O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Ish haqi va mehnat unumdorligining aloqadorligi. Mehnat



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

7.8. Ish haqi va mehnat unumdorligining aloqadorligi. Mehnat
natijasiga qarab daromadlarning tabaqalashuvi
Òurli mamlakatlarda ish haqi miqdori turlicha bo‘ladi, lekin
hamma vaqt u mehnat unumdorligiga bog‘liq holda o‘sib boradi.
Muayyan mamlakatda, muayyan sharoitda ish haqining miqdori
xodim qilgan mehnatning miqdori, sifati, unumdorligi, ishlab
chiqarish samaradorligiga bog‘liq.
Mehnat bozorida talab mehnatdan keladigan foydaga bog‘liq
bo‘lib, u o‘zgaruvchan bo‘ladi. Agar ish haqi yuqori bo‘lsa, mehnatga
talab qisqaradi, chunki bu holatda ish beruvchi mehnatdan kam
foyda oladi. Agar ish haqi past bo‘lsa, aksincha, talab ortadi, chunki
bunda ish beruvchining foydasi ortadi. Shuning uchun ish beruvchilar
ish haqini kamaytirishga, ishchilar esa uni oshirishga intiladilar.
Lekin ayrim hollarda ish haqi ortgan sharoitda ham mehnatga talab
ko‘payishi mumkin, chunki ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi
tezroq ortib borishi mumkin. Bu holatda ish haqiga ketgan qo‘shim-
cha xarajat mehnat unumdorligining ortishi hisobiga qoplanadi.
Demak, ish haqi xarajatlari vositasida foydaga ta’sir etish orqali
bozorda mehnatga talabni o‘zgartiradi.
Ish haqi bilan mehnatga talabning o‘zgarishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni bir misol orqali ko‘rib chiqaylik. Misol uchun, ishchi
soatbay ish haqi olib ishlaydi, uning ish haqi soatiga 100 so‘m
bo‘lganda ishlash uchun 40 kishi talab qilingan, mehnat arzon-
lashib, soatbay haq 80 so‘mga tushganda mehnatga talab ortib,
jami 60 kishiga ish haqi 60 so‘mga tushganda 80 kishiga 40 so‘m


147
bo‘lsa, 100 kishiga talab bo‘ladi. Demak, ish haqining qisqarishi
mehnatga talabni oshirgan. Bu holat bozordagi talab qonunining
harakati deyiladi.
Mehnat bozorida talab bilan bir qatorda taklif ham narxga
nisbatan o‘zgaruvchan bo‘ladi, natijada ish haqi oshsa, mehnat
taklifi ko‘payadi, kamaysa, taklif qisqaradi. Lekin bozorda ular
tenglashgan muvozanat holati ham hosil bo‘ladi. Bu muvozanat
ma’lum ish haqi miqdori darajasida paydo bo‘ladi.
Òalab va taklif muvozanatiga ish haqidan tashqari boshqa har
xil omillar ham ta’sir qilishi mumkin. Jumladan, texnik va texno-
logik taraqqiyot natijasida mehnat unumdorligi oshib, ish kuchiga
talab qisqarishi mumkin. Iqtisodiy turg‘unlik yoki tanglik davrida,
odatda, ish o‘rinlari qisqaradi va mehnatga talab ham kamayadi.
Bunday holat ishlab chiqarishning tarkibi o‘zgarsa ham sodir bo‘lishi
mumkin, bunda ayrim kasblarga ega bo‘lgan ish kuchiga talab
nisbatlarining o‘zgarish holati yuz beradi. Misol uchun, sanoat ishlab
chiqarishida modernizatsiya natijasida ayrim kasb egalariga talab
qisqaradi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi ishchilarga talab oshadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish