27
arboblari qatorida bir necha taniqli iqtisodchi olimlarga iqtisodiyot
sohasidagi ulkan kashfiyotlari uchun xalqaro Nobel mukofoti
berilgani ham buning yaqqol dalilidir.
Iqtisodiy bilimlarning hayotda asqatishi turgan gap. XX asrning
atoqli iqtisodchi olimi, Nobel mukofoti sovrindori Milton Fridmen
(AQSH)ning yozishicha, iqtisodiyot ilmining qoidalarini bir bet
qog‘ozga yozib sig‘dirish mumkin, ammo shunga qaramay, uni
juda kam kishi tushunadi. Demak, iqtisodiyotni bilish uchun uni
qunt bilan o‘rganish kerak.
Hamma zamonlarda ham iqtisodiy bilimlar kishilarga zarur
bo‘lgan, chunki iqtisodiyot bilan har xil darajada bo‘lsa-da, hamma
shug‘ullanadi. Kishilar faqat bugungi kun bilan emas, balki kelajak
bilan ham yashaydilar. Iqtisodiyot ilmi esa shu
kun hodisalarini
tushuntirish bilan cheklanmaydi, balki kelajakni ham anglashga
ko‘mak beradi. Masalan, hozirgi O‘zbekiston
iqtisodiyoti jahon
xo‘jaligining bir qismi ekan, uning iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar
mamlakatimizni ham chetlab o‘tmaydi. Shu bois tashqi iqtisodiy
muhitning mamlakatga ta’siri kuchayib borayotgan sharoitda qanday
faoliyat lozimligini oldindan ko‘ra bilish talab qilinadi,
uni esa
iqtisodiy bilimlar bilan qurollangan holda to‘g‘ri hal etish mumkin.
Iqtisodiy hayotning inson har qadamda duch keladigan g‘oyat
murakkab o‘z tartibi, tamoyillari va qoidalari ko‘p. Iqtisodiyot
tartiblanib tursa-da, tasodiflardan xoli emas.
Bu tasodiflarni ham
hisobga olib ish yuritish ko‘p hollarda muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Masalan, iqtisodiy xatar hodisasini olaylik. Unga faqat tadbirkorlar
emas, balki oddiy fuqaro, hatto mamlakatlar ham duch keladi. Ishchi
va xizmatchining ishsiz, binobarin, daromadsiz qolish, bozorda aldanib
qolish xatari bor, firma ishi yurishmay zarar ko‘rishi va xonavayron
bo‘lishi, mamlakat esa daromad topa olmay qarzga botib qolishi
mumkin. Iqtisodiyotning qonunlari, tamoyillari va qoidalari qanchalik
chuqur egallansa, shunchalik xatarga kam yo‘liqish, yo‘liqqan taqdirda
ham undan kam talafotlar bilan chiqish mumkin.
Jamiyatimiz hayotida iqtisodiy bilimlarning ahamiyati va o‘rni
tobora ortib bormoqda, shuni hisobga olib O‘zbekistonda ham
keng
ommaning iqtisodiy ongini, iqtisodiy tafakkurini yanada
yuksaltirish yuzasidan maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilgan,
ularning bajarilishi esa hukumat darajasida nazorat qilinadi. Bu
dasturlarga ko‘ra, maktablardan boshlab, litseylar, kollejlar, oliy
o‘quv yurtlari va ulardan keyingi ta’lim tizimlarida ham iqtisodiy
savodxonlikni oshirish chora-tadbirlari belgilangan.
28
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish
jamiyat hayotining asosi;
iqtisodiy munosabat subyekti;
asosiy subyektlar;
iqtisodiy qonunlar;
1. Nima uchun moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jamiyat hayotining asosi
hisoblanadi?
2. Iqtisodiy resurslar nima va ularning cheklanganligini qanday tushunasiz?
3. Iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy hodisa nima?
4. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?
5. Mehnat unumdorligi nimaligini tushuntirib bering.
6. Iqtisodiy munosabatlar o‘z ichiga qanday unsurlarni oladi?
7. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti nima?
8. Iqtisodiy munosabat obyekti nima?
9. Iqtisodiy munosabat subyekti kimlar?
10. Iqtisodiy tizimlarning asosiy belgilari nimalardan iborat?
11. Iqtisodiy qonunlar ta’rifini ayting va qanday iqtisodiy qonunlar bor?
12. Iqtisodiy kategoriyalar nima va ularning ta’rifini bayon eting.
13. Ilmiy bilish usullari deganda nimalarni tushunasiz?
14. Miqdoriy tahlilni tavsiflang.
15. Matematik tahlil usulini tushuntirib bering.
16. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni grafik usulda ko‘rsatib bering.
17. Iqtisodiyot nazariyasining funksiyalarini aytib bering.
18. Iqtisodiy ong, iqtisodiy tafakkur deganda nimalarni tushunasiz?
19. O‘zbekistonda iqtisodiy bilimlarni o‘rgatish xalqimizga qanday naf kelti-
rishi mumkin?
20. Iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun kimlar Nobel muko-
fotiga sazovor bo‘lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: