O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

10.2. Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmi
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda, davlat
o‘z iqtisodiy tadbirlari orqali iqtisodiy faoliyatga ta’sir etishi
tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
ikki asosiy yo‘li mavjud:
1. Monopol, markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslan-
gan holda rejali tartibga solish.


191
2. Erkin tadbirkorlikka asoslangan, iqtisodiyotni cheklangan
tarzda tartibga solishdan iborat.
Monopol rejali tartibga solishda davlat markazdan turib
yakkahokimlik bilan iqtisodiy jarayonni boshqaradi. Rejali iqtiso-
diyotda nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday
ishlab chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish kabi masalalar
barchasi davlat rejasida belgilanadi. Bu reja har bir korxona,
muassasa, tashkilot, soha, tarmoq uchun majburiy bo‘lib, undan
chetga chiqib bo‘lmaydi va har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt uning
bajarilishini ta’minlashi shart bo‘ladi. Agar korxona o‘z xo‘jalik
rejasini oshirib bajarsa, mukofotlanadi, bajara olmasa, unga nisbatan
choralar ko‘riladi. Òarixiy taraqqiyot jarayoni shuni ko‘rsatadiki,
ijtimoiy xo‘jalik jarayonini boshqarishda davlat yakkahokimligi
kutilgan natijani bermas ekan. Bu sobiq Sovet imperiyasi davrida
boshqarishning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
misolida tasdiqlandi. Sobiq Ittifoq iqtisodiyoti asosini ishlab
chiqarish vositalarining davlat mulki va markazlashtirilgan iqtisodiy
rejalashtirish tashkil etgan edi. Ishlab chiqarishning shaxsiy-insoniy
omili faqat mehnat qilishar, ishlab chiqarish vositalariga egalik
qilishdan mahrum qilingan edi. Natijada ularning ishlab chiqa-
rishda qatnashuvidan moddiy manfaatdorligi faqatgina ish haqi
va ayrim hollardagina mukofotlar bilan chegaralanib qo‘yilgan
edi. Bu esa ularning o‘z mehnati va tashabbuskorligidan olishi
mumkin bo‘lgan manfaatdorligini butunlay yo‘q qilib qo‘ygan edi.
Mehnatga jalb qilishning iqtisodiy zo‘ravonlik usuli keng qo‘lla-
nilgan. Mamlakatdagi boy tabiiy va iqtisodiy resurslardan foydala-
nishda isrofgarchiliklar, xo‘jasizliklar, talon-torojliklar keng avj
oldi. Iqtisodiyotda ba’zan erishilgan yutuqlar juda katta resurslar
xarajati hisobiga bo‘ldi. Oxir-oqibatda, boshqarishning markazlash-
tirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hukmronligida iqtisodiy fao-
liyat olib borgan sobiq sho‘ro va umuman, sotsialistik jamiyat
o‘zini o‘zi iqtisodiy eplay olmay, yo‘q bo‘lib ketdi. Binobarin,
jamiyatning iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlashda boshqarishning
qaysi tizimini tanlab olishning ahamiyati juda katta ekan.
Bozor tizimi sharoitida iqtisodiyotni tartiblashning bu ikki
tizimidan ham bir-birlariga muvofiqlashtirilgan holda foydalanish
o‘zining ijobiy natijasiga ega ekanligini O‘zbekiston misolida ham
ko‘rish mumkin bo‘ladi. Xususiy mulk, baholarning erkin shaklla-
nishi, foyda olishga intilish va raqobatga asoslangan boshqarishning


192
iqtisodiy tizimida resurslar taqsimoti bozorda, talab va taklif
qonunlari harakatiga muvofiq amalga oshiriladi. Shu usuldagi ko‘p
mamlakatlar iqtisodiyotini tartibga solish tajribasi ularning tez
sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlaganligini keyingi o‘n yilliklar
tajribasi tasdiqlab turibdi. Bu yerda davlatning ayrim iqtisodiy
vazifalari bozor iqtisodiyoti tizimini qo‘llab-quvvatlash va uning
amal qilishini yengillashtirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu sohada
davlatning quyidagi ikki muhim faoliyat turini ko‘rsatsak bo‘ladi:
1. Bozor tizimining samarali amal qilishiga yordam beruvchi
huquqiy baza va ijtimoiy muhitni yaratib berish. O‘zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasida qayd etilgan «Jamiyatning iqtisodiy
negizlari» to‘g‘risidagi qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining
mulkchilik to‘g‘risidagi, yer to‘g‘risidagi, tadbirkorlik to‘g‘risidagi,
banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi, soliq to‘g‘risidagi, iste’mol-
chilar huquqini himoya qiluvchi va boshqa ko‘pdan ko‘p qonunlari
bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishini ta’minlovchi huquqiy
baza bo‘lib xizmat qiladi.
2. Raqobatni himoya qilish. Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy
tartibga keltiruvchi mexanizm hisoblanadi. Raqobat ishlab chiqa-
ruvchilarni va resurslar yetkazib beruvchilarni xaridor hukmiga yoki
iste’molchi daxlsizligiga bo‘ysundirib beradi. Raqobatdan ishlab
chiqaruvchilar ham, iste’molchilar ham, davlat ham, jamiyat ham
manfaatdor. Shuni hisobga olgan holda davlat qonunlar orqali
raqobatni himoya qiladi, raqobat muhitini saqlashga harakat qiladi.
Raqobatni himoya qilish, raqobat muhitini yaratish vazifalarini
amalga oshira borib, davlat bozor tizimi amal qilishini kuchaytiradi,
unga o‘zgartirishlar kiritadi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, umuman olganda,
iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmi bir-
biridan farq qiladi hamda bir-birini to‘ldiradi. Iqtisodiyotni tartibga
solishning bozor mexanizmi ma’lum me’yorda bo‘lgandagina
iqtisodiyot barqaror rivojlanib, ijtimoiy e’tirozlarga o‘rin qolmaydi.
Lekin hozirgacha biror adabiyotda davlatning iqtisodiyotni
tartibga solishi me’yorlari ko‘rsatilmagan va aniq o‘lchamlari
yo‘q. Ayrim bir mamlakatda davlat iqtisodiyotni faol tartibga
solish bilan shug‘ullansa, boshqasida esa bozor mexanizmi
yetakchi bo‘ladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi va uning xusu-
siyatlari quyidagi chizmada ko‘rsatiladi:


193
Bozor mexanizmi — o‘zini o‘zi
tartibga soladi
Davlat mexanizmi — davlat
tomonidan ma’lum qonunlar va
rejalar asosida tartibga solinadi

Bozorda tovar-xizmatlarning kerak
yoki kerak emasligini talab va taklif
belgilaydi.

Bozorda har bir alohida subyekt o‘z
manfaatlaridan kelib chiqqan holda
o‘z sohasini tanlaydi va o‘zgarishlarini
ham o‘zi amalga oshiradi.

Bozor subyektlari o‘z kapitallarini
foyda keltirmaydigan, samarasiz soha-
larga qo‘ymaydilar.

Bozor o‘zgaruvchan xaridor tala-
biga tezda moslashadi.

Nima, qanday, qancha, kim uchun
ishlab chiqarish kerakligini firma,
korxona, tadbirkorlar o‘zlari mustaqil
hal qiladi.

Korxonalarni, firmalarni boshqarish
gorizontal va sheriklar o‘rtasidagi alo-
qalar asosida tashkil etiladi.

Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi alo-
qalarni tartibga solish faqat shartno-
maviy asosga qo‘yilgan bo‘ladi.

Davlat ishlab chiqarishni reja aso-
sida belgilaydi va bozorga taklif etadi.

Davlat makroiqtisod darajadagi
yirik masshtabdagi tarkibiy o‘zgarish-
larni amalga oshirishni o‘z zimmasiga
oladi.

Davlat budjet yordamida iqtisodi-
yotning samarasiz sektorlariga ham
jamiyat uchun zarur bo‘lgan sohalarni
qo‘llab-quvvatlash uchun kapital
qo‘yadi.

Davlat bozor talabining o‘zgarishini
tez va aniq bila olmaydi, natijada
talab o‘z vaqtida va sifatli qondiril-
masligi mumkin.

Qarorlar umummilliy manfaatlarni
ko‘zlagan holda qabul qilinadi.

Milliy xo‘jalikni boshqarish vertikal
asosida, ya’ni yuqoridan pastga qarab
tashkil etiladi.

Aloqalar ko‘pincha rejalashtirilgan,
lekin iqtisodiy manfaatga asoslanmaydi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish