11-mavzu: Bayrog’imiz –faxrimiz,g’ururimiz!(18 noyabr –O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “O`zbekistonim bayrog`i – yurtimiz zafarlari ila doimo dunyo bo`ylab tinmay hilpirayver ”
Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning roli kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, tarqatma materiallar.
Doskada: O`zbekistonim bayrog’i-doimo va mangu hilpirayversin jahon uzra.
O`qituvchi:
Нilpira, bayrog’im, hilpira mag’rur,
Ozod, hur xalqimga bag’sh etib surur.
Birlashgan millatlar koshonasida,
Hilpira bizlarga bag’sh etib g’urur.
Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi mag’lubiyat belgisi deb qabul qilingan.
Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi.
Sohibqiron Amir Temurning yurishlarida lashkar oldida uning
tug`i- bayrog’i olib yurilgan.
Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad
O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy an’analari bilan bog’liq. Ayni paytda qo’lga
kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari,
O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda,
O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik
bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.
Topshiriq: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Iste’dodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, rag`batlantiriladi)
Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini yaratadilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |