosati bilan uni tartibga solib borishi muhim vazifa hisoblanadi.
Davlat ijtimoiy siyosati, asosan, ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1. Aholining mehnat qilish huquqini kafolatlash. Bunda davlat
mamlakat fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqi bo‘lgan mehnat
qilish huquqlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratib
berish vazifasini bajaradi. Ularning mehnat qilish, kasb-hunar
tanlash va egallashdagi erkinliklari ta’minlanadi. Fuqarolarning
bu huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun umumiy, o‘rta maxsus,
oliy ta’lim tizimi tashkil etildi. Aholining bandligini ta’minlash
maqsadida ish joylarini yaratish, ish joylarida mehnat qilish
sharoitlarini yaxshilab borish, ular mehnati uchun to‘lanadigan
ish haqlari minimum darajasini belgilash, ish vaqti, ish haftasi,
mehnat ta’tili, ishga yollanish, ishdan bo‘shatish kabi mehnat
158
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlarni tartibga solish
to‘g‘risidagi tartib-qoidalarni belgilovchi qonun hujjatlarini qabul
qiladi, ularning ijro etilishini nazorat qilib boradi. Bu qonun hujjati
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hisoblanadi.
2. Aholining eng kam ta’minlangan, o‘zlari topgan daromadlari
ularning minimal darajadagi ehtiyojlarini qondirishga yetmaydigan
qismini qo‘llab-quvvatlash. Bunda davlat tomonidan qabul qilingan
ijtimoiy himoya dasturlari asosida davlat budjeti va maxsus nobudjet
fondlar hisobidan turli nafaqalar berish, bepul xizmatlar ko‘rsatish,
oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa imtiyozlar berish chora-tad-
birlari amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda mahalla
qo‘mitalarining roli katta bo‘lib, bu yordamlar aniq va manzilli
bo‘lishini ta’minlashga ahamiyat beriladi.
Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun mablag‘lar
milliy daromadning qayta taqsimlanishi orqali tashkil etiladi. Bu
jarayonda davlat markazlashgan budjeti hosil qilinib, undan asosiy
qismi aholi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ajratiladi. O‘zbe-
kiston Respublikasi budjetidan 2014-yilda 60 % i ijtimoiy sohalar
ehtiyoji uchun ajratildi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun mablag‘larning yana
bir asosiy qismi korxonalar foydasi hisobidan tashkil etilgan
fondlardan iborat bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash
siyosatini amalga oshirishda uning eng kam iste’mol, ya’ni yashash
minimumini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning darajasini
aniqlashda, odatda, oilaning ish haqi, turli nafaqalar, stipendiyalar
va boshqa daromadlari hisoblanib chiqiladi va uning eng kam
miqdori aniqlanadi. Aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1) iste’mol savati asosida;
2) ekspert baholash;
3) sotsiologik;
4) regressiv model uslubi kabilar.
Jumladan, iste’mol savati uslubini ko‘radigan bo‘lsak, insonning
muayyan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan tovarlar va
xizmatlarning miqdori bo‘lib, u bozordagi joriy narxlar bilan
belgilanadi. Iste’mol savati ikki xil bo‘ladi:
1) jamiyat rivojlanishi ma’lum bosqichida eng kam darajada
zarur bo‘lgan miqdori, eng kam «iste’mol savati»;
159
2) jamiyat a’zolarining oqilona xarajatlari asosida har
tomonlama kamol topishini ta’minlay olishini hisobga olgan
«iste’mol savatidan» iborat.
Iste’mol savatini hisoblashning hozirgi vaqtda uch asosiy usuli
bor. Ular normativ, statistik, kombinatsiyalashgan usullar deyiladi
va shu asosda muayyan mamlakat uchun iste’mol savatining narxi
aniqlanadi. Bu narx unga kiritilgan eng zarur tovar va xizmatlarning
shu mamlakatdagi baholaridan kelib chiqadi. Iste’mol savatining
70 % idan ortiqrog‘i, asosan, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar va
xizmatlar qiymatidan iborat bo‘ladi. Iste’mol savati narxi shu
mamlakatda yashash minimumi chizig‘ini belgilaydi. Chiziqdan
past daromad oluvchilar kambag‘allar qatlamini tashkil etadi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, jamiyatdagi
tabaqalashuv aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad va uning
yashashi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar baholari bilan
bevosita bog‘liq bo‘lar ekan.
