Eslab qoling!
Geografiya
Yer yuzasining tabiati, aholisi va uning xo‘jalik faoli-
yatini o‘rganadi.
Amaliy geografiya
tabiiy va ijtimoiy muhitning o‘zgarishini baho-
lash va bashorat qilish bilan shug‘ullanadi.
Bilasizmi?
Geografiya yunoncha so‘z bo‘lib, «ge» — yer, «o» —
bog‘lovchi, «grafo» — tasvirlayman, chizaman degan
ma’noni, ya’ni Yerning tasviri degan ma’noni bildiradi.
Geografiya so‘zini fanga birinchi marta yunon olimi
Eratosfen miloddan avvalgi III asrda «Geografika» nomli
asarida olib kirgan. Vatandoshimiz buyuk alloma
Muhammad Muso al-Xorazmiy ham IX asrda «Kitob surat ul-Arz» nomli asar yoz-
gan. Mazkur asarning nomi arabchadan o‘zbekchada tarjima qilinsa, «Yerning
tasviri haqidagi kitob» ma’nosini beradi.
Jahonda birinchi bo‘lib Yerning modeli — globusni ham IX asrda bobokaloni-
miz buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ixtiro etgan.
5
1-rasm.
Abu Rayhon
Beruniy.
!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |