7.11. Aholining turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari
Ishlab chiqarishning ijtimoiy samarasi insonlar farovonligida,
ya’ni turmush darajasi va sifatida namoyon bo‘ladi. Kishilar hayotiy
ehtiyojlarining qondirilish me’yori turmush darajasi deyiladi.
Òurmush darajasi ishlab chiqarish taraqqiyotiga, tovarlar va xizmat-
lar mo‘l-ko‘lchiligiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki yaratilgan tovarlar
va xizmatlarning iste’mol qilinishi ko‘rsatkichlariga qarab, aholi-
ning turmush darajasini belgilash mumkin. Ishlab chiqarish darajasi
yuqori bo‘lgani holda unga nisbatan iste’mol miqdori kam bo‘lishi
mumkin. Ma’lumki, turmush farovonligi milliy daromadning hajmi
va uning taqsimlanishiga bog‘liq. Milliy daromad sezilarli ko‘payib
borsa, jamg‘arish miqdori o‘sgani holda iste’mol hajmi ham ortadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos qoidalardan biri — milliy
daromadning tobora ko‘proq qismi farovonlikka qaratilishidir.
154
Chunki milliy daromadning asosiy qismi iste’molga mo‘ljallan-
masa, barqaror iqtisodiy o‘sish yuz bermaydi. Yana bir qiziq qonu-
niyat bor: iqtisodiyot yuksalgani sari aholining, demakki, iste’mol-
chilarning soni ko‘payishi sekinlashib boradi. Masalan, BMÒning
ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi iqtisodiy rivojlangan mamlakat-
larning 30 ga yaqinida aholi soni tug‘ilishning kamayishi tufayli,
kamayib bormoqda. G‘arbiy Yevropa bo‘yicha esa har 1000 kishiga
tabiiy o‘sish 2 ta bo‘lyapti, xolos. Bu hol o‘z-o‘zidan aholi jon
boshiga yaratilgan mahsulotni ko‘paytirish omillaridan biriga ayla-
nadi. Eng muhimi, bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiyot shaklini
olgan sharoitda aholining talab-ehtiyojini qondirib, uning farovon-
ligini oshirishdan iborat insonparvarlik tamoyili kuchayib boradi,
bu esa iste’molning kengaytirilishini taqozo etadi.
Aytilgan sabablarga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda,
so‘nggi 30 yil ichida iste’mol hissasi ortib, endilikda milliy daro-
madning 80—85 % ini tashkil etadi. Bu hol turmush darajasi
o‘sganligini bildiradi. Ammo turmush darajasi uchun iste’mol o‘z-
o‘zidan emas, balki ehtiyojni qondira olishi jihatidan muhim. Bu
o‘rinda iste’molning sifati degan tushuncha ham bor. Iste’mol sifati
iste’molning miqdori va tarkibi o‘rtasida ma’lum me’yorda nisbat
bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, oziq-ovqat iste’moli shunday
miqdor va tarkibda bo‘lishi kerakki, u kishi organizmini kerakli
oqsil va vitaminlar bilan ta’minlashi kerak.
Aholining turmush darajasini aniqlashda aholining real daro-
madi asosiy ko‘rsatkichdir. Narx-navo qat’iy bo‘lib, pul daromadi
ko‘paysa, real daromad ham ortadi. Òurmush darajasining moddiy-
natural ko‘rsatkichlari ham mavjud. Bular jumlasiga aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy sathi, avtomashina, sovitgichlar
miqdori, aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilish
kabilar kiradi.
Daromadlar kabi aholining turmush darajasi ham tabaqalashadi.
Iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining
turmush darajasi bir-biridan keskin farq qiladi. Òurmush darajasi
ortgan sari aholi pul xarajatlarining ko‘proq qismi nooziq-ovqat
mahsulotlarini xarid etishga sarflanadi. Mamlakat qancha boy
bo‘lsa, xalqi farovonlikda yashasa, aholining oziq-ovqat uchun
sarfi hissasi shuncha kam bo‘ladi. Masalan, AQSH aholisi
daromadining 12 % i, Hindistonda esa 44,4 % i, Efiopiya va
Afg‘onistonda 70—80 % i oziq-ovqatga sarflanadi.
155
Aholi daromadlarining taqsimlanishi. Har qanday inson o‘zining
hayotiy ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar va xizmatlarni xarid
qilishi kerak. Demak, u topgan daromadlaridan ma’lum miqdorda
xarajat qilishi zarur. Bu narsa, bir tomondan insonlarning ehtiyojiga,
ikkinchi tomondan uning daromadiga bog‘liq bo‘ladi. Daromad
qancha yuqori bo‘lsa, kishilarning xarid quvvati shuncha yuqori
bo‘ladi, o‘z-o‘zidan sarf-xarajatlar ham ko‘payadi. Xarajat miqdori
hamma uchun bir xil bo‘lmaydi, ammo baribir xarajatlarning
umumiy jihatlari bor — umuminsoniy ehtiyojlar mavjud. Masalan,
ovqatlanish, kiyinish, bilim olish, bolalarni tarbiyalash, dam olish
xarajatlari hamma uchun birdek zarur. Xarajatlardagi miqdoriy
farq kishilarning daromadiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ziga to‘q va boy
oilada sarf-xarajat ko‘p bo‘lsa, nochor oilalarda ular oz bo‘ladi.
O‘zbekiston aholisi xarajatlari tarkibini tahlil etish shuni ko‘rsat-
diki, oila sarf-xarajatlarining 82—85 % i mahsulotlar sotib olish
va xizmatlarga haq to‘lash uchun yo‘naltirilmoqda. Bunday yuqori
ulushning aholi pul xarajatlariga nisbatan yuqori bo‘lishi bozor
iqtisodiyotiga o‘tish qiyinchiliklari bilan bog‘lanyapti. Aholi
daromadlarining ko‘payishi, mahsulotlar va xizmatlar narxlarining
keyinchalik pasayishi (iqtisodiyot va infratuzilmaning rivojlanishi
tufayli) bunday sarflar salmog‘ining pasayishiga olib kelishi
mumkin. Ayni chog‘da aholi xarajatlarida xususiylashtirilayotgan
korxonalar aksiyalarini, xorijiy valutalarni sotib olish, tomosha-
xonalar xizmatiga haq to‘lash kabi chiqimlar past darajada bo‘layot-
ganligi kuzatilmoqda.
Aholi xarajatlari tarkibi doimiy, statik narsa emas, u iqtisodiy-
ijtimoiy vaziyat o‘zgarishi, islohotlar chuqurlashuvi, modernizatsiya-
lashuvi va iqtisodiyot erkinlashuvi natijasida o‘zgarishga moyildir.
Bu o‘zgarishlar maishiy xizmatlar, ma’rifiy xizmatlar, turizm xiz-
mati, aksiyalar sotib olish kabilarda ulushining o‘sib borishini
ta’minlaydi. Natijada mamlakatimizda jahon mamlakatlaridagi kabi
umumiy tendensiya, ya’ni aholining turmush darajasi o‘sgan sari
uning nooziq-ovqat mahsulotlariga va xizmatlarga sarf-xarajatlari
ko‘payib boradi. Shu sababli, AQSH, Yaponiya, Shveysariya,
Germaniya singari boy mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining
oila budjetidagi hissasi past darajada bo‘ladi (10—12 %). Bu holni
O‘zbekistonda har xil daromad oluvchi aholi qatlamlari xarajati
ham tasdiqlaydi, shirkat a’zolari va nafaqaxo‘rlar oziq-ovqat uchun
156
daromadning ko‘p qismini sarflasa, tadbirkorlar esa o‘z daroma-
dining kamroq qismini oziq-ovqatga sarflaydi.
Aholi xarajatlari oilaning tarkibiga va madaniy saviyasiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Oiladagi ko‘p noo‘rin sarflar iste’mol madaniyati-
ning pastligi bilan ham izohlanadi. Masalan, turli dabdabali rasm-
rusumlar, to‘y-hashamlar uchun behuda sarf-xarajatlar qilinadi.
Aholining pul daromadi, binobarin, xarid qobiliyati cheklangan
sharoitda xarajatlar ehtiyojlarini to‘laroq qondiruvchi mahsulot
va xizmatlarni sotib olishga qaratilishi kerak bo‘ladi. Bunda mablag‘
mahsulotlarining eng arzon va zaruriga sarflanadiki, fuqarolar o‘z
imkoniyatidan kelib chiqib, ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga
intilishadi. Shu tariqa iqtisodiy tanlov qoidasiga amal qilinadi.
Aholi pul sarflash yo‘llaridan bir nechtasini taqqoslab, o‘zi uchun
eng maqbulini tanlab oladi.
Masalan, avtomashina, mebellar to‘plami yoxud uy-joy qurish
kerak bo‘lsa-da, ulardan eng zaruri, oilaning qurbi yetadigani tanlab
olinib pul sarflanadi. Aholi daromadlari o‘zgarib borishi bilan tanlov
ham o‘zgaradi. Oila imkoniyatlariga bog‘liq holda tanlanadigan
mahsulotlar doirasi har xil bo‘lishi aniq. Hayotda daromad va xarajat
o‘rtasida muvozanat bo‘lishi talab qilinadi. Chunki bozor iqtisodiyotiga
o‘tish davrida uchraydigan qiyinchiliklar natijasida ko‘zda tutilmagan
xarajatlar duch kelishi mumkin. Masalan, bozor narxi ortsa, xarajatlar
ortadi, ish yurishmay qolsa, daromad kamayadi va h.k.
Shuning uchun har bir oila uchun ma’lum miqdorda pul
zaxirasi bo‘lgani ma’qul. Zaruriy xarajatlar talab qilinsa, daromad
miqdori kamayganda jamg‘arilgan pul ishlatilishi mumkin.
Xarajatlar aniqlanganda, eng avvalo, ulardan eng zaruriga pul
ajratish ko‘zda tutiladi. Bu xarajatlar muhimligiga qarab ikki
guruhdan iborat bo‘ladi:
1) ovqatlanish, davolanish, uy-joy kommunal xizmati, bog‘cha
va bilim olish sarflari;
2) kiyinish, dam olish, uyni jihozlash, to‘y-ma’raka, sayr-
sayohat sarflari va boshqalar.
Bunda birinchi guruh sarf-xarajatlariga ustuvorlik beriladi va undan
ortib qolgan mablag‘ hisobidan ikkinchi guruh xarajatlari qoplanadi.
Òurmush bir maromda borishi, kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelib
qolmaslik uchun oilaning daromad va xarajatlari rejalashtirib borilishi
zarur. Bu bozor iqtisodiyotining qat’iy talabi hisoblanadi.
157
O‘zbek xalqida «hisobli do‘st ayrilmas» degan maqol bor.
Hisob-kitob bor joyda oila yaxshi yashaydi, kutilmagan holatlar
kam bo‘ladi. Har bir oila o‘z budjetini rejalashtirib borishi qonun-
qoidalariga oson moslashish imkonini beradi. Bu narsa, ayniqsa,
talaba va o‘quvchilar uchun taalluqlidir, zero, ular oila budjeti
xarajatlarida salmoqli o‘rin tutadi. Shuning uchun har bir talaba
o‘z oila iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib shaxsiy hayoti
ehtiyojlarini qondirib borishga mas’ullik sezishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |