O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

8.6. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom
raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi uni harakatlan-
tiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat, bozor munosabatlarining rivojlanishi
bilan ajralmas bog‘liqlikda rivojlanib boradi. Bozor iqtisodiyoti
munosabatlari sharoitida yashayotgan mamlakatlarda raqobat
munosabatlarini rivojlantirish, tartibga solish ancha murakkab jarayon
sifatida uzoq davrlardan buyon davom etib kelmoqda. Natijada hozirgi
vaqtga kelib jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida raqobat bozor


168
tizimining ajralmas qismi sifatida takomillashib bormoqda. Shu
munosabat bilan respublikamizda bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi,
harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat munosabatlarini rivojlanti-
rishga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki bozor iqtisodiyotining
obyektiv qonunlarini — talab va taklif, tovar nafliligi, raqobat qonu-
nining talabini hisobga olmasdan, bozor munosabatlarini takomillash-
tirib borishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotining raqobatsiz
samarali rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat
tomonidan raqobatni rivojlantirish va tartibga solish to‘g‘risida bir
qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning bajarilishi nazorat
qilib borilmoqda. Bu esa bozorda raqobatning amal qilishi uchun
shart-sharoitlar yaratilayotganligidan darak beradi.
Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, bozorda raqobatlashuvning
kuchayib borishi bilan iqtisodiyotda monopollashuv jarayonlari ham
kuchayib borishi kuzatiladi va raqobatning cheklanishiga olib keladi.
Bu holat davlat tomonidan mamlakatda raqobat uchun shart-
sharoitlar yaratib berishni taqozo qiladi. Raqobatni erkin ravishda
amalga oshirishning samarali yo‘li esa davlatning monopoliyaga
qarshi kurashi siyosatida o‘z aksini topadi.
Qonunga rioya etmaslik, raqibga zarar yetkazish kabi harakatlar
uchun jazo choralari belgilangan. Qonun buzuvchilar jarima
to‘lashlari, keltirgan zararlarni qoplashlari, olgan foydasidan mah-
rum etilishlari mumkin. Monopoliyaga qarshi choralarni amalga
oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida Monopoliyadan chiqarish
va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etildi. Boshqar-
maga respublikamizdagi monopol mavqega ega bo‘lgan korxona-
larni ro‘yxatga olish, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni
tartibga solib turish bo‘yicha huquqiy vakolat berildi.
Keyinchalik bu boshqarma Respublika Monopoliyaga qarshi
kurash va raqobatni rivojlantirishi davlat qo‘mitasiga aylantirildi
va hozirgi vaqtda bu qo‘mita respublikamizdagi monopol korxo-
nalarni davlat ro‘yxatiga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon
tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan
holda faoliyat olib bormoqda.
Ushbu davlat qo‘mitasi o‘z vakolatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan
monopoliyalarning bozordagi mavqeyini tartibga solishda bir qator
usullardan foydalanmoqda. Jumladan, birinchi usulda — monopol
mavqeyidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori
darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.
Masalan, qo‘mita tomonidan belgilangan mezonga ko‘ra, korxona
ishlab chiqargan mahsulotlarning muayyan bir turi bozordagi


169
shu turdagi mahsulotning 35 % idan ortiq bo‘lsa, bu korxona
monopol korxona sifatida davlat ro‘yxatiga kiritiladi va ularga
qarshi choralar ko‘riladi. Agar ular oziq-ovqat tovarlari guruhida
bo‘lsa, bunday tovarlar uchun mezon 20 % darajasidan oshmasligi
kerak deb belgilangan.
Ikkinchi usulga — monopol mavqeyini suiiste’mol qilgan
monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish
kiradi. Respublikada faqat 1994—1996-yillar davomida monopol
mavqeyidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa
korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib, mustaqil korxo-
nalarga aylantirildi. 2000-yilda xususiylashtirilgan obyektlar
bazasida 154 ta ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil qilindi.
Hozirgi vaqtda ham bu faoliyat davom ettirilmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan muhim
ish — bu O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquq-
larini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishidir. Bu
Qonunga ko‘ra, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermay-
digan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizm yaratildi.
Natijada mamlakatimizdagi tabiiy monopoliyalar faoliyatlarini
tartibga solish, ya’ni ular mahsulot va xizmatlariga narxlar hamda
tariflar darajasi, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar
turiga doir asosiy ko‘rsatkichlari belgilanadigan bo‘ldi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR

Raqobat;

raqobat strategiyasi;

raqobat usullari;

tarmoq ichidagi raqobat;
1. Raqobat nima va uning bozor sharoitidagi rolini tushuntirib bering.
2. Raqobat qonuni nima?
3. Raqobat shakllari to‘g‘risida nimalar bilasiz?
4. Òarmoq ichidagi raqobatni tushuntirib bering.
5. Òarmoqlararo raqobatni qanday izohlaysiz?
6. Erkin raqobat sharoitida narxning tashkil topishi qanday sodir bo‘ladi?
7. O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish qanday amalga oshirildi?

tarmoqlararo raqobat;

raqobat shakllari;

raqobat ko‘rinishlari.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish