3. Buyruq gaplarda suhbatdoshni nimadir qilish undash maqsad qilib
qo’yiladi. Bunday gaplarda iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashviq,
gumon, tashvish, hayajon, g’azab yalinish tarzida bo’lishi mumkin: Avval o’yla,
keyin so’yla (maslahat). Dadil harakat qil! (buyruq). Ashuladan yana bo’lsin
(iltimos). Qani hamma odamlar sizday bo’lsa! (orzu). Nahotki, bu siz bo’lsangiz!
(hayratlanish). Sovqotib qolma, issiqroq yot (g’amxo’rlik). Kunning tig’ida nima
qilasan, bu erga kelib, salqinda o’tirsang-chi? (tashviq). Qo’rqqan bo’lsa kerak!
(gumon). Xatdan o’chir o’g’limni hozir! (g’azab, do’q). Yozuvda buyruq
gaplarning oxiriga ko’pincha undov belgisi, ohangiga qarab esa nuqta quyilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |