Davlatning monopoliyaga qarshi boshqaruv faoliyati
Maxmudov Shoxzod O’rol o’g’li
SamISI 2-kurs magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada davlatning monopoliyaga qarshi kurashda amalga oshirayotgan ishlari, uning natijalari va kelgusida monopolyaga qarshi kurash hamda raqobatni kuchaytirish borasidagi ishlar yoritilgan.
Kalit so’zlar. monopoliyaga qarshi boshqaruv, raqobat muhiti, bozor iqtisodiyoti, monopoliyaga qarshi qonun, ustunlik mavqei, monopol korxonalar,.
Аннотация. В статье работа государства в борьбе с монополиями его последствия и борьба с монополией в будущем и усилия по повышению конкуренции.
Ключевые слова: антимонопольное управление, конкурентная среда,рыночная экономика, антитрестовский закон, доминирующее положение, монопольные предприятия.
Abstract. This article describes the work of the state in the fight against monopolies, its results and future work to combat monopolies and strengthen competition.
Keywords. antitrust management, competitive environment, market economy, antitrust law, dominant position, monopoly enterprises
Hukumat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish eng avvalo mamlakatda yaratilgan raqobat muhitini rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Dunyoning rivojlangan davlatlari bosib o’tgan yo’l va tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki bozor iqtisodiyoti taraqqiyotida raqobat juda muhim o’rin tutadi. Yurtimizda ham sog’lom raqobatni rivojlantirish va buning barobarida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Monopoliyaga qarshi qonunlarning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, ushbu qonunlar moliya bozorlarida monopollashish, raqobatning cheklanishi va ustunlik mavqeini suiiste’mol qilish holatlariga barham berilishini ko’zda tutadi shuningdek sog’lom raqobat muhiti yuzaga kelishiga Tovarning monopol past narxi yordam beradi. Umuman olganda tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Shuningdek, qonunda «Shaxslar guruhi», «Ustun mavqe», «Tovarning monopol yuqori narxi», «Tovarning monopol past narxi» singari tushunchalar izohlari kengaytirilib, alohida moddalarga kiritilganini guvohi bo;lishimiz mumkin. Davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirilishi va natijada respublika iqtisodiyotida monopollashgan tovar va xizmatlar bozorlarning soni sezilarli darajada qisqardi. Buning natijasida tovar va xizmatlar bozorlarida erkin raqobatlashadigan va oxir-oqibatda sog’lom raqobat muhitini shakllantiradigan yangi xo’jalik va tadbirkorlik sub’ektlarini paydo bo’lmoqda. Bugungi kunda monopol korxonalarning soni sezilarli darajada qisqarganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Oxirgi 15 yil mobaynida olib borilgan monopoliyaga qarshi siyosatlar natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, monopolist korxonalar hajmi 828 tadan 178 tagacha kamaydi. Monopol korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa 5186 tadan 157 tagacha qisqardi. Monopol mahsulot hamda xizmatlarning respublika yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizgacha pasaydi. Avvallari yirik monopoliya sohasi hisoblangan qishloq xo’jaligi shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarida ichimliklar, sharbatlar, non hamda non mahsulotlari, go’sht-sut mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari, alohida olingan nooziq-ovqat mahsulotlari bozorlarida mebel, gilam va gilam mahsulotlari va telekommunikatsiya xizmatlari bozorlarida sog’lom raqobat muhiti shakllantirilganligi ushbu sohada ancha ishlar qilinganligidan darak bermoqda. bozor iqtisodiyida shunday korxonalar bo’ladiki, ular bozorda ancha nufuzga ega bo’lgan, ma’lum darajada o’z o’rnini topgan bo’ladi. Ammo shunday korxonalar ham borki, ular bozorga endigina kirib kelayotgan, hali erkin raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatish ko’nikmasiga ega bo’lmagan bo’lishi mumkin. Ammo ushbu korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo’ladi va tezda o’sha korxona bilan raqobatga kirishib ketadi.
Korxonalar erkin raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatgan holda ham hamma mahsuloti raqobatda bo’lmasligi mumkin. Shu tufayli raqobatdagi mahsulotiga katta ahamiyat beriladi. Raqobatdagi mahsulotining o’zgarish sur’ati ijobiy tomonda bo’lsa demak uning mahsuloti bozorda sotilmoqda. Demak, xaridorlarni ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati hamda narx jihatidan qanoatlantirmoqda. Shu sababli korxonalar raqobatbardoshligi tahlil qilinganda, albatta, sotilgan mahsulotlarning o’sish sur’atlarini kuzatib boorish lozimdir. Korxona mahsuloti bahosining bozordagi shunday mahsulot bahosiga nisbatan koyeffitsiyentdagi miqdori ham raqobatbardoshlikni ifoda etuvchi muhim kursatkichlardandir. Zero, ta’kidlanganidek, bir xil sifat bilan kim narxini pasaytirsa, shuning tovari ko‘proq sotiladi. Bir xil sifatdagi tovarlar bilan bitta bozorda ishtirok etayotgan korxonalar mahsulotining narxi boshqa korxonalar mahsulotining narxiga nisbiy koyeffitsiyenti 1 yoki undan pastroq bo’lishini ta’minlab borish lozim. Ammo bu holatda korxonalar o’z rentabellik darajasini tegishli tarzda ta’minlangan ulishi lozim. Aks holda korxonaning bankrotga uchrab qolishi tayin. Bu quyidagilarda o’z ifodasini topadi. Agarda shunday hol ro’y bermaydigan bo’lsa, bunday tovarlar bilan bozorda ishtirok etish yoki etmaslik masalasini ko’rib chiqishga to’gri keladi. Aks holda tovarni ishlab chiqarib yoki xarid qilib kelganlik bilan uni sotish amri mahol bo’lib qoladi. Bu esa albatta korxonani bankrotlikka olib keladi. Pirovardida uning raqobatbardoshligi zaiflashib korxona sinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |