O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet182/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

Eritrositlarning cho'kish tezligi
qonning organizmda doimo tinmay 
aylanib yurishi natijasida (normal hoi) eritrositlar bir me’yorda bo‘ladi. 
Qon tomirdan olingan qon tarkibidagi eritrositlar vaqt о ‘tishi bilan cho'kadi. 
Chunki tarkibida temir bo'lgan eritrositlar solishtirma og'irligi 1,090 bo'lsa, 
plazmaning solishtirma og'irligi 1,020 ga teng. Eritrositlarning ana shunday 
cho'kish tezligi SOE (skorost osedaniya eritrositov) nomi bilan yuritiladi. 
Eritrositlarning cho'kish tezligi, asosan, plazma tarkibiga bog'liq bo'lib, 
amaliy tibbiyotda katta ahamiyatga ega.
SOE erkaklarda soatiga 5—7 mm, ayollarda 12 mm. SOE ayollarning 
homiladorlik davrida va yuqumli kasalliklarda birmuncha tezlashadi.
Gemoliz
— eritrositlar pardasining yemirilishi oqibatida gemoglobin­
ning plazmaga chiqib qo'shilishi. Odatda, plazma tarkibidagi turli 
elementlarda yorug'lik akslanishi natijasida qon tiniq ko'rinm aydi. 
Gemolizning biologik, osmatik va mexanik turlari mavjud. Kimyoviy 
gemoliz eritrosit pardalarining benzin, efir, xloroform va ammiak kabi 
kimyoviy moddalar ta’sirida parchalanib yemirilishi tufayli vujudga keladi. 
Biologik gemoliz ilon, chayon, asalari chaqqanida ro'y beradi. Osmatik 
gemoliz osmatik bosim eritrositlardagi bosimdan kam bo'lgandagina 
(gipotonik eritmada) yuzaga keladi. Bunday sharoitda suv eritrositlarga 
o'tib, ulami bo'rttiradi. Natijada eritrositlardagi bosimning oshishi tufayli 
pardalar tortilib gemoliz bo'ladi. Gipertonik eritmada eritrositlar tarkibidagi 
suv yo'qolib, eritrositlar bujmayadi. Bundan tashqari, gemoliz gemolitik 
bakteriyalar, gijjalar zahari ta’sirida, shuningdek, gruppasi to 'g 'ri 
kelmaydigan qon quyilganda ham vujudga keladi. Bu holda eritrositlar 
aw al bir-biriga yopishib (agglutinatsiya), keyin parchalanadi. Natijada 
bemoming ahvoli og'irlashib, gemotransfuzion shok ro'y beradi. Mexanik 
gemoliz qonning turli sabablarga ko'ra chayqalishida kuzatiladi. Gemoliz- 
langan qonni odamga quyish mumkin emas.
Qon gruppalari.
Bir odam qonini ikkinchi odamga quyilganligi 
qadimdan ma’lum. Lekin qon quyilgandan so'ng ko'pincha o'lim sodir 
bo'lgan. Olimlaming olib borgan tekshirishlariga ko'ra bir odam qonining 
eritrositlari ikkinchi odamning qoniga aralashganda, ular bir-biri bilan 
yopishib, erimaydigan zarrachalar paydo qiladi. Eritrositlarning o'zaro 
yopishishiga ular tarkibidagi yopishadigan modda (agglutinogen) va qon 
plazmasidagi eritrositlami yopishtiradigan modda (agglutinin)lar sababchi 
bo'ladi. Natijada qon gemolizi (parchalanishi) sodir bo'lib, shok (odamning 
hushdan ketishi) yuz beradi, hatto qon quyilgan odamning ahvoli og'irlashib, 
o'lib qolishi ham mumkin. Keyingi tekshirishlardan odam qonida A va В 
agglutinogen hamda alfa va betta harflari bilan ifodalanadigan agglutinin 
borligi 
aniqlandi. Qon quyilganda agglutinogen A bilan agglutinin a


yoki agglutinogen В bilan agglutinin P uchrashganda eritrositlar o'zaro 
yopishib, agglutinatsiya bo'lib, keyin ular parchalanadi. Natijada odam shok 
holatiga tushadi va o'lim ro'y berishi ham mumkin. Odam qonida hech 
qachon bir turli agglutinogen A agglutinin a yoki agglutinogen В agglutinin 
(3 bilan uchrashmaydi, uchrashsa agglutinatsiya sodir bo'ladi. Fiziologlar- 
ning tekshirishlari natijasida odamlar qonida agglutinogenlar bilan aggluti- 
ninlaming uchrashish tartibiga qarab qon to'rt gruppaga ajratiladi.
Birinchi yoki «0» gruppa qondagi eritrositlar tarkibida agglutinogen­
lar bo'lmaydi. Plazmada esa a va P agglutinin bo'ladi.
Ikkinchi yoki A gruppa qondagi eritrositlar tarkibida agglutinogen A 
va plazmada agglutinin (3 bo'ladi.
Uchinchi yoki В gruppa qondagi eritrositlar tarkibida agglutinogen 
B, plazmasida agglutinin a bo'ladi.
To'rtinchi yoki AB gruppa qondagi eritrositlar tarkibida agglutino­
gen A va В bo'ladi, plazmasida esa hech qanaqa agglutininlar bo'lmaydi.
Qon gruppalari qon quyishda muhim ahamiyatga ega, chunki gruppa 
aniqlangandan keyingina qon quyish mumkin. Qon gruppasini aniqlamas- 
dan qon quyilsa, quyiladigan qon eritrositlarining agglutinogenlari qabul 
qiluvchi (resipiyent) odam qonidagi eritrositlar agglutininlari bilan qo'shi­
lib, bir-biriga yopishib, qon gemolizi vujudga keladi. Quyiladigan (donor) 
qon agglutininlariga unchalik ahamiyat berilmaydi, chunki ular resipiyent 
(qon quyilgan odam) qonida ancha suyuladi va o'zining resipiyent 
eritrositlarini agglutinatsiyalash xususiyatini yo'qotishga sababchi bo'ladi. 
Qonning ana shu xususiyatlariga qarab, birinchi gruppa (universal donorlar) 
qonini hamma (I, II, III, va IV) gruppaga quysa bo'ladi. II gruppa qonini 
faqat II va IV gruppali qonlarga quyiladi: III gruppa qonini esa III va IV 
gruppalarga quyish mumkin. Nihoyat IV gruppa qonli odamlarga har 
qanday gruppa qonini quyish mumkin. Shuning uchun IV gruppali odam- 
lami universal resipiyentlar deb ataladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish