202
moslashish siyosati hisoblanadi. Odatda, iqtisodiyot barqaror o‘sib
borayotganda avtomatik inqirozlar davrida undan chiqish uchun
diskretsion siyosat ustuvor bo‘ladi.
Fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiyotga budjet hisobidan davlat
ishlab chiqarish infratuzilmasini o‘zgartirish uchun katta sarmoyalar
qiladi. Iqtisodiyotning ayrim ahamiyatli soha va tarmoqlariga sub-
sidiyalar beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib
olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib
korxonalar foydasi
ko‘payadi.
Budjet siyosati, eng avvalo, ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini
kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Investitsiya siyosati — bu iqtisodiyotning kerakli sohalarga inves-
titsiya resurslari yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatdir.
Davlat bu siyosat orqali mamlakatda investitsion faollikni oshirishga
yoki kamaytirishga harakat qiladi. Natijada milliy iqtisodiyotning
tarkibini o‘zgartirish orqali ishlab chiqarishni, eksportga mo‘ljallan-
gan sohalarini rivojlantiradi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda fiskal
siyosatning har ikki shaklidan ham foydalanilmoqda.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishni budjet xarajatlari
orqali amalga oshirishi quyidagilarga:
xarajatlarning miqdoriga, ya’ni ularning YMMga nisbatan
ulushiga;
xarajatlar tarkibiga;
xarajat qilingan mablag‘larning samaradorligiga bog‘liq bo‘lar
ekan.
Hozirgi zamon jahon mamlakatlarining
barchasida davlat
tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda har ikki siyosatdan
birgalikda foydalaniladi. Bu amaliyotni ta’riflab taniqli iqtisodchi
Pol Xeynening yozishicha, so‘nggi yillarda davlatning pul-kredit
siyosati bilan fiskal siyosati teng ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan-
ligini ko‘rsatadi. Chunki so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan iqtisodiy
inqirozlar unchalik og‘ir kechmayapti,
lekin inflatsiya doimiy
xarakterga ega bo‘lib qolmoqda. Inflatsiyani pul muomalasiga ta’sir
etish orqali samaraliroq davolash mumkin deydi.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llaridan yana biri —
boj olish va eksport uchun litsenziyalar berish orqali amalga
oshiriladi.
Hozirgi davrda davlatning iqtisodiyotni tartibga solish amaliyo-
tida muhim rolni uning valuta siyosati o‘ynaydi. Davlat bu siyosatni
valuta munosabatlarining qonun-qoidalarini ishlab chiqish orqali
203
amalga oshiradi. Bu qonunlarda valutalarni sotib olish yoki sotish,
valuta kursini belgilash yo‘llari bilan olib boradi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytsak, davlat o‘zining iqtisodiy
siyosati orqali bozor subyektlarining faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatish
yo‘li bilan iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: