3.2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining jahon
tajribasida sinalgan yo‘llari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumjahon tajribasidan
ma’lumki, bozor iqtisodiyoti bir qator muammolarni, xususan:
a) ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishini ta’minlash;
b) xo‘jalik yuritishda, barcha resurslardan oqilona, tejamli
foydalanishni ta’minlashga erishish;
d) jamiyatga mo‘l-ko‘l, sifatli tovarlarni yetkazib berish orqali
farovonlikni ta’minlash;
e) mehnatning va umuman, ishlab chiqarishning samara-
dorligiga erishish;
f) ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etish va boshqa-
lardan iborat.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ikki jihati bor:
birinchisi — bozor iqtisodiyotiga qanday iqtisoddan o‘tilayot-
ganligi bilan bog‘liq;
ikkinchisi — bozor iqtisodiyotiga qanday yo‘llar, usullar bilan
o‘tsa bo‘ladi degan masala.
Shu nuqtayi nazardan qarasak, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
jahon tajribasida, asosan, uch yo‘li borligini ko‘rish mumkin:
1. Klassik yo‘l. Bu hozirgi rivojlangan mamlakatlarga xos, uzoq
davom etgan yo‘l hisoblanadi. Bu yo‘l bilan o‘tilganda natural
xo‘jalikdan hozirgi bozor iqtisodiyoti sari taraqqiyot bir necha
asrlar davom etgan. Hozirgi yuksak darajada rivojlangan, ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tashkil etish, asosan, XX asrning
o‘rtalaridan boshlandi va uning yakuniy davri XXI asrning so‘nggi
yillariga to‘g‘ri kelmoqda.
2. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan mamlakatlarning bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li. Bu yo‘l o‘zining ikki xususiyati bilan
ajralib turadi:
a) bunda ayrim mamlakatlarda tez taraqqiyot yuz beradi, ya’ni
iqtisodiyotning boshqalar uchun muqarrar bo‘lgan bosqichlaridan
51
sakrab o‘tgan holda bozor xo‘jaligining yuksak shakllari paydo
bo‘ladi. Chunki bu mamlakatlar avval taraqqiy etgan mamlakatlar
mustamlakasi bo‘lganligi uchun ularda shu ilg‘or davlatlar tomo-
nidan tashkil etilgan bozor infratuzilmasi va bozor munosabatlari
ta’siri ostida rivojlanish yuz beradi;
b) bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘p hollarda o‘z kuchiga emas,
balki rivojlangan mamlakatlar yordamiga va tajribasiga tayanadi.
Masalan, ayrim taraqqiy etgan davlatlar bu g‘oyat qoloq oilaviy
dehqon xo‘jaligiga asoslangan mamlakatlarga investitsiyalar
kiritish yo‘li bilan mashinalashgan industriyani olib kirishlari
mumkin va shu yo‘l bilan ular rivojlanishga erishadilar. Aytilgan
har ikki yo‘lning umumiyligi shundaki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish
xususiy mulk va xo‘jalik yuritishning xususiy usullari zamirida
yuz beradi.
3. Sobiq sotsialistik mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish
yo‘li. Bu yo‘l rejali iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishni
bildirib, faqat davlat tomonidan tub islohotlar o‘tkazish orqaligina
amalga oshiriladi. Chunki avval sotsializm sharoitida iqtisodiyot
to‘la davlat qo‘lida bo‘lgan. Bu yo‘l bilan sobiq sotsialistik mamla-
katlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishmoqda.
Bozor tizimiga o‘tish modellari qanday bo‘lmasin, bozor iqti-
sodiy islohotlarning amalga oshirilishi tufayli yuzaga keladi. Bu
islohotlar bozor islohotlari deb ataladi.
Bozor islohotlarini davlat tomonidan amalga oshiriladigan
iqtisodiy chora-tadbirlar tashkil etadi. Bozor islohotlari iqtisodiyot
va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o‘tkaziladi. Chunki bozor
munosabatlari o‘z obyektiv qonunlari asosida yuzaga kelib, jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tubdan yangicha tartib-qoidalar o‘rnatadi.
Bozor islohotlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
mulkiy islohotlarni;
agrar islohotlarni;
moliya-kredit islohotlarini;
tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlarini;
ijtimoiy sohadagi islohotlarni.
Mulkiy islohotlar — davlat mulki monopoliyasini tugatib,
xususiy mulk va xilma-xil mulk shakllarini joriy qilish yo‘li bilan
boriladi, chunki bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyili bo‘lgan
52
erkinlik jamiyatda demokratik rivojlanishning asosiy omili hisob-
lanadi. Bunda mavjud mulk shaklini o‘zgartirish chora-tadbirlari
amalga oshiriladi. Buning uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqa-
rish, ya’ni xususiylashtirish jarayoni o‘tkaziladi. Mulkni xususiy-
lashtirish, davlat mulkini boshqa mulk shakllariga — xususiy
mulkka aylantirish demakdir.
Davlat mulkini xususiylashtirishning turli yo‘llari mavjud:
1. Davlat mulkini qonun chiqarish orqali o‘z fuqarolariga
tarqatib, xususiy mulkka aylantirish.
2. Davlat mulkini fuqarolarga imtiyozli narxlarda sotish.
3. Ayrim davlat korxonalarini ularning o‘z jamoa a’zolariga
sotish.
4. Davlat mulkini ishbilarmon tadbirkorlarga shu korxonaning
avvalgi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini saqlab,
faoliyatini davom ettirish sharti bilan berish.
5. Davlat mulkini chet ellik sarmoyadorlarga ma’lum shartlar
asosida ishlatishga berish.
6. Davlat mulkini aksionerlash orqali davlat aksiyadorlik
jamiyatlariga aylantirish.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llardan qaysi birini tanlash va
unga ustuvorlik berish islohot o‘tkazayotgan mamlakatning o‘ziga
va mavjud shart-sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Xususiylashtirish davlat qo‘lidagi barcha mulkini tugatish
emas. Albatta, ayrim davlat korxonalari, ayniqsa, muhim
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar saqlab qolinadi.
Lekin qolgan davlat korxonalari ham bozor qonun-qoidalari
asosida faoliyat yuritadi. Hozirgi kunga kelib, davlat qo‘lida
14,8 % mulk qolgan.
Mulkiy islohotlar tufayli kelib chiqqan turli mulklarning teng-
ligi, daxlsizligi davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar orqali
ta’minlanadi.
Qishloq xo‘jaligida o‘tkaziladigan islohotlar agrar islohotlar
deyiladi. Bu islohotlar orqali yerga bo‘lgan mulkchilik shakli,
xo‘jalik yuritish shakli va usullari bozor talablariga moslashtiriladi,
ularning bosh bo‘g‘inini yakka dehqon yoki fermer xo‘jaligi tashkil
etadi va ular ham bozor iqtisodining muhim qonuni bo‘lgan raqobat
kurashi asosida faoliyat yuritadi va rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatda, albatta, moliya-kredit
islohotlari ham o‘tkaziladi. Chunki bozor talabiga javob beruvchi
53
moliya-kredit tizimini yaratish islohotlarning muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Islohot orqali yangicha soliq tizimi yaratiladi, o‘z-
o‘zini moliyalashtirishga asoslangan moliya tizimi barpo qilinadi,
moliya bozori yaratiladi, pul tizimi o‘zgartiriladi, tijorat banklari,
kredit tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari ochiladi, xullas, bozor-
ning moliya infratuzilmasi yaratiladi.
Òashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirishga qaratilgan islo-
hotlar o‘tkaziladi. Bu yo‘l bilan eksport-importni, xorijiy kapital-
ning kirib kelishini rag‘batlantiruvchi, chetdan qarz olish tartibini
belgilovchi choralar amalga oshiriladi, milliy pulni konverta-
tsiyalash, ya’ni milliy pul birligini boshqa mamlakat valutasiga
ayirboshlash tartib-qoidalari joriy etiladi.
Ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazishning bosh maqsadi daro-
madlarning aholi o‘rtasida taqsimlanishining adolatli tartibini
o‘rnatish, aholining muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘r-
satish, ishsizlarga nafaqa to‘lash, ularni ishga joylashtirish
kabilarga oid choralarni nazarda tutadi. Xullas, islohotlar o‘t-
kazishda u yoki bu yo‘nalishning ustuvorligi, miqyosi, o‘tkazish
usullari, shart-sharoitlari har bir mamlakatning o‘ziga xos bo‘l-
gan jihatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |