O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Sistemali usul
(yondashuv). Mazkur usulda o‘rganilayotgan
hudud ma’lum bir sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir-biri
bilan bog‘langan qator kichik sistemalardan iborat bo‘ladi.
Masalan, Chirchiq vodiysini ma’lum bir yaxlit sistema sifatida
oladigan bo‘lsak, u bir-biri bilan bog‘langan quyidagi sistemalar-
dan iborat: geologik tuzilishi; relyefi; suvlari (daryolari, ko‘llari,
muzliklari, botqoqliklari, yerosti suvlari); iqlimi; tuproqlari; o‘sim-
lik va hayvonot dunyosi; qishloq xo‘jaligi; sanoati; transporti; aholi
manzilgohlari (shahar va qishloqlar); gidrotexnik inshootlar va h.k.
Ushbu sistemalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Bu sis-
temalarning biri o‘zgarsa boshqalari ham o‘zgaradi. Masalan, iqlim
yoki suv sistemasi o‘zgaradigan bo‘lsa, tuproq, o‘simlik va hayvo-
not dunyosi ham o‘zgaradi.
Ekologik usul 
(yondashuv). Ushbu usulda ma’lum bir hudud
yoki muammo o‘rganilayotganda, unga tirik mavjudotlarning
(o‘simlik va hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan
bo‘ladigan o‘zaro aloqalari nuqtayi nazaridan qaraladi. Masalan,
Chorbog‘ suv ombori qurilishi munosabati bilan vodiyning ancha
qismi suv ostida qoldi, yerosti suvlari sathi ko‘tarildi, tuproq va
havoda namlik miqdori oshdi (2-rasm). Buning oqibatida tuproq,
o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘zgarishga uchradi. Suv ostida qol-
gan qishloqlar aholisi ko‘chirildi, yangi, shinam va go‘zal Chorbog‘
shaharchasi, dam olish zonalari vujudga keldi. Demak, ekologik
yondashuvda tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning tirik
ogranizmga ta’siri oldindan o‘rganilar va bashorat qilinar ekan.
6
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Landshaft usuli (yondashuvi). Mazkur usul qo‘llanganda,
hudud ma’lum bir landshaft turlariga bo‘lib o‘rganiladi. Masalan,
biror tuman hududini o‘rganadigan bo‘lsak, mazkur tuman hudu-
di avval tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy land-
shaftlar o‘rmonlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan, toshloq va
qumlardan, botqoqlardan, sho‘rxoklardan, soy vodiylaridan, yon-
bag‘irlardan va boshqa landshaft turlaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Antropogen landshaftlar esa qishloq xo‘jalik yerlaridan, sanoat
korxonalaridan, yo‘llardan, shahar va qishloqlardan iborat bo‘lishi
mumkin. har bir landshaft turi alohida-alohida tahlil qilinadi.
Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik
hisoblashlar orqali tabiiy sharoitga, tabiiy resurslarga, aholi va xo‘-
jalik korxonalariga baho beriladi hamda ularning o‘zgarishi basho-
rat qilinadi. Masalan, aholi sonining o‘sishi yoki kamayish va h.k.
Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, muhandislik
geografiyasi, amaliy landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi,
ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan bir-
7
2-rasm.
Suv ombori.
www.ziyouz.com kutubxonasi


galikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabi-
atni muhofaza qilishda, atrof-muhitning tabiiy va sun’iy omillar
ta’sirida o‘zgarishini bashorat qilishda boshqa fanlar ham keng foy-
dalanadi.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish