10.4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
monetar va yangi klassik modellari
Bozor tizimi sharoitida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga
solishning eng asosiy va samarali yo‘li — bu bozor obyektiv
qonunlaridan foydalanib, maxsus pul-kredit, ya’ni monetar
siyosat yuritishidir. Bu siyosatni ishlab chiqish Markaziy bankning
asosiy funksiyasi hisoblanib, shu muassasa tomonidan amalga
oshiriladi.
Monetar siyosat — bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul
muomalasini tartibga solish, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvo-
zanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul aylanmalarini boshqarib
turish siyosatidir. Bu siyosatning maqsadi bozordagi narxlarni va
shunga ko‘ra milliy pul birligi — so‘mning xarid qurbini, uning
valuta kursini barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga talab bilan
uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat. Monetar siyosat o‘z
ichiga quyidagilarni oladi:
1. Qayta moliyalashtirish yoki hisob siyosati. Bunda davlat
nomidan Markaziy bank uchot stavkasini o‘zgartiradi. Stavka
oshganda pul qimmatlashib, unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda
pul arzonlashib, unga talab oshadi. Bu ayni paytda kreditning
arzon yoki qimmat bo‘lishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit
hisobidan yuboriladigan sarmoyalarni o‘zgartirib, uning o‘sishiga
ta’sir etadi.
Iqtisodiy regulatorlar
(tartibga soluvchilar)
Iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri
ta’sir etuvchi tadbirlar
Maqsadli
moliya-
lashtirish
Bilvosita tadbirlar
Davlat
tadbir-
korligi
Davlat
xaridlari
Pul-kredit
Fiskal
Budjet
Amortizatsiya
Valuta
Boj-xiroj
Ijtimoiy investitsiya
Tashqi
s
i
y
o
s
a
t
i
200
2. Majburiy rezerv siyosati. Bunda Markaziy bank tijorat banklar
uchun kredit resursining majburiy zaxirasini tashkil qiladi. Bu
tartibga ko‘ra, banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini
Markaziy bank ixtiyoriga beradi. Bu zaxira oshsa, kredit puli
qisqaradi, agar u kamaysa, bu pul ko‘payadi. Bundan maqsad
muomaladagi pullarning ko‘payib ketmasligini ta’minlash va
banklar tomonidan kreditga pullarning ko‘p chiqib ketmasligiga
erishishdan iborat.
3. Ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish siyosati. Bu siyosat
aholi qo‘lida naqd pul ko‘payib ketganda amalga oshiriladi. Bunda
davlat tomonidan obligatsiyalar ma’lum bir muddatga chiqarilib,
banklar va aholiga sotiladi, muddati kelganda ular qaytadan sotib
olinadi. Bu obligatsiyalar yutuqli va foizli bo‘lganligi uchun aholi
tomonidan sotib olish qulay bo‘ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan
foizni davlat to‘laydi. Bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi.
Davlat obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog‘lanib qoladi, nati-
jada uning muomaladagi miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qayta-
dan sotib olinganda pul ulardan bo‘shab muomalaga keladi,
natijada muomaladagi pul miqdori ko‘payadi. Bu usul bilan pul
miqdori davlat tomonidan tartibga solinadi.
Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqqan holda davlat
ikki monetar siyosat olib boradi:
1. Qattiq monetar siyosat. Bu siyosat aholi qo‘lida (muomalada)
pul ko‘payib ketganda qo‘llaniladi. Bunda pul massasi qisqartiriladi,
pul emissiyasi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib,
bozordagi tovar massasiga tenglashadi. Pul massasining qisqarishi
talabni kamaytiradi, narxlar esa o‘smaydi, pul birligining xarid
qurbi barqarorlashadi. Aholi tomonidan pul topishga intilish
iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bu siyosat natijasida
iqtisodiyot inqirozdan chiqadi, inflatsiya jilovlanadi.
2. Yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul massasining
ortishiga to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi talabga qarab amalga
oshiriladi, natijada pul ko‘payib, u arzonlashadi. Yumshoq monetar
siyosat iqtisodiyotning o‘sishi davrida bo‘lganda ko‘proq
qo‘llaniladi, chunki pul massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi
ham o‘sadi. Bunda tovar-pul muvozanati pulni qisqartirish
hisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib
turadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, pul bozorida pulga bo‘lgan
talab va taklif tez-tez o‘zgarib turadi. Pulga talabni iste’molchilar,
201
ya’ni aholi, korxona, firma, tashkilot, muassasalar shakllantiradi.
Òaklifni esa faqat davlat emissiya qilish orqali amalga oshiradi.
Mamlakatdagi pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish
davlat funksiyasiga kiradi. Agar bozorda biror sababga ko‘ra pul
taklifi ortib ketsa, davlat ortiqcha pul emissiya qilgan bo‘ladi va
bu inflatsiyaga olib keladi. Inflatsiyadan esa barcha bozor ishtirok-
chilari zarar ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |