10.7. Iqtisodiyotni tartibga solishning monetar modeli
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risidagi
hozirgi zamon nazariyalari ichida alohida o‘rin tutgan, keng tarqal-
gan mashhur va nufuzli model — bu monetarizmdir. Bu nazariya-
ning asoschisi AQSH iqtisodchisi Milton Fridmendir. U 1976-yilda
Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Monetarizm moneta, ya’ni tanga so‘zidan kelib chiqqan. Bu
nazariya pul muomalasi to‘g‘risidagi nazariya deb yuritiladi.
Nazariyaning bosh g‘oyasi iqtisodiyotning o‘sishini, bozorning
barqaror rivojlanishini ta’minlashning asosiy mexanizmi, vositasini
206
pul deb tushuntirishdan iborat. Fridmenning fikricha, davlat
iqtisodiyotga aralashuvi faqat pul muomalasi doirasida bo‘lishi
kerak. Davlat yalpi talabga muomaladagi pul miqdorini tartibga
solish bilangina ta’sir etishi kerak deydi. Muomaladagi pul miqdo-
rining esa quyidagi formula orqali aniqlanishini ko‘rsatadi:
.
Pm
YMM
0
Pm= YMM qiymati / Pb pul birligi va uning aylanish soni,
ya’ni 0 ga bo‘linadi, deb olinadi.
Monetaristlar pul birligi aylanish soni, odatda, kam o‘zgaradi,
shuning uchun YMM qiymatiga muomaladagi pul miqdorini
tartibga solish bilan ta’sir qilish mumkin. Pul birligi aylanish soniga
ko‘paytirilgan, emissiya qilingan pul miqdori ishlab chiqarilgan
ne’matlarni sotib olish uchun aholida mavjud pul miqdorini
ifodalaydi. Ya’ni yalpi talabni ifodalaydi. Demak, YMM qiymati
yalpi talabga bog‘liq bo‘ladi deyishadi. Fridmen erkin bozorni,
talab va taklifni iqtisodiyotni rivojlantirishning eng qudratli iqtisodiy
vositasi deb hisoblaydi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solishining eng yaxshi vositasi —
bu bozorga o‘z vazifasini bajarish uchun sharoit yaratib berishdir,
ya’ni narxga aralashmaslikdir deydi. Shunda «Narx tizimi mexa-
nizmi» shunday aniq va samarali ishlaydiki, biz ko‘pincha ahamiyat
ham bermaymiz. Narx mexanizmi iqtisodiyotni markaz boshqa-
ruvisiz, odamlarga buyruq qilmay muvozanatlashtiradi deb ta’kid-
laydi. Fridmen narxning uch vazifani bajarishini ko‘rsatib beradi.
Axborot berish — bozordagi talab va taklif nisbati o‘zgarishi
haqida ishlab chiqaruvchilarga signal-axborot yuboradi.
Rag‘batlantirish — xo‘jalik yurituvchilarni iqtisodiy resurslardan
samarali foydalanish yo‘llarini qidirishga undaydi.
Òaqsimlash — daromadlarni talab va taklifga nisbatiga qarab
sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Har uch vazifa
bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Ular yordamida bozor
mexanizmi makroiqtisodiy miqyosda samarali tartibga solishni o‘z-
o‘zidan uddalaydi. Bu borada normal bozor mexanizmidan qoni-
qarli darajadagi muqobil mexanizm yo‘q. Davlat faqat muomala-
dagi pulga aralashsa bo‘ldi, deb ko‘rsatadi.
M. Fridmen A. Shvars bilan birgalikda yozgan «1867—
1960-yillarda Qo‘shma Shtatlarning monetar tarixi» kitobida xo‘ja-
207
lik faoliyatidagi yirik o‘zgarishlar pul massasi va uning harakatiga
bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
Uning nazariyasi asosida:
1. Pul barcha ishlab chiqarishning rivojlanishi va harakatining
aniqlovchisi.
2. Pulga bo‘lgan talab doimiy ravishda o‘sib boradi. Chunki
individning jamg‘arishga bo‘lgan moyilligi uni doimiy ravishda
pulini ko‘paytirishga intilishiga olib keladi.
3. Pul taklifi va barqarorligi esa kredit-pul institutlarining siyosa-
tiga bog‘liqligi bilan xarakterlanadi.
Fridmen Keyns maktabi ilgari surgan fiskal siyosat iqtisodiyot-
ning ahvoli, ayniqsa, pul muomalasining yomonlashuviga, ishlab
chiqarishning pasayishiga olib keladi deydi.
Monetaristlar inflatsiyani davolashning o‘z retseptlarini ishlab
chiqib, g‘arb mamlakatlariga quyidagilarni tavsiya etishadi:
pul taklifi va kredit berishni qattiq cheklash;
pul emissiyasini qisqartirish (ishlab chiqarishni o‘sishga muvo-
fiq ravishdagina ko‘paytirish);
ijtimoiy dasturlarni qisqartirish (davlatning aholiga turli
to‘lovlarini kamaytirish).
Monetaristlarning fikricha, hukumat va Markaziy bank haddan
tashqari faol pul-kredit siyosatini yuritmasligi kerak. MB qat’iy
ravishda pul massasining doimiy o‘sishini qo‘llash qoidasiga amal
qilishi lozim. Bu qoida pul hajmining ko‘payib borish sur’atini
qo‘llash, lekin inflatsiyaning oshib ketmasligi uchun bu yetarli
darajada past bo‘lishi kerak — 2,5 % dan 8 % gacha deb ko‘rsatadi.
Lekin bu chegaradan past ham bo‘lmasligi kerak, u holda ishlab
chiqarishning qisqarishi yuz beradi deb tavsiya etadilar.
Monetaristlarning nazariyalarini tahlil qilish orqali unda pul-
kredit vositalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi rolining haddan
ziyod bo‘rttirib yuborilganining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Pul siyosati pulga bo‘lgan talab va taklifning o‘rtasida muvoza-
natning yaratilishiga qaratilishi kerak. Iqtisodiyotni pul-kredit orqali
tartibga solish hozirgi davr pul-kredit nazariyasiga asoslangan holda
amalga oshiriladi. Bu nazariyalardagi u yoki bu asosiy qoidalar va
xulosalar pul-kredit siyosatini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Monetaristlar fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, ular uchun bosh
masala antiinflatsion siyosatni asoslashdan iborat ekan. Pul-kredit
institutlari pul miqdorining bir me’yorda o‘sishini saqlash orqali
iqtisodiyotda yuz beruvchi keskin tebranishlarning oldini olishi
208
mumkin. Bundan Fridmen bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sishga
erishishni ta’minlash ham milliy valutaning xarid qobiliyati yuqori
darajada bo‘lishiga erishish mumkin deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |