O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Nazorat uchun savollar
1. Kern chiqishini oshirish yo‘llari haqida ma’lumot.
2. Qo‘sh quvurli kolonkaviy snaryadlarning qanday turlari mavjud?
3.  Ejektorli snaryadlarning ish  prinsi plari?
4. CCK snaryadlarining ishlatilish sharoitlari.
3.12-§.  Qisilgan havo bilan burg‘ilash
Qisilgan havo bilan zaboyni maydalangan jinslardan tozalash
va jinslarni parchalovchi asbobni sovitish quyidagi geologik sha-
roitlarda ishlatiladi:
1) yuvish suyuqliklari kuchli yutiladigan zonalarda;
2) quruq va kam namlangan quduqlarni burg‘ilashda;
3) qattiq suvlangan jinslarda,  lekin mayda zarrachalar hosil
qilmaydigan hollarda;
4) abadiy muzlagan jinslarni va muzlarni burg‘ilashda.
Razvedkaviy  quduqlarni  burg‘ilash  uchun  ish  unumdorligi
3—9 m
3
/ min, bosimi 0,8 MPa ga teng bo‘lgan ko‘chma kompres-
sorlar hosil qiladigan qisilgan havo ishlatiladi.
Òozalash  agenti  sifatida  qisilgan  havoni  ishlatish  burg‘ilash
mexanik tezligini yuvish suyuqligiga nisbatan o‘rtacha 2 baravar
oshiradi. Bu quyidagicha tushuntiriladi: zaboyda gidrostatik bosim-
ning yo‘qligi, zaboyni shlamdan tez tozalashi, jinslarni parcha-
lovchi asbobning yaxshi sovitilishi, zaboyda ho‘llangan jinslarning
yo‘qligi hisobiga.
Jinslarni  parchalovchi  asboblarni  samarali  sovitish  ularning
resurslarini oshiradi, natijada koronka yoki doloto bilan burg‘ilash
uzunligi ortadi.
Qisilgan havo bilan burg‘ilash qator kamchiliklarga ega: yuqori
bosimga ega bo‘lgan suvli gorizontlarni va suriluvchan mustahkam
bo‘lmagan jinslarni burg‘ilash uchun qo‘llab bo‘lmasligi.
Qisilgan havo kompressordan haydash liniyasi bo‘ylab nam
ajratuvchi moslamaga tushadi. Bu yerda kompressorda qizigan havo
tarkibidagi nam kondensatlanadi. Suvdan tozalangan havo haydash
quvuri  orqali  kolonkaviy  snaryadga  borib  yetadi.  Koronkadan
chiqayotgan  havo  zaboydagi  shlamni  olib  ketadi  va  uni  quduq
bo‘ylab yuqoriga ko‘taradi, ko‘tarilmay qolgan yirik zarrachalar
shlam yig‘uvchi quvurda to‘planadi. Quduqning ustki qismi maxsus
salnik — preventor bilan tig‘izlanadi, bu mayda shlamlar burg‘ilash


103
vishkasiga  tushmasligi  va  atmosferani  ifloslantirmasligi  uchun
qilinadi.
Preventorga quduqdan chiqayotgan shlamni quduqdan 15 metr
nariga chiqarib tashlash uchun havo o‘tkazuvchi quvur ulanadi.
Havo tarkibidagi shlamlarni ushlab qolish uchun quvur oxiriga
siklon tiðidagi  shlam ajratgich o‘rnatiladi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish