O'rta dengiz bo'yi yevropasi Reja: kirish


Tabiiy geografik rayonlari



Download 465,5 Kb.
bet10/13
Sana26.01.2023
Hajmi465,5 Kb.
#903226
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
o\'rta dengiz bo\'yi yevropasi

6.Tabiiy geografik rayonlari:

  1. Pireney yarim oroli.

  2. Apennin yarim oroli.

  3. Bolqon yarim oroli.

Kichik Osiyoning o`rta qismidagi yassitog`lik Anatoliya yassitog`liklari deb yuritiladi. Uni shimaldan umumiy nom bilan Pontiya tog`lari deb ataladigan tog` tizmalari o`rab turadi. Bu tog`lar Qora dengiz tomonga tik tushib kelgan, ba`zi joylaridagina kichikroq pasttekislik yerlari bor. Shimoliy sohilda Sinon va Samsun qo`ltiqlari hosil bo`lgan. G`arbdan sharqqa tomon Pontiya tog`lari G`arbiy Pontiya, O`rta Pontiya, Sharqiy Pontiya tog`lariga bo`linadi. G`arbiy Pontiya tog`larini absolyult balandliklari 2000 m.ga etmaydi. Eroziya tufayli kuchli parchalangan. O`rta Pontiya tog` sistemasining parchalangan pasaygan qismi bo`lib, uning etagida qizil irmoq, yashil irmoq daryolarining tekisliklari joylashgan.
Sharqiy Pontiya tog`lari ancha baland, kam parchalangan. Tog`larnni balandligi 3000 m.dan oshadi. Yuqorisida al`p rel`ef shakllari, keskin muzliklar bor.
Yarim orolni janubdan Tavr tog`lari sohildan uzoqlashib past tekisliklar hosil qilgan. Antal, Mersi, Iskandaron qo`ltiqlari, Likiya, Kilikiya yarim orollari hosil bo`lgan. Tavr tog`lari Al`p burmalanishida hosil bo`lgan. Ko`pchilik yerida balandliklar 2000-3000 m.dan oshadi. Markaziy Tavrdan Qoldiqtog` eng baland tog` massivi bo`lib, Demirqoziq cho`qqisi 3726 m.ga boradi. Katta maydonlarni yalang`och toshloq yassi tog`liklar, kardalalari, qirrali tog` tizmalari egallagan. Tavr tog`lari sharqda Armaniston tog`ligiga borib tutashadi.
Anatoliya yassi tog`ligining yer yuzasi peneplenlashgan. Yassi tog`likdagi balandliklar 800 m.dan 1500 m.gacha boradi. Yassi tog`likda yakka-yakka vulkan tog`lari ko`tarilib turadi. Bular orasida botiqlar ko`p bo`lib, ular qurib qoladigan sho`r ko`llar bilan band.
G`arbda qirg`oqqa ko`ndalang joylashgan yassi tog`lik, tog` tizmalari bo`lib, qirg`oq juda parchalangan. Mana shu yerda rios tipidagi qirg`oqlar yuzaga kelgan shu sohilda Turkiyaning Izmir porti joylashgan. Oblastning O`rta dengiz bo`yiga mansubligi iqlim xususiyatlarida aks etadi. G`arbda va janubda tog` tizmalarida ko`p yog`in tushadi. Shamolga ro`para yonbag`irlarida 1000 mm.dan ortiq yog`in tushadi, asosiy qismi qish-bahor oylarida yog`adi. Sharqqa borgan sari Atlantikadan keladigan havolar ta`siri kamayadi. Anatoliya yassi tog`ligining sharqiy rayonlarida 200 mm.dan oshmaydi. Maksimum yog`in bahor va qish oylariga to`g`ri keladi. Pontiya tog`larining shimoliy yonbag`irlariga 3000 mm.gacha yog`in tushadi. Bu yerda butun yil bo`yi yog`in ko`p yog`adi. Yozda yog`inlarni shimoli-sharqdan esadigan shamollar, qishda qutb frontidagi siklonlar olib keladi. Ichki rayonlarda baland tog`larda qishda qor yog`adi.
Oblastning turli qismlarini harorat rejimida ham tafovutlar bor. G`arbiy va janubiy sohillarda yanvarning o`rtacha harorati +5 0 , eng janubida +100, iyulning o`rtacha harorati +25, +300. Shimoliy sohilda qish iliq, yoz salqinroq keladi. Ichki rayonlarida Sharqda, yozgi va qishki haroratlar o`rtasida tafovut katta. Qishki haroratlar manfiy, yanvarning o`rtacha harorati –160 gacha pasayadi. Yassi plato va botiqlarda yozda harorat +300 kotariladi. Tog`larni eng baland qismlarida iyunning o`rtacha harorat +16, +200 dan oshmaydi.
Kichik Osiyoning iqlim sharoiti daryo shoxobchalarini rivojlanishiga qulaylik tug`dirmaydi. Dar yolari kam suv, oqim rejimi beqaror. Qora va O`rta dengizga, Dajla va Frot havzasiga oqib boruvchi daryolar sharqdan tog`lardan oqib tushadi. Uning uzun daryosi Qizil irmoq bo`lib, Anatoliya yassi tog`ligidan boshlandi. Uzunligi 950 km., Qora dengizga quyiladi. Bu daryo keskin buralib oqishi, tirsaklari bilan tanilgan. Tirsaklari meandralar deb ataladi.
Daryolarning kema qatnovida ahamiyati bo`lmasada, sug`orishda, aholini suv bilan ta`minlashda katta ahamiyatga ega. Daryolarda tug`onlar, suv omborlari qurilgan.
Oblast ko`llari tektonik va karst ko`llaridir. Ular oqmas ko`llar bo`lib, kuchli darajada sho`rlangan. Anatoliya yassi tog`ligining o`rta qismida eng katta Tuz ko`li bor. G`arbiy Tavr tog`lari etaklarida bir qancha tektonik ko`llar bor.
Yarim orolda o`rmonlar maydoni katta emas. Bunga tabiiy sharoit bilan birga o`rmonlar ni kesib yuborilishi hamm sabab bo`lgan.
Pontiya tog`larining yog`in yil bo`yi tushadigan Shimoliy yonbag`rida o`rmonlar ko`p.
600-700 m.gacha bo`lgan balandliklarida namsevar kolxida tipidagi doimiy yashil o`rmonlar o`sadi. Ularni ostida qizil tuproqlar bor. Yuqorida o`rmon qo`ng`ir tuproqlari bilan almashinadi. Pontiya tog`lari etaklarida tabiiy o`simliklar kam saqlanib qolgan. Landshaftida bog`lar, uzumzorlar, makkajo`xori va tamaki ekilgan dalalar, shahar va qishloqlar bor.
Tog`larda subtropik o`simliklar mo`tadil mintaqaning buk, grab, kashtan, lina kabi bargini tukuvchi kengbargli o`rmonlar bilan almashinadi. Aralash o`rmonlar yuqorida ignabargli o`rmonlar bilan almashinadi. Aralash o`rmonlar yuqorida ignabargli o`rmonlar bilan, yana ham yuqorida subal`p bo`tazorlari, tog` o`tloqlari keladi.
Yog`in miqdori kamayadigan, yozi qurg`oqchil bo`ladigan g`arbida va janubda namsevar o`rmonlar, jigarrang tuproqlarda o`sadigan butazorlar, O`rta dengiz tipidagi o`rmonlar bilan almashinadi. Tavr tog`larini janubiy yonbag`irlarida livan kedri uchraydi.
Tog`larni yarim orolning ichki qismiga qaragan yonbag`irlarida Likiya va Kilikiya yarim orolli ohaktoshli platolarida o`rmonlar yo`q. Nam yetishmaydigan yerlarda siyrak qarag`ay yoki archazorlar, kulrang jigarrang tuproqlarda yostiqsimon dukkakli butalar, shuvoq, g`allagullilar o`sadi. Shunday jolarda aholi echki va qo`y bo qishadi.
Hayvonot olamida Yevropaga , Osiyoga xos hayvonlar bor.
O`rmonlarda asl bug`u , yelik to`ng`iz , qo`ng`ir ayiq, bo`ri, tulki, suvsar , qoplon ,janubiy va ichki qurg`oqchil rayonlarda olqor, yovvoyi echki, chiyabo`ri, sirtlon, kaltakesak, ilon, burgut, grif, qirg`iy, boyo`g`li va boshqalar yashaydi .

Download 465,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish