Organik kimyo


-tajriba. Suyuqliklarning zichligi



Download 4,46 Mb.
bet31/78
Sana02.01.2022
Hajmi4,46 Mb.
#309809
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
organika labaratoriya

3-tajriba. Suyuqliklarning zichligi.

Ko’pincha suyuq moddalarni harakterlashda zichlik o’rniga fizikaviy konstantlardan biri bo’lgan solishtirma og’irlikdan foydalaniladi. Zichlik jism masssining xajmiga nisbatidir:



bunda t - massa gramm xisobida, V - xajm sm3 xisobida. Solishtirma og’irlik esa jism og’irligining xajmga nisbatidir:



bunda G - jism og’irligi gramm xisobi, V - xajm sm xisobida.

Jismning zichligi Er sharining qaerida aniqlanishiga bog’liq bo’lmay, solishtirma og’irlikni o’lchash esa Er sharining qaerida o’lchanishiga bog’liqdir.

Zichlik bilan solishtirma og’irlikning qiymati jismning erkin tushish tezligi 980,665 sm/sek2 ga teng bo’lgan joydagina bir-biriga to’g’ri keladi.

Amalda moddalar ko’pincha nisbiy zichligi bilan harakterlanadi, ma’lum xajmdagi jism massasining xuddi shunday xajmdagi 4°C li suv massasiga nisbati nisbiy zichlik deb ataladi.

Suyuqliklarning nisbiy zichligi aniqlashda piknometr, Mor tarozisi va turli areometrlardan foydalaniladi.

S
34-rasm
uyuqliklarning biror temperaturadagi, masalan 20°C dagi zichligini topish uchun piknometr avval suv bilan to’ldirilib tortiladi; so’ng tekshirilