O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov turizm asoslari


O‘zbekistonga dunyo qit’alaridan keluvchi sayyohlarning umumiy sonidagi ulushi



Download 4,55 Mb.
bet4/45
Sana28.04.2022
Hajmi4,55 Mb.
#588418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahod

1- rasm. O‘zbekistonga dunyo qit’alaridan keluvchi sayyohlarning umumiy sonidagi ulushi

Xorijiy turistlarning tashrifidan maqsadlari bo‘yicha tarkibi muhim ahamiyatga ega. Uning 2000–2004- yillardagi o‘zgarish dinamikasi diagrammada ko‘rsatilgan (2- rasm).


2- rasm. Keluvchi turistlarning maqsadlari bo‘yicha tarkibi

2004- yilda jami keluvchi turistlarning soniga nisbatan dam olish va sog‘lomlashtirish maqsadida kelganlar 13,1% ni, tadbirqorlik va kasbiy maqsadlarda kelganlar 21,9% ni, boshqa va shaxsiy maqsadlarda keluvchilar soni 65% ni tashkil etdi.


O‘zbekistonda 2005- yil holatiga doir ma’lumotlarga qaraganda, jami turistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning soni 351 tani tashkil etgan. Shundan 290 tasi xususiy turistik firmalar bo‘lib (83%), ularning xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulushi 90% ni tashkil etgan.
Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda Xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid – tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishiga yordam beradi.
Butunjahon Turistik Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili turistlar sonining 7% ga o‘sishini hisobga olganda, 2010- yilda sayyohlar soni bir milliardga yetishi belgilangan edi. Ammo 2008- yilda boshlangan jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tufayli rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keyingi yillar mobaynida turistlar sonining kamayishi kuzatilmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlik va taraqqiyotning o‘zbek modeli afzalligi tufayli hozirgi paytda xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni ham o‘sib bormoqda. O‘zbekistonda turizm sohasining 2001–2010- yillar davomidagi rivojlanish dinamikasini «O‘zbekturizm» MKning ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi (3- rasm).


3- rasm.O‘zbekiston Respublikasida 2000–2010- yillar davomidagi turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning rivojlanish dinamikasi (ming kishi)

O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent–Samarqand–Buxoro–Xiva yo‘nalishi bo‘yicha sayohat qiladilar. Chunki O‘zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu mintaqalarda yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo‘liga taalluqli ko‘pgina obyektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan (O‘zbekistonga guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadilar). Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham turistlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muhim turistik jozibador manzillar mavjud bo‘lsa-da, turistik infratuzilmaning rivojlanmaganligi tufayli turistlarning bu joylarga kelishlariga to‘sqinlik qiladi. Bu kabi kamchilarni bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovonidan o‘tuvchi yo‘l qayta ta’mirlandi. Samarqanddan Surxondaryoga, Toshkent shahridan Buxoro va Samarqand shaharlariga turistlarni tashish uchun elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l qurildi. Toshkent–Samarqand yo‘nalishini tashkil etuvchi 344 kilometrli masofani atigi 2 soatda bosib o‘tadigan, yuqori tezlikda harakatladigan «Talgo–250» rusumli yo‘lovchi tashuvchi elektropoyazdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.


Bu poyezdlardan foydalanish maqsadida temir o‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llar qaytadan tiklandi, 68 kilometrdan iborat yangi temir yo‘l izlari yotqizildi. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi temiryo‘l vokzallari qaytadan to‘liq rekonstrutsiya qilindi.
Xorijiy turistlarga yuqori servis xizmatlarini tashkil qilish maqsadida bu shaharlarda ko‘plab turistik mehmonxonalar bunyod etilmoqda va yangi turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda.
Turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‘lib, chet el valutasi va sarmoyalari oqimini ta’minlaydi, unga yaqin bo‘lgan sohalarning tez o‘sishiga ko‘mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishga yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘sini oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf-xarajat bilan turizm sohasida katta miqdordagi valuta kelib tushishini ta’minlash mumkin.
Ko‘pgina mamlakatlarda turizm uchta yetakchi sohalar qatoriga kiradi, tez sur’atlarda rivojlanadi va muhim ijtimoiy hamda iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki turizim:
– mahalliy daromadni o‘stiradi;
– yangi ish o‘rinlarini yaratadi;
– ishlab chiqarishning turistik xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini rivojlantiradi;
– turistik markazlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantiradi;
– xalq hunarmandchiligi markazlari faoliyatining rivojlanishini tezlashtiradi;
– mahalliy aholi yashash darajasining o‘sishini ta’minlaydi;
– valuta tushumlari miqdorining o‘sishiga yordam beradi.



Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish