gaplar va bog’lovchisiz qo’shma gaplar.
BOG’LANGAN QO’ShMA GAPLAR
Teng munosabatdagi sodda gaplarning o’zaro teng bog’lovchilar yordamida
bog’lanishidan tuzilgan qo’shma gap bog’langan qo’shma gap deyiladi: Kechasi
qalin qor yog’di, lekin havo sovimadi.
Tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro mazmun munosabatiga ko’ra bog’langan
qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar:
Bunday bog’langan qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro va,
hamda bog’lovchilari, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog’lanadi va bir
paytda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea- hodisalarni ifodalaydi: Mashg’ulotlar
tugadi va hamma o’z joyiga tarqaldi. Odam qo’li tegdi-yu, tashlandiq erlar obod
bo’ldi. Qattiq izg’irin ko’tarildi-da, hech kim uydan chiqmay quydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |