O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Eslab qoling!
Geosiyosiy ekspansiya
— biror-bir davlatning boshqa bir
davlatni o‘ziga tobe qilish maqsadida bosib olishi.
«Atlantika mamlakatlari» — dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lgan,
uning suvlari bilan o‘rab turilgan davlatlar.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Davlat to‘g‘risida R. Chellen qanday fikr bildirgan?
2. Jahonda birinchi geosiyosatchilar maktabining asoschisi kim?
3. K. Xausxofer qaysi davlat dunyoga hukmronlik qiladi deb hisoblagan
va nima uchun?
4. Geografik makonni egallash uchun olib boriladigan kurashning asosiy
shakli nima?
48-§. X. MAKINDER VA A. MEXENNING GEOSIYOSIY QARASHLARI
Geosiyosiy g‘oyalarning rivojlanishida ikki yo‘nalish muhim
o‘rin egallaydi. Birinchi yo‘nalish Angliya—Amerika yo‘nalishi deb
ataladi. Mazkur yo‘nalishda asosiy e’tibor dunyoviy (global)
geostrategik konsepsiyalar tuzishga qaratiladi. Mazkur konsepsiya-
da dengiz va quruqlik hududlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va
aloqalar, ularning tarkibi va imkoniyatlari tahlil qilinadi.
130
!
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ikkinchi yo‘nalish — kontinental (quruqlik) yo‘nalishi deb ata-
ladi. XX asrning 40—50-yillarida Germaniya va Fransiya o‘zining
eng yuqori darajadagi rivojlanish nuqtasiga yetdi. Mazkur yo‘na-
lish Yevropa-sentrizim, regional (mintaqaviylik) xususiyatlari bilan
ajralib turadi va Yevropa davlatlari ichidagi integratsiya muammo-
larini o‘rganishga alohida e’tibor beradi.
Birinchi dunyoviy (global) model Angliyada 
X. Makinder
(1861—1947) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1914-yilda Buyuk
Britaniya Qirollik geografiya jamiyatida «Tarixning geografik o‘qi»
deb nomlangan ma’ruzasida «jahon siyosatining o‘q mintaqalari»
g‘oyasini ilgari surdi.
Davlat uchun eng qulay geografik o‘rin o‘rtada, markazda,
planetar nuqtayi nazaridan esa dunyo markazida joylashganligi
bilan asoslanadi. Dunyo markazida Yevrosiyo kontinenti mavjudli-
gi ilmiy jihatdan isbotlab berilgan. Yevrosiyo jami dunyo ustidan
nazorat qilish uchun juda qulay kontinentdir.
Makinder o‘zining 1919-yilda nashr qilingan «Demokratik
ideal va reallik» nomli kitobida «o‘qmintaqa»ni Xartlend deb atadi.
Bu «o‘q mintaqa»ga Rossiyani, g‘arbda Sharqiy va Markaziy
Yevropa, sharqda esa Tibet va Mo‘g‘ulistonni kiritdi.
Makinder fikriga ko‘ra, dengizning kuch-qudrati jahondagi kuch-
lar balansida juda katta ahamiyatga ega bo‘lsa ham, quruqlik va
havodagi kommunikatsiyalarning rivojlantirilishi dengiz kuch-qud-
rati samaradorligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun
ham Makinder: «Dunyoga hukmdorlik qilishda kontinental (quruq-
lik) davlatlarning imkoniyatlari behisobdir», — deb ta’kidlagan.
AQShning qudratli davlatga aylanishi Makinder konsepsiyasi-
ni qayta ko‘rib chiqishga va «Atlantizm» geosiyosat g‘oyasining
shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bunda 
A. Mexen
(1840—1914)
g‘oyalari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. U «Tarixda dengiz kuch-
lari» va boshqa qator asarlarida «dengiz kuchlari» tushunchasi
asosida geosiyosat konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bunda erkin den-
giz savdosi bilan shug‘ullanish A. Mexen g‘oyasining asosini tash-
kil qiladi. A. Mexen AQSh «dengiz taqdiri»ga ega, buning nati-
jasida u avval Amerika qit’asida, keyinchalik esa butun dunyoda
hukmdorlik qiladi, deb hisoblagan.
A. Mexenning geosiyosiy g‘oyalari to‘liq holda XX asr mobay-
nida AQShda hayotga tatbiq etildi va yuqori darajada o‘zining
samarasini berdi.
131
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish