36
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, bozorning asosiy ishtirokchilari
bo‘lgan tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar,
uy xo‘jaligi va davlat, iste’mol tovarlari va xizmatlar, ishlab chiqa-
rish vositalari hamda resurslar bozoriga o‘z tovarlari va xizmatlarini
sotishga olib chiqadilar, shuningdek, ular shu bozorlardan o‘zlari
uchun tovarlar, xizmatlar ham sotib oladilar. Bu jarayonda
alohida
ko‘rsatib o‘tish kerakki, oila asosiy iste’molchi bo‘lishi bilan birga
resurs bozoriga ishchi kuchlarini, ya’ni mehnat resurslarini yetkazib
beradi. Davlat ham alohida o‘rin egallaydi, chunki tabiiy resurslar
asosan uning qo‘lida, shuning uchun davlat ko‘proq resurs bozorida
qatnashadi. Davlat bozor sirkulatsiyasida (aylanmasida) faol
ishtirok etuvchi subyekt hamda bu munosabatlarning tashkiliy
shart-sharoitlarini yaratuvchisidir.
2.4. Òartibsiz va tartiblangan bozor belgilari
Bozor iqtisodiyoti jamiyatda tovar-pul munosabatlarining uzoq
yillar davomida rivojlanishi natijasida vujudga kelgan va nihoyat hozirgi
holatdagi bozor iqtisodiyoti shakllangan.
Hozirgi iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlar ana shu uzoq davrlarni, rivojlanish bosqich-
larini bosib o‘tgan. Shuning uchun ham iqtisodiy adabiyotlarda
bozor iqtisodiyoti tarixan ikki bosqichni bosib o‘tganligini ta’kidlashadi
va uning birinchi bosqichini — asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti
deb atashadi. Uning ba’zi bir belgilari hozir ham uchrab turishini
ko‘rsatishadi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
xususiy mulkning faqat alohida ozchilik shaxslar qo‘lida
bo‘lishi;
iqtisodiyotning tartibsiz rivojlanishi, mulk egalarining taqsimot
munosabatlarida mutlaq hukmronligi;
bozorda tovar ishlab chiqaruvchilar ko‘proq
tavakkal qilib
qatnashuvi, ya’ni bozor talabini aniqlashning qiyinligi;
bozorda raqobatning g‘ayriqonuniy usullari hukmronligining
mavjud bo‘lishi;
xo‘jalik subyektlarining sherikchilik aloqalari rivojlanma-
ganligi;
iqtisodiyotni boshqarishda davlatning roli pastligi yoki umu-
man aralashmasligi;
iqtisodiy tangliklar va bo‘hronlarning tez-tez takrorlanib turishi;
jamiyatning o‘ta boy va o‘ta kambag‘allarga ajralib, tabaqa-
lanib ketishi natijada sinfiy kurashning kelib chiqishi.
37
Yuqorida keltirilgan
belgilarga asoslanib, bu iqtisodiyotni
ko‘pchilik olimlar tartibsiz yoki yovvoyi bozor deb ham ataydilar.
Lekin bu yovvoyi deb atalmish bozor iqtisodiyoti jamiyat taraq-
qiyoti jarayoni davomida u bilan birgalikda tartibga solinadigan
yoki madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib bordi.
Òartibga solinadigan madaniylashgan
bozor iqtisodiyotining
ham o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham
mavjud bo‘ladi;
iqtisodiyot, eng avvalo, xo‘jalik
yurituvchilar tomonidan
ma’lum rejalar asosida olib boriladi va bozor tartib-qoidalari asosida
tashkil etiladi;
bozordagi talabga ishlab chiqaruvchilar moslashadi, bozordagi
noma’lumlik kamayadi;
bozorda raqobat kurashi qoidalariga rioya qilinishi ta’minlanadi;
bozor subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sherikchilik alo-
qalari mavjud bo‘ladi;
iqtisodiyot davlat tomonidan ma’lum chora-tadbirlar, ayniqsa,
moliyaviy mexanizmlar orqali tartibga solinadi;
iqtisodiyotning tartiblanishi, o‘z navbatida, iqtisodiy inqiroz-
lar
yuz berishining oldini oladi, inqirozlar yuz bergan hollarda
esa uni tezroq bartaraf etish mumkin bo‘ladi;
iqtisodiy rivojlanish jamiyat a’zolarining turmush farovonligi
oshib borishini ta’minlaydi;
iqtisodiyotning ijtimoiyligi ko‘proq namoyon bo‘ladi, omma-
viy farovonlik ta’minlanadi;
jamiyat a’zolari o‘rtasidagi iqtisodiy tabaqalanish chegarala-
nadi, iqtisodiy jihatdan o‘rtahol aholi ko‘payib,
asosiy sotsial
qatlamga aylanadi. Natijada jamiyatda sotsial muvozanat barqaror-
lashadi, sotsial ziddiyatlar kelib chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: