Eslab qoling! Amaliy geografiyada sistemali, ekologik, landshaft va iqtisodiy
tadqiqot usullari qo‘llaniladi.
Bilasizmi? Ekologiya — tabiiy muhitning tirik ogranizmlarga
ta’siri va ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan
fan. «Ekologiya» atamasini fanga XIX asrda nemis olimi
E. Gekkel olib kirgan.
«Ekologiya» so‘zi yunoncha bo‘lib «oikos» — uy,
yashash joyi, «logos» — fan degan ma’noni beradi.
Bilimingizni sinab ko‘ring: 1. Amaliy geografiyada qanday tadqiqot usullari qo‘llandi?
2. Tizimli yondashuv deganda nimani tushunasiz?
3. Ekologik yondashuvning maqsadi nimadan iborat?
4. O‘zingiz yashab turgan qishloq yoki mahallani tizim sifatida
qarab, ularning qanday tizimchalardan iborat ekanligini aniqlang va
nomlarini daftaringizga yozing.
5. Iqtisodiy yondashuvda qanday ishlar amalga oshiriladi?