189
Uchinchi qoida — bozorning o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risidagi
qoida hisoblanadi. Bu mexanizm tovar taklifi bilan bozor talabi
o‘rtasidagi to‘g‘ri va qarama-qarshi iqtisodiy aloqalarni mujassam-
lashtiradi, deb yozadi.
Ma’lumki, 8-bobda bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi
kuch — bu raqobat ekanligini va uni bozorni o‘zini o‘zi tartiblash-
ning eng asosiy vositasi deb ko‘rsatib o‘tgan edik. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida har bir korxona o‘z tovarining sotilishi yoki sotilmasligini
oldindan bilmay ishlashi mumkin emas.
Hozir korxona bozor
talabini o‘rganib, aniq maqsadni ko‘zlab, xarajatlarni hisob-kitob
qilib, ishlab chiqarmaydigan bo‘lsa, u o‘z tovarini sota olmay zarar
ko‘rib qoladi. Korxonaning bozor talabiga rioya qilishining o‘zi
iqtisodiyotning mikroiqtisodiy darajada tartibga solinishini bildiradi.
Bozor mexanizmining asosiy unsuri bo‘lgan ayirboshlash, ishlab
chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydigan hamda uyg‘unlashtiradigan
vosita hisoblanadi. Shuning uchun har bir korxona raqobatda
qatnashar ekan, xarajatlarni pasaytirish yo‘llarini qidiradi. Ishlab
chiqarayotgan tovarlarini, ko‘rsatayotgan xizmatlarini doimo tako-
millashtirib
borishga, innovatsion yondashuv asosida tovar va
xizmatlarning yangi-yangi turlarini bozorga taklif qilishga harakat
qiladi. Ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozor
talabini qondirmayotgan bo‘lsa, mutlaqo
yangilarini yaratishga
o‘tadilar. Ishlab chiqaruvchi korxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi firma-
larning faoliyati bozordagi o‘zgarayotgan talab tomonga moslashib
borishi orqali iqtisodiyotni tartibga solish bozor mexanizmining
namoyon bo‘lishini ifodalaydi.
Korxonalar, firmalarning tovar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsa-
tishning bozor talabiga qarab moslashib borishi jarayonida mamlakat-
dagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishi ta’minlanadi. Nati-
jada bozor mexanizmining qiymatlar yaratishda qilinadigan xarajat-
larni kamaytirib borish bilan ishlab chiqarish zarurligini belgilashi
bozorning o‘zini o‘zi tartiblashining bir usuli sifatida ko‘rinadi.
Bozor uchun ishlayotgan har bir tadbirkor o‘z iste’molchilari-
ning talabiga muvofiq nima ishlab chiqarish, qanday, qancha va
kim uchun ishlab chiqarish kerakligini o‘zi hal qiladi. Narxni esa
bozor stixiyali tarzda talab va taklif qonuniga asosan belgilaydi.
Bu bozordan ishlab chiqarishga doimiy yuboriladigan narx — sig-
nal sifatida xizmat qiladi. Bu signalga asosan, bozordagi narxlar,
talab va taklif nisbatiga qarab, tadbirkorlar o‘z ishlab chiqarish
faoliyatlariga o‘zgarishlar
kiritishadi, xaridorgir tovarlar ishlab
190
chiqarishga harakat qiladilar. Xuddi shu holatni o‘rganib chiqqan
J.B. Sey bozor qonunini ta’riflab,
tovarni tovarga ayirboshlash
bozorda talab bilan taklif muvozanatini o‘rnatadi deydi. Uning
fikricha, taklif o‘z talabini vujudga keltiradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘ini
bo‘lgan korxona va firmalar faoliyatining bir-biri bilan bozor orqali
chambarchas bog‘langanligini va bozor talabi orqali moslashib,
tartiblashtirilib borilishini bildiradi. Iqtisodiy faoliyat bozor
mexanizmi orqali tartiblanishi, asosan, mikroiqtisodiy miqyosda
yuz beradi.
Ma’lumki, bozorda turli-tuman mulkchilikka asoslangan xo‘ja-
lik subyektlari bir-biri bilan bog‘liq, shu bilan birga ularning har
biri o‘z manfaatidan kelib chiqib, o‘zaro raqobatlashadilar. Bozor-
dagi raqobat korxona va firmalar oldiga sifatli mahsulotlarini iste’-
molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish uchun qattiq talab qo‘yadi.
Òovarni iste’molchiga yetkazishda xizmat ko‘rsatuvchi
boshqa
firmalarni jalb etadilar. Bu esa, unda qatnashuvchilar faoliyati
bir-biriga uyg‘unlashtirilishini talab etadi. Bunda individual talab-
ehtiyojlar o‘zaro uyg‘unlashib, yalpi talabni hosil etsa, individual
ishlab chiqarishlar ham birgalikda ijtimoiy ishlab chiqarish —
yalpi taklifni vujudga keltiradi.
Bu, o‘z
navbatida, mikroiqtisodiy tartiblash uyg‘unlashib,
makroiqtisodiy darajaga ko‘tarilganligini bildiradi. Lekin yuqorida
ko‘rsatilganlarga umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, bozor
mexanizmi iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada to‘la tartibga sola
olmaydi, chunki butun mamlakat miqyosida turli korxona, firmalar
faoliyatini to‘la muvofiqlashtira olmaydi. Natijada vaqt-vaqti bilan
iqtisodiy inqirozlar bo‘lib turadi. Bozor mexanizmi iqtisodiyotni
to‘la tartiblashni ta’minlay olmaganligi sababli, bu jarayonga davlat
aralashuvi zaruriyati kelib chiqadi. Natijada iqtisodiyotni davlat
mexanizmi orqali tartiblash amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: