33
Nima ishlab chiqarish zarurligini har qanday ishlab chiqaruvchi,
eng avvalo, zarar ko‘rmaslik va foyda olish qoidasiga amal qilgan
holda bozordagi talabni o‘rganadi va faqat foyda keltirishi mumkin
bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Zarar keltiradigan
tovarlar ishlab chiqarilmaydi. Foyda olish yoki olmaslikni ikki narsa
o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi, ya’ni tovarini sotishdan olinadigan
umumiy daromad va ishlab chiqarishga qilingan umumiy xarajat.
Mahsulotning foyda yoki zarar
keltirishini taqozo qiluvchi
talabni iste’molchi belgilaydi, bu esa korxonaning nima ishlab
chiqarish masalasini erkin tanlash imkoniyatini cheklaydi. Bozorda
faqat iste’molchi talabiga mos tovarlarni ishlab chiqaruvchilar foyda
olib ishlashi mumkin bo‘ladi.
«Qanday ishlab chiqarish zarur?» savoliga ham bozor iqtiso-
diyoti javob beradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan
bo‘ladi, u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, resurslar
tarkibi o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgaradi. Iste’molchi didining
o‘zgarishi, ishlab chiqarishda yangi
texnika va texnologiyaning
qo‘llanilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining o‘zgarishi oqiba-
tida taklif qilinayotgan tovarlar eskirishi va samarasiz bo‘lib qolishi
mumkin. Bozor iqtisodiyoti bu o‘zgarishlarga moslasha olish imko-
niga egadir. Chunki bozor iqtisodiyoti texnik taraqqiyotga tayanib
ish olib boradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib
keluvchi texnologiyalarni qo‘llash, tadbirkor korxonaning o‘z raqo-
batchilari oldidagi ustunligini ta’minlaydi. Natijada ishlab chiqarish
xarajatlarining pasayishi foydaning ko‘payishiga olib keladi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti har bir tadbirkor korxonaning
yuqori foyda olib ishlashini ta’minlaydi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtiso-
diyotining bir qator afzalliklari mavjuddir. Jumladan, bozor tizimi
mavjud resurslarni samarali taqsimlash va undan maqsadga muvofiq
foydalanishni ta’minlashga majbur qiladi. Chunki raqobatli bozor
tizimi sharoitida ishlab chiqaruvchi resurslarni ma’lum xarajatlar bilan
sotib oladi va bozordagi talabga asoslanib jamiyat uchun zarur bo‘lgan
tovarlarni ishlab chiqaradi. Bozor tizimi shaxsiy manfaatni jamiyat
manfaati bilan mutanosiblashtirish imkoniyatiga ega.
Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim
afzalliklari shundan
iboratki, u ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchilarning to‘la erkin-
ligini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyili bo‘lgan
ixtiyoriy hamkorlik iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan
muvofiqlashtirishga erishish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyoti
34
tadbirkorlik va tanlash erkinligi orqali samaraga erishishni
ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlarini
raqobat kurashi orqali
mahsulot tannarxini uzluksiz kamaytirib borishga, tovarlar sifatini
yanada yaxshilashga harakat qilishga majburlaydi. Bu yo‘l bilan bozor
tadbirkorlarni xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik qilmasdan raqobatga
bardosh berishga va doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun
kurashga o‘rgatadi. Natijada bozor iqtisodiyoti jamiyat a’zolarini
o‘z qo‘llaridagi mavjud resurslardan samarali foydalanishga, tinimsiz
izlanishlar orqali yangi-yangi tovarlar va xizmatlar turlarini bozorga
taklif qilishlari bilan iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlash, aholi
turmush darajasini oshirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: