Odam va uning salomatligi
Umumiy 3 Toshloq 2020 yil
1. O’simliklar tarkibidagi klechatka inson organizmiga qanday ta’sir etadi.
A) ichak va oshqozon devori muskullarining qisqarishiga yordam beradi
B) vitamin hosil qilib beradi
C) ichak va oshqozon devori muskullarining bo’shashiga yordam beradi
D) ichak va oshqozon devori muskullarining hosil bo’lishida qatnashadi
2. Jismoniy mehnat qilayotgan odam qonida karbonat angidrid miqdori ortadi, bu esa nafas olishga qanday ta’sir etadi.
A) nafas olishni tezlashtirib va nafasni yuzalshtiradi
B) nafas olishni shartli refleks markaziga ta’sir ko’rsatib nafasni sekinlashtiradi
C) nafas olishni tezlashtirib va nafasni chuqurshtiradi
D) shartsiz markazga ta’sir ko’rsatib, nafasni tezlashtiradi
3. Quyidagilarni moslab ko’rsating.
1. teri epiteliysida rang beruvchi pigment va havo pufakchalari bo’ladi. 2. muguz plastinkadan iborat. 3. tanadagi tuklar ko’tariladi. 4. har qanday ta’sirga chidamsiz. 5. ichki organlar atrofida to’planadi.
6. terining shox qavatidan hosil bo’ladi.
a-soch;
b-tirnoq; c-sovuq havo; d-a,b guruhga kiruvchi vitaminlar; e-zahiradagi oziq yog’
A) a-1,6; b-6,2; c-3; d-4; e-5
B) a-1,5; b-6,2; c-3; d-4; e-6
C) a-1; b-6,2; c-3; d-4; e-5,6
D) a-1,6,5; b-6,2; c-3; d-4; e-5
4. Hujayra metabolizmi (a), sekretsiya va so’rilish jarayonlarining hujayraviy mexanizimi (b) organizmda suv va tuz almashinuvining fiziologik mexanizmlarni(c) harakat organlari kasalliklarini (d) o’rganib bergan olimlarni ko’rsating.
A) a-Yo.To’raqulov, b- A.Yunusov,
c- K.Zufarov, d-V.Vohidov
B) a-A.Yunusov, b-K.Zufarov,
c- Yo.To’raqulov, d-V.Vohidov
C) a-Yo.To’raqulov, b-K.Zufarov,
c-A.Yunusov, d-V.Vohidov
D) a-Yo.To’raqulov, b-K.Zufarov,
c -V.Vohidov, d- A.Yunusov
Toshloq. 1 aprel 2020 yil
5. Analizatorning periferik qismlari qayerlarda joylashgan. 1. to’r pardada, 2.til so’rg’ichlarida; 3.terining gipoderma qavatida; 4.nog’ara pardada; 5.burunnning shilliqnpardasida; 6.rangli pardada; 7.dermada; 8.yumshoq
tanglayda;
A)1,6,8 B)1,2,3,5,8 C)1,2,5,6,7,8 D)1,2,5,4,8
6. Katta yoshli sog’lom odamdagi qaysi doimiy tishlar sonining o’zaro nisbati 3:1 ni tashkil qiladi
A) katta oziq tishlar va qoziq tishlar
B) qoziq va aql tishlari
C) qoziq va kurak tishlari
D) qoziq tishlari
va kichik oziq tishlari
7. Qaysi organ vorsinkalari o’sish xususiyatiga ega.
A) ingichka ichak ichki yuzasidagi
B) murtak pardasining faqat bir tomonidagi
C) bachadon devoridagi
D) yo’g’on ichak shilliq qavatidagi
8. Organizm rivojlanish davriga oid bo’lgan to’g’ri ma’lumotlarni juftlang.
1)
chaqaloqlik davri; 2) go’daklik davri;
3) maktabgacha tarbiya davri; 4) maktab yoshi davri; a) nutq, tafakkur jadal rivojlanadi; b) ovqat hazm qilish sistemasi ishlay boshlaydi; c) bola juda tez o’sadi; d) o’sish
tezlashadi, aqliy rivojlanishda keskin o’zgarishlar sodir bo’ladi; e) serharakat va tinchimas; f) alveolalar ish bajara boshlaydi;
g) harakat faolligi ortadi; h) tana vazni ortadi;
A) 1-b,f; 2-c,h; 3-e,g; 4-d,a
B) 1-b,h; 2-c,f; 3-a,e,g; 4-d
C) 1-b,f; 2-c,h; 3-a,e,g; 4-d
D) 1-b,f; 2-c,d; 3-a,e,g; 4-d
9. Bolaning qaysi davrida tabiiy egilma bo’lmaydi?
A) go’daklik davri B)
maktabgacha tarbiya davri
C) maktab yoshi davri D) chaqaloqlik davrida
10. Bolada tabiiy egilmalar sodir bo’lish vaqti to’g’ri berilgan javobni toping?
A) 6-10 haftaligida umurtqa pog’onasining bo’yin qismida, 5-6 oyligida ko’krak qismida,
1 yoshligida bel qismida
B) 5-16 haftaligida umurtqa pog’onasining bo’yin qismida, 6-7 oyligida ko’krak qismida,
1 yoshligida bel qismida
C) 6-10 haftaligida umurtqa pog’onasining bo’yin qismida, yura boshlaganida ko’krak qismida, o’tiradigan bo’lganida bel qismida
D) 3-10 haftaligida umurtqa pog’onasining bo’yin qismida, 5-6 oyligida k’okrak qismida,
1
yoshligida bel qismida