Ana shu bog‘lanish prussiyalik iqtisodchi olim Ernst Engel
tomonidan o‘rganib chiqilgan va shunday xulosaga kelingan:
«Olingan daromad qancha past bo‘lsa, oziq-ovqat, kiyim-kechak
sarfi daromadda shuncha yuqori, uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlar olish uchun qilingan xarajatlar shuncha kam bo‘ladi,
aksincha, daromad ko‘p olinsa, unda kundalik ehtiyojga sarflana-
digan xarajatlar shuncha kam, uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlar uchun xarajatlar hissasi shuncha ko‘p bo‘ladi». Bu
bog‘liqlik, ya’ni daromadlarning xarajatlar tarkibi bilan bog‘liqligi
iqtisodiyot nazariyasida Engel qonuni deb ataladi. Lekin Engel
qonunini mutlaq xarakterga ega deb tushunib bo‘lmaydi. Chunki
aholining turmush darajasi o‘sib borish tendensiyasiga ega.
Shuning uchun ham daromadlar o‘sishi bilan ehtiyojlar va
iste’mol tizimi ham parallel ravishda o‘zgarib boradi. Natijada,
birinchidan, qisqa muddat foydalaniladigan tovarlar iste’moliga
nisbatan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar iste’molining
o‘sib borishi kuzatiladi. Ikkichidan esa iste’molda moddiy
buyumlar ulushi kamayib, ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishiga
e’tibor berish o‘sadi. Jumladan, bilim olishga, sport, dam olish,
sayohatlarga borish kabilarga ko‘proq vaqt va mablag‘ ajratiladi.
Bu esa aholining turmush darajasining o‘sib borayotganligini
ko‘rsatadi.
160
Aholining turmush darajasi «Òurmush sifati indeksi» ko‘rsatki-
chida o‘z ifodasini topadi. Har bir mamlakatdagi turmush sifati
indeksi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi:
1) sog‘liqni saqlashga e’tibor;
2) ta’lim darajasi;
3) o‘rtacha yashash yoshi;
4) aholining ish bilan bandligi;
5) aholining siyosiy hayotda keng qatnashuviga imkon yaratil-
ganligida. Jahon mamlakatlari ichida hozirgi vaqtda turmush dara-
jasi indeksi eng yuqori mamlakatlar qatoriga AQSH, Yaponiya,
Kanada, Norvegiya, Shveysariya, Germaniya kiradi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
Ish haqi;
vaqtbay ish haqi;
ishbay ish haqi;
1. Yalpi ichki milliy mahsulotning taqsimlanishini aytib bering.
2. Ish haqi to‘g‘risidagi nazariyalar va ularning mualliflari to‘g‘risida so‘zlab
bering.
3. Real ish haqi va unga ta’sir qiluvchi omillarni aytib bering.
4. Ish haqining darajasi deganda nimalarni tushunasiz?
5. Mehnat muhofazasi, ishchilarga ish haqi, ish sharoitlarini yaxshilash
masalalari bilan qaysi tashkilot shug‘ullanadi?
6. Aholi daromadlari va uning manbalarini bilasizmi?
7. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari manbalarining o‘zgarishi
va daromad turlari tarkibining o‘zgarish sabablari nimada?
8. Aholi daromadlari tarkibida ish haqi ulushining qisqarib borish sabablarini
aytib bering.
9. O‘zbekistonda aholi daromadlari tarkibining o‘zgarib borish sabablarini
aytib bering.
10. Aholi daromadi taqsimlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.
11. Òadbirkorlik daromadlari qanday shakllanadi?
12. Kichik biznes faoliyati va undan olinadigan daromadlar tarkibini
tushuntirib bering.
13. Oila daromadlari va xarajatlari balansini tuzib, uni tahlil qilib bering.
14. Dividend nima va uning daromad manbayi sifatida ahamiyatini aytib bering.
15. Mulkiy daromadlarni qanday qilib ko‘paytirish mumkin?
16. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini aytib bering.
17. Iste’mol savati nima va uning hisoblanish tartibi qanday?
18. Engel qonuni deb nimaga aytiladi?
19. Aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlarini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
20. Òurmush sifati indeksi deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |