O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Eslab qoling!
Frontal raqobat
— raqobat qiluvchi asosiy kuchlarning hududiy
joylashuvini aniqlab beruvchi frontal chiziqlar (yo‘nalishlar)
tomonidan belgilanadi.
Kuchlar muvozanati 
— insoniyat va mintaqalarning taraqqiyotini
belgilab beruvchi tarixiy kategoriya.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Geosiyosiy tahlilning eng muhim elementi nima?
2. Davlat kuch-qudratini nimalar belgilab beradi?
3. Geosiyosiy raqobat qanday xususiyatlarga ega?
4. Geosiyosiy yo‘nalishlar (chiziqlar) qanday vazifalarni bajaradi?
45-§. SIYOSAT VA GEOGRAFIYA FANI O‘RTASIDAGI ALOQADORLIK
Qadimgi davrlardanoq olimlar geografik muhitning inson
siyosiy hayotiga ta’sirini o‘rganishga qiziqqanlar. Arastu o‘zining
«Siyosat» deb nomlangan asarida quyidagi fikrni aytib o‘tgan:
«Iqlimi sovuq bo‘lgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilar
dovyurak bo‘lishadi, ammo ularda xayoliy orzular va ixtirolar qi-
lishga moyillik yo‘q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga
nisbatan ko‘proq vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o‘z qo‘-
125
!
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


shinlariga boshchilik qilish va ularni boshqarish qobiliyatiga ega
emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. Janubiy xalqlar, aksin-
cha, chuqur o‘ylaydigan va qiyin holatlardan chiqib ketishga
ustadirlar. Ammo ular g‘ayratli emaslar. Shuning uchun ham qul-
lik va tobelik ularga xos «tabiiy holatdir». Oraliq mintaqalarda
istiqomat qiluvchi yunonlar esa o‘zlarida Shimol hamda Janub
xalqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi xislatlarni jo qilganlar».
Bunday siyosiy nazariyada geografik determinizm an’analariga
yo‘l ochib berilgan edi. Mazkur yondashuv 
Jan Boden
tomonidan
rivojlantirildi. U insonning rivojlanishiga geografik muhit xalq
xarakteri va ruhiyati orqali ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelgan.
Uning fikricha, inson hayoti uchun eng qulay va yaxshi sharoitlar
mo‘tadil mintaqada, 40—50° shimoliy kengliklar oralig‘ida mavjud.
Aynan mana shu hududlarda qudratli davlatlar vujudga kelganligi-
ni ko‘rsatib o‘tadi. Jan Boden mustaqil davlatlarning kuch-qudrati
va taraqqiyoti ularni o‘rab turgan tabiiy sharoitning ta’siriga
bevosita bog‘liq, deb hisoblagan.
Sh.Monteske
ijtimoiy hayot shakllarining rivojlanishida iqlim
hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblagan hamda mamlakat
qonunlari uning geografik sharoitlariga mos bo‘lishi zarurligini
asoslab bergan.
Geografik determinizm g‘oyalari Germaniyada XVIII va XIX
asrlarda siyosiy geografiyadan geosiyosatgacha bo‘lgan davrni bosib
o‘tdi.
Geografik determinizm (lotincha «determino» — aniqlayman)
g‘oyasiga binoan ijtimoiy sharoitni mamlakatning geografik joy-
lashishi va tabiiy sharoiti belgilab beradi. Geografik determinizm
g‘oyasi vakillarining fikricha, kishilik jamiyatining rivojlanishini
geografik sharoitning xususiyatlari belgilab beradi. Masalan, Ritter
dunyoni ikki qismga bo‘ladi — suvlik (okeanlar) va quruqlikka. U
quruqlik Shimoliy yarimsharda, suvlik esa Janubiy yarimsharda
asosiy maydonni tashkil qilishini ta’kidlaydi. Shimolda joylashgan
quruqlikni «Eski dunyo» (Yevropa, Osiyo) va «Yangi dunyo» (Shi-
moliy va Janubiy Amerika)ga bo‘ladi.
Uning fikricha, «Eski dunyo» g‘arbdan sharqqa katta masofa-
ga cho‘zilganligi sababli iqlimiy jihatdan bir xillikka ega. «Yangi
dunyo» esa shimoldan janubga tomon katta masofaga cho‘zilgan-
ligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta. Mazkur iqlimiy farqlar
Ritterning fikricha, mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteri-
ga katta ta’sir ko‘rsatadi.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish