34-variant
1.Inventar va xo’jalik jixozlari hisobi va ularga nimalar kiritiladi?
2.Mehnat va unga haq to’lashni tashkil etish va uning ahamiyatini tushuntirib bering?
3.Kassa kirim va chiqim muomalalarini xujjatlashtirish qanday amalga oshiriladi?
4.Balans aktivi va passivining bo’limlari nimalardan iborat ?
1. 1080 «Inventar va xo‘jalik jihozlari» schyoti; Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to‘liq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl bo‘yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar bo‘yicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar ko‘rsatiladi. Mol-mulk inventar va xo‘jalik
anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
- xizmat muddati bir yildan oshmagan;
- xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; v) ko‘rpa-to‘shaklar;
g) kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo); d) oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari; e) barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar; z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, jihozlar, merejlar va hokazo).
2. Xodimlarning mehnatiga haq to‘lash shakllari, tartibi va miqdori hamda daromadlarining boshqa turlari xo‘jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va sharoitga qarab tabaqalash uchun tarif stavkalari bo‘yicha ish haqi, maoshlaridan mo‘ljal uchun foydalanishlari mumkin. Ish haqi ikki turga bo‘linadi:1.asosiy ish haqi 2.,qo‘shimcha ish haqi. Asosiy ish haqi deb ishchi va xizmatchilarga ishlangan ish vaqti yoki bajarilgan ishlariga va mehnatkashlarning aybisiz ish to‘xtab qolgan vaqtga to‘lanadigan ish haqiga aytiladi. Qo‘shimcha ish haki deb ishchi va xizmatchilarga ishlamagan vaqt uchun beriladigan to‘lovlarga aytiladi. Asosiy ish haqi qo‘shimcha ish haqi bilan birgalikda ish haqi fondini tashkil etadi. Mehnatga to‘lanadigan haqni to‘g‘ri belgilash maqsadida tarif tizimi qo‘llaniladi. Тариф тизими уч қисмдан иборат: тариф ставкаси, тариф сеткаси, тариф-малака билдиргичи. Tarif stavkasi deb vaqt birligi (soat, kun, oy) uchun to‘lanadigan ish haqiga aytiladi. Tarif setkasi mehnatga haq to‘lashda malakani hisobga olish, ya'ni har xil malakali ishchilarning ish haqida bo‘lgan tafovutni belgilashda qo‘llaniladi. Tarif-malaka bildirgichi sanoatning ma'lum tarmog‘ida bajariladigan ishlar turi va shu ishlarni bajarishda ishchilarning oldiga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatiga aytiladi… Ходимлар билан меҳнатга ҳақ тўлаш юзасидан ҳисоблашишларнинг синтетик ҳисоби ”Ходимлар билан меҳнат ҳақи юзасидан ҳисоблашишларни ҳисобга олувчи” 6700 счётларда ҳисобга олиб борилади. Бу счётнинг кредит томонида ишчи ходимларга ҳисобланган иш ҳақи, нафақалар ва бошқа тўловлар дебет томонида эса иш ҳақидан ушлаб қолинадиган суммалар ва берилган иш ҳақи суммаларни акс эттирилади.
3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” schyotida yuritiladi. Mazkur schyot xo‘jalik yurituvchi subyekt kassalarida turgan pul mablag‘lari va ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1)bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Kassa orderlarini olish vaqtida kassir: • ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini; • hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini; • hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari (KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov vedomostlari, pul berish to‘g‘risidagi arizalar, to‘lovnoma va boshqalar)ga asosan beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bo‘lishi lozim. Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterning yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzosi bo‘lishi kerak.
4. Баланс (фр. balance, сўзма сўз таржима қилинганда - тарози, лотинча bilanx - тарозининг икки палласи) деган маънони англатади. Баланс тузилиши шакли бўйича – икки қисмдан иборат: активлар ва пассивлар. Чап томони активлар деб аталиб, улар хўжалик маблағларидан ташкил топади. Ўнг томони эса пассивлар бўлиб, маблағларнинг ташкил топиш манбалари ва мажбуриятларидан иборат бўлади. «Актив» атамаси лотинча - фаолиятли, амал қилиш, мавжуд бўлиш деган сўзлардан келиб чиққан. Шундан келиб чиқиб, актив деганда маблағлар қандай амал қилаётганлигини, ишлаётганлигини кўрсатувчи маблағлар гуруҳланишини тушуниш керак. «Пассив» атамаси лотинча - фаолсиз, холис, бетараф турмоқ, тушунтириш каби сўзларнинг илдизидан олинган. Тарихан бу атама дастлаб фақат қарзга олинган маблағларга нисбатан, яъни учинчи шахслар олдидаги мажбуриятларга нисбатан қўлланилган. Активлар: 1)Узоқ муддатли активлар(Асосий воситалар,Номоддий активлар,Қимматли қоғозлар,Капитал қўйилмалар).2) Жорий (айланма) активлар(Материаллар,Ишлаб чиқариш,Пул маблағлари,Дебиторлик қарзлар). Пассивлар:1) Хусусий капитал(Устав капитали,Қўшилган капитал,Резерв капитали ,Тақсимланмаган фойда).2) Мажбуриятлар(Мол етказиб берувчилар,Меҳнат ҳақи бўйича ҳисоблашишлар,Кредиторлик қарзлар)
Do'stlaringiz bilan baham: |