Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari. Reja: 1



Download 110,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.07.2022
Hajmi110,1 Kb.
#735998
  1   2   3   4   5


1. ILM-FAN VA ILMIY TADQIQOT TUSHUNCHALARI VA 
MAQSADLARI. 
Reja: 
1.
 
Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari. Tadqiqot usullari. 
2.
 
Ilm-fan samaradorligi va ilmiy-texnik taraqqiyot 
3.
 
Ilmiy-tadqiqot ishlarining bosqichlari
 
 
Kalit so‘zlar: Ilm-fan,ilmiy tadqiqot, abstraktsiya, postulotlar, aksiomalar
nazariya, metodologiya, usullar, faraz, fundamental, amaliy va innovatsion 
tadqiqotlar. 
1.
 
Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari. 
Tadqiqot usullari. 
Boshlanishiga quyidagi ikkita tsitatani keltiramiz:
«Ilm-fan – borliq haqidagi ob’ektiv bilimlarni shakllantirish va nazariy 
tizimlashtirish amalga oshiriladigan inson faoliyatining sohasi bo‘lib, unga ilm - fan
rivojlangan sari yana ham chuqurroq va kengroq kirib boriladi»
1

«Butun ilmiy ishning asosi bo‘lib, dunyo tartiblanganligi va uni o‘rganish 
mumkinligi haqidagi e’tiqod hizmat qiladi»
2

SHunday qilib, agar Siz ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan bo‘lsangiz, 
Sizning asosiy vazifalaringizdan biri mavjud bilimlarni tushunib olish va yangilarini 
hosil qilish hisoblanadi. Ilm-fanni juda mavhum bir narsa deb o‘ylash kerak emas. 
Misol uchun, so‘mning konvertatsiya bo‘lishiga erishish va dunyo valyutalarining 
biriga aylanishi vazifasini xalqaro tajriba va bu yo‘nalishda davlatning ilmiy 
asoslangan qadamlarini o‘rganishsiz amalga oshirish mumkin emas. 
Ilm-fan – bu tabiat, jamiyat va tafakkurning ob’ektiv qonunlarini uzluksiz 
rivojlanadigan bilimlar tizimi bo‘lib, insonlarning maxsus faoliyati natijasida ularni 
aniqlash va bevosita jamiyatning samarali kuchga aylantirilishidir. 
Ilm-fanni turli o‘lchovlarda ko‘rib chiqish mumkin: 
1) asosini bilimlar tizimi tashkil etadigan ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli 
sifatida; 
2) ob’ektiv dunyoning qonunlarini bilish jarayoni sifatida; 
3) mehnatning ijtimoiy taqsimlanishining mo‘ayyan turi sifatida; 
4) ijtimoiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri va bilimlarni ishlab 
chiqarish va ulardan foydalanish jarayoni sifatida. 
Har qanday bilimni ilmiy deb qarash to‘g‘ri emas. Insonlarning faqat oddiy 
kuzatuv orqali olgan bilimlarini ilmiy deb tan olish mumkin emas. Bu bilimlar inson 
hayotida muhim rolь o‘ynaydi, lekin ular hodisalar mohiyatini, ularning o‘zaro 
bog‘lanishlarini, bu hodisalar nima uchun boshqacha emas, aynan shunday 
kechayotganini ochib bermaydi va ularning kelajakda qanday rivojlanishini bashorat 
qila olmaydi.


Ilmiy bilimlarning to‘g‘riligi faqatgina mantiq bilan emas, balki birinchi 
navbatda amalda tajriba orqali tekshirish bilan aniqlanadi. Ilmiy bilim, mantiqiy 
asoslanmagan va amaliy tekshirilmagan u yoki bu fikrni to‘g‘ri deb ko‘r-ko‘rona 
ishonishdan tubdan farq qiladi. Borlikning mavjud qonuniyatlarini aniqlab, ilm-fan 
ularni shu borliqqa mos keladigan abstrakt tushunchalar va sxemalar bilan 
ifodalaydi. 
Ilm-fanning asosiy xususiyati va asosiy vazifasi - ob’ektiv dunyoni bilishdir. 
Ilm-fan tabiat, jamiyat va tafakkurning barcha hodisalarining asosiy jihatlarini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash uchun yaratilgan. 
Ilm-fanning maqsadi - tabiat va jamiyat rivojlanishi qonunlarini bilish va
jamiyatga foydali natijalarni olish uchun olingan bilimlar asosida tabiatga ta’sir 
qilish. Tegishli qonunlar ochilmagan bo‘lsa, inson faqatgina hodisalarni tasvirlab 
berishi, faktlar to‘plashi, tizimlashtirishi mumkin, ammo u hech narsani tushuntira 
olmaydi va bashorat qila olmaydi. 
Ilm-fanni rivojlanishi faktlarni to‘plash, ularni o‘rganish va tizimlashtirish
ayrim qonuniyatlarni mantiqiy mos keluvchi ilmiy bilimlar tizimiga 
umumlashtirilishi va oshkor etilishiga olib keladi, bu bizga ma’lum bo‘lgan 
dalillarni tushuntirishga va yangi ma’lumotlarni oldindan aytib berishga imkon 
beradi. 
Bilish yo‘li jonli kuzatishdan (his qilishdan) abstrakt tafakkurga va undan 
amaliyotga borish bilan aniqlanadi. 
Bilish jarayoni faktlarni to‘plashni o‘z ichiga oladi. Hech bir ilm-fan faktlarni 
tizimlashtirish va umumlashtirish, ularni mantiqiy bilishsiz mavjud bo‘la olmaydi. 
Lekin faktlar – olim uchun havodek zarur bo‘lsa-da, ularning o‘zi ilm-fan bo‘la 
olmaydi. Faktlar tizimlashtirilgan, umumlashtirilgan holdagina ilmiy bilimning 
tarkibiy qismiga aylanadi.
Faktlar ilm-fanning muhim tarkibiy elementlari bo‘lgan oddiy abstraktsiyalar-
tushunchalar (ta’riflar) yordamida tizimlashtiriladi va umumlashtiriladi. Kengroq 
tushunchalarni kategoriya deb nomlashadi. Kategoriyalarga hodisalarning shakli va 
mohiyati haqidagi falsafiy tushunchalar, iqtisod nazariyasida – tavar, qiymat va 
boshqalar kiradi. 
Bilishning muhim sharti – printsiplar (postulotlar), aksiomalardir. Printsiplar 
deb biror bir ilm-fan sohasining boshlang‘ich holatiga tushuniladi. Ular bilimlarni 
tizimlashtirishning boshlang‘ich shakli hisoblanadi (Evklid geometrisining 
aksiomalari, kvant mexanikasidagi Bor postulati va x.k.)
Ilmiy bilish tizimida 

Download 110,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish