O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Nazorat uchun savollar
1. Qisilgan havo bilan burg‘ilash qanday sharoitlarda ishlatiladi?
2. Qisilgan havo bilan burg‘ilashda  qanday qo‘shimcha uskunalar
ishlatiladi?
3. Qisilgan havo bilan burg‘ilashda qanday murakkab sharoitlar
yuz beradi?
3.13-§. Zarba-aylanma  burg‘ilash
Zarba-aylanma  burg‘ilash  deb  shunday  burg‘ilash  usuliga
aytiladiki,  unda  jinslarni  parchalovchi  asbobga  bir  vaqtning
o‘zida  zarba  impulsi, og‘irlik  kuchi  va  burovchi  moment  ta’sir
etadi.
Zarba-aylanma  burg‘ilashda burg‘ilash  quvurlari  kolonnasining
ostki  qismi  bilan  kolonkaviy  snaryad  o‘rtasiga  zarba  beruvchi
mexanizm  joylashtiriladi.
Zaboyda  zarba  beruvchi  mexanizm  gidravlik  (gidrourgichlar)
va  pnevmatik (pnevmourgichlar)  turlarga bo‘linadi.  Gidrourgichlar
IV—XII kategoriyadagi  jinslarni  burg‘ilash  uchun  ishlatiladi.
Gidrourgich  yuvish  suyuqligi oqimi  energiyasi  hisobiga
harakatga  keladi. Bunda suyuqlikning  kinetik  energiyasi  zaboy
mashinasi  yordamida  porshen —boyokning  pastga  va  yuqoriga
bo‘lgan  harakatiga  aylantiriladi.
Burg‘ilash  ishlari  amaliyotida  1 minutda  1200  va  2500—3600
marta  zarba  beruvchi  Ã7, Ã9, ÃÂ-5  va ÃÂ-6  rusumidagi  gidro-
urgichlar  ishlatilmoqda. Har bir  berilgan  zarba  energiyasi
10 dan 70 Joulgachani  tashkil  etadi.
Zarba-aylanma  burg‘ilashda  ikki  turdagi  gidrourgich mashi-
nalar  ishlatiladi:  Ã7  va Ã9 — yuqori  zarba  energiyasiga  ega
bo‘lgan  va  ÃÂ-5  va  ÃÂ-6 — yuqori  chastotali.
Zarba-aylanma  burg‘ilashda  maxsus  yirik  keskichli  qattiq
qotishmali  koronkalar   (ÃÏÈ)  ishlatiladi.  Keskichlar  ÂK-15


104
rusumidagi    zarbalarga    chidamli    qotishmadan    tayyorlanadi.
Koronkalarning  diametrlari — 59, 76, 93,  96, 112  va 115  mm.
Gidrourgichlar  bilan  burg‘ilash  rejim  parametrlari  jinslarning
fizik-mexanik  xususiyatlariga qarab  tanlanadi.   Og‘irlik   kuchi
3—4 dan 8 —10  kN gacha; snaryadning  aylanish  chastotasi  eng
qattiq  jinslarda  0,5—0,7 s
 -1
, kichikroq  qattiqlikdagi  jinslarda  esa
— 1,7

2,5  s
-1 
;  yuvish  suyuqligi  miqdori  (2,5

3,0) ·10
-3 
 m
3
/s  ni
tashkil  etadi.
Yuqori  chastotali  gidrourgichlar  bilan  burg‘ilashda  burg‘ilash
tezligi  aylanma  burg‘ilash  usuliga  qaraganda  1,3

2,3  marta  yuqori
bo‘ladi.  Olmosli  koronkaga  og‘irlik  kuchi  bilan  bir qatorda  zarba
impulsi    berilganda,  koronka    yuzasidagi    olmoslar    jinslarga
chuqurroq  botadi,  snaryad  aylanishi  bilan  jinslarni  parchalash
intensivligi  ortadi. Bu  esa  mexanik  burg‘ilash  tezligining  ortishiga
olib  keladi.
3.16-rasm. Gidrourgichning  ish  sxemasi:
1—prujina; 2—cheklovchi  vtulka; 3—klapan; 4—porshen—boyok;
5—orqaga  qaytaruvchi  prujina; 6—shlitsali  ajratuvchi; 7—sandon;
8—ajratuvchi; 9—kolonkaviy  quvur; 10—koronka.
1
2
3
4
5
6
4
7
8
9
10


105
Gidrourgich-olmosli  burg‘ilashda  olmoslar deyarli silliqlan-
maydi,  kernning  qisilib  qolishi  reys  davomida  kuzatilmaydi.
O‘ta qattiqlikdagi  jinslarni  burg‘ilashda  yirik  olmosli,  yumshoq
yoki  normal  matritsali  koronkalardan  foydalanish  yaxshi  samara
beradi.  Jinslarning  qattiqligi  oshgani  sari  hamda  darzdor  jinslarni
burg‘ilashda  qattiq  yoki  o‘ta  qattiq  matritsali  impregnirlangan
koronkalarni  ishlatish  tavsiya  etiladi.
Olmosli  burg‘ilash  talablariga  ko‘ra  zaboyga  oz  miqdordagi
suyuqlik  berish  kerak  bo‘ladi: 76 mm  diametrda  25—80 l/min,
59 mm diametrda 20

60 l/min.
Zaboyga  yuborilayotgan  yuvish  suyuqligi  miqdori  koronka
korpusida  diametri  6 — 8 mm bo‘lgan teshik  hosil  qilish  bilan
kamaytiriladi.
Ko‘p yillik  muzliklardagi  jinslar  keng  tarqalgan  rayonlarda,
suvsiz cho‘l  va  tog‘li  rayonlarda  yuvish  suyuqligi  o‘rniga  qisilgan
havoni  ishlatish  katta  texnik-iqtisodiy  samara  beradi. Qisilgan
havo bilan  burg‘ilashda  mexanik  burg‘ilash  tezligi  va   koronkaning
chidamliligi  ortadi.  Qattiq jinslar  uchraganda  aylanma  burg‘ilash
usulidan  zarba-aylanma  burg‘ilash  usuliga  o‘tish  maqsadga  muvofiq
bo‘ladi.  Bunda  kolonkaviy  snaryad  bilan  burg‘ilash  quvurlari
kolonnasi  pastki    qismi    orasiga  zaboy    zarba    mashinasi  —
pnevmourgich    joylashtiriladi.   Buning    uchun    ÐÏ-130M,
ÐÏ-111, ÐÏ-94  rusumidagi  pnevmourgichlar  ishlatiladi. Burg‘i-
lash  maxsus  qattiq  qotishmali  KÏ,  KÏÄ  rusumidagi  koronkalar
bilan  olib  boriladi. Ularning  diametrlari 151, 132, 113  va 96 mm
ni  tashkil  etadi.
Pnevmourgichlar  jinslarni  parchalovchi  asbobga  1  minutda
900—1800  zarba  beradi,  har  bir  zarbaning  energiyasi  90—300
Joulni  tashkil  etadi.
Burg‘ilash rejim parametrlari quyidagicha: koronkaga  berila-
digan  og‘irlik 3000 N gacha,  aylanish  chastotasi 1,3—2,0 s
-1 
.
Pnevmourgichlar  bilan  quruq  jinslarni  burg‘ilashda  chuqurligi
— 250—300 m,  suvlangan  jinslar  uchun 100—150 m.  IX—X
kategoriyadagi jinslarni  burg‘ilashda  mexanik  burg‘ilash  tezligi
2,5 m/s  ga  yetib  boradi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish