O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

5.4. Boshqaruv qarorlari
Boshqaruv qarorlarini korxona rahbariyati qabul qiladi va korxona
jamoasi uni amalga oshiradi.
Boshqaruv qarori korxona maqsadi va vazifalariga erishish yo‘lida
paydo bo‘lgan muammolarni yechishga qaratilgan sa’y-harakatlar va
chora-tadbirlardir.
Boshqaruv qarorlari ikki turga bo‘linadi:
1. Strategik qarorlar 
— bu uzoqni ko‘zlagan, korxonaning
rivojlanish istiqbolini belgilovchi qarorlar. Bunday qarorlarni yuqori
toifadagi menejerlar va korxona egalari (ular nomidan, masalan,
direktorlar kengashi) qabul qiladi. Bu qarorlar korxona kelajagi uchun
jiddiy bo‘lgan masalalar yuzasidan bo‘ladi. Bular jumlasiga uzoq
muddatli qarz olish yoki olmaslik, firmalar uyushmasiga kirish yoki
kirmaslik, boshqa kompaniyalar aksiyalarini olish yoki olmaslik, yangi
korxonalarni qurish yoki qurmaslik, turdosh korxonalarni sotib olish
yoki olmaslik va boshqa jiddiy masalalar kiradi.
2. Operativ yoki joriy qarorlar
korxonaning kundalik o‘tkinchi
faoliyatiga oid bo‘ladi. Bular jumlasiga korxonani moddiy ta’minlash,
tovarlarni bozorga yetkazib berish, narxni o‘zgartirish, ta’mirlash
ishlarini o‘tkazish, tovar turlarini yangilash, sheriklar bilan shartnoma


5 2
tuzish, raqobatchilar harakatiga javob berish, xodimlarni ishga olish
yoki ishdan bo‘shatish kabi chora-tadbirlarni kiritish mumkin. Operativ
qarorlarni o‘rta va quyi toifadagi menejerlar, ya’ni ijrochi direktor,
bo‘lim boshliqlari bo‘lgan menejerlar qabul qiladi.
Boshqaruv qarorlari ta’sirchan bo‘lishi uchun ular bir qator
talablarga javob berishi kerak bo‘ladi: korxona manfaati va maqsadidan
kelib chiqish, qarorlarni real vaziyatni tahlil etgan holda ishlab chiqish,
ularning ilmiy asoslanishi, belgilangan maqsad, qarorlarni amalga
oshirish muddati va vositalarini, ularning bajarilishini nazorat qilish
usullarining aniqligi va h.k. Qarorlar ko‘p variantli bo‘ladi, ulardan
eng maqbuli hamjihatlik bilan demokratik asosda tanlab olinadi.
Boshqaruv qarorlari ijrochilarga o‘z vaqtida yetkaziladi, ular kerakli
pul va mehnat resurslari bilan ta’minlanadi, ularning bajarilishi qattiq
nazorat qilinadi. Shundagina ish samarali bo‘lishi mumkin.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish