O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR

iqtisodiy kategoriyalar;

yalpi milliy mahsulot (YMM);

yalpi ichki mahsulot (YIM);

sof mahsulot;

milliy daromad.


29
2-bob.
 BOZOR TUSHUNCHASI, UNING
MOHIYATI VA VAZIFALARI
2.1. Bozor tushunchasi
Bozor jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida, ya’ni jamiyat
a’zolari o‘rtasida mehnat taqsimotining rivojlanishi, kengayib,
chuqurlashib borishi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot
turining ko‘payishi hamda bu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarning
paydo bo‘lishi va ularni almashtirish zaruriyati tufayli kelib chiqqan
hodisadir. Òovar ishlab chiqarish — bozor iqtisodiyotining asosidir.
Bozor tushunchasi va uning talqin qilinishida turli yondashuvlar
mavjud:

Klassik yondashuv — bozor sotuvchi va xaridorning uchra-
shadigan joyi. Xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar,
ularni bir-biriga bog‘lovchi vosita, bu baho signallarining markaz-
lashmagan mexanizmiga asoslangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilarning birgalikdagi harakat qilish usulidir.

Neoklassiklar yondashuvi — bozor talab va taklifini bir-biri
bilan bog‘lovchi vosita.

Institutsional yondashuv — bozor iqtisodiyot subyektlarining
faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish usuli, jumladan,
F.Xayek fikricha, birdaniga yoki o‘zini o‘zi tartibga soladigan
xo‘jalik tartibidir, deb qaraladi.
Yuqorida keltirilgan yondashuvlardan kelib chiqqan holda
bozorni — sotuvchi va oluvchiga o‘z xohish-irodasini erkin namo-
yon etib, muvozanat bahoning shakllanishi, ikki tomon manfaat-
larining mos kelishini ta’minlashga imkon, shart-sharoit yaratib
beruvchi iqtisodiy tizim deb qarash mumkin.
Bozor tizimining muhim jihati shundan iboratki, u tabiat va
jamiyatimizdagi mavjud, lekin cheklangan resurslar sharoitida
aholining tez o‘sib borayotgan ehtiyojlarini kam mehnat, kam
xarajat sarflagan holda to‘laroq qondirish imkonini beradi.
Bozor tizimi va undagi sodir bo‘ladigan munosabatlar murakkab
va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tahlil qilishda quyidagi asosiy
tamoyillarga tayanilgan holda yondashish kerak.


30
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari:

mulk shakllarining turlichaligi, ayniqsa, xususiy mulkchilik
jamiyatda asosiy o‘rinda bo‘lishi;

tadbirkorlik erkinligining ta’minlanganligi, ya’ni iqtisodiy
qarorlarni qabul qilishda o‘z manfaatini ustuvor qo‘ya olishi;

ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning teng huquqliligini
ta’minlash mexanizmining mavjudligi;

shaxs va jamiyat manfaatlarining muvofiqligini ta’minlash;

raqobat kurashi mexanizmiga asoslanish. Bozor munosabat-
larining obyektiv iqtisodiy qonunlari harakatlarini hisobga olib
ish yuritish;

ijtimoiy tengsizlik, ya’ni bozor iqtisodiyotida ayrim faol
subyektlar bilan faol bo‘lmaganlar o‘rtasida daromadlarning notekis
taqsimlanishi;

davlatning iqtisodiy funksiyasi ijtimoiy yo‘naltirilganligi va
boshqalar.
Endi bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyili bo‘lgan xususiy
mulkka tavsif beradigan bo‘lsak, u bozor iqtisodiyoti munosabat-
larining samarali ishlashini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi.
Chunki bozor munosabatlari sharoitida faqat xususiy mulk egasi
erkin fikrlay olishi, o‘z mulkidan o‘zi xohlagancha foydalanishi,
tadbirkorlik faoliyatining xohlagan turini tanlab shug‘ullanishi
mumkin bo‘ladi. Mulkchilik munosabatlari jamiyatdagi boyliklarni
ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol, o‘zlashtirish
bo‘yicha bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari
Mulk ikki xil jihatga ega:
1. Mulk  iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiy munosabat-
larning obyektidir. Mulkiy munosabatlar jamiyatdagi mavjud
bo‘lgan juda ko‘p munosabatlar ichida eng asosiysi va muhimi
hisoblanadi. Bu munosabat kishilarning moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish, taqsimlash va o‘zlashtirish yuzasidan vujudga keladigan
iqtisodiy xatti-harakatlari, aloqalaridan iborat bo‘ladi.
2. Mulk  huquqiy kategoriya sifatida mulk egalari va boshqa
kishilar o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabat obyektidir.
Amerikalik professor R. Kouz «mulk huquqi nazariyasi»ni
ishlab chiqdi va ushbu ilmiy ishi uchun Nobel mukofotiga sazovor
bo‘ldi. Olimning fikriga ko‘ra, mulk mustaqil harakat qilmay,
mulk huquqining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning nazariyasiga


31
muvofiq, mulk mutlaq tushuncha bo‘lmay, bir qancha huquq
tizimining yig‘indisidan iborat bo‘lib, shu huquq tizimlari
tomonidan tartibga solinadi va o‘zini namoyon qila oladi.
Mulk huquqi tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Egalik huquqi.
2. Foydalanish huquqi.
3. Boshqarish huquqi.
4. Daromad olish huquqi.
5. Sotish, o‘zgartirish, yo‘q qilish huquqi.
6. Mulk xavfsizligi huquqi (musodaradan himoya qilish).
7. Vasiyat qilish va meros qoldirish huquqi.
8. Mol-mulkka muddatsiz egalik qilish huquqi.
9. Atrof-muhitga zarar keltirishdan foydalanishni man etish
huquqi.
10. Undirish huquqi (qarzlarni).
11. Mulkni qaytarish vakolati huquqi (foydalanish muddati
tugagandan so‘ng) kabilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy qarorlar qabul qilishda
mulk egasining erkinligi muhim rol o‘ynaydi. Mulkdor o‘z
ixtiyoriga ko‘ra, o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qiladi, undan
foydalanadi va tasarruf etadi.
Mulkchilik iqtisodiy, yuridik kategoriya
sifatida uch ajralmas jihatga ega
Bu mulkdorlik
huquqining mol egasi
qo‘lida saqlanib
turishidir. Egalik
sharoitida mulk
hisoblangan boylik
qisman o‘zlashtiriladi.
Mulkka egalik
saqlangan holda
ishlatish o‘zga qo‘lda
bo‘ladi (masalan,
ijaraga berish).
Bu mulk hisoblangan
boylik taqdirining
mustaqil hal etilishi.
Bu mulkni sotib
yuborish, ijaraga
berish, merosga
qoldirish, asrab-avaylab
ko‘paytirish kabi
faoliyatlardir.
Bu mulk hisoblangan
boylikni iqtisodiy
faoliyatda qo‘llab va
xo‘jalik jarayoniga
kiritib, undan natija
olishdir. Foydalanish
yuz berganda boylik
daromad topish yoki
shaxsiy ehtiyojni
qondirish uchun
ishlatiladi.



Egalik jihat
Tasarruf etish
Foydalanish






32
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining muhim sharti erkin raqobat
hisoblanadi. Buning uchun davlat bozor iqtisodiyotining asosiy
qonunlaridan biri bo‘lgan raqobat uchun ma’lum me’yoriy hujjatlar
qabul qilish yo‘li bilan shart-sharoit yaratib berishi kerak bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi shunday xo‘jalik tizimiki, u individ-
larning erkin hamkorligiga, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar
va iste’molchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri erkin tovarlarning oldi-
sotdisiga asoslangan. Bozor iqtisodiyoti tizimining ijobiy va salbiy
jihatlari qisqacha tavsifini quyidagi jadval asosida ko‘rish mumkin:

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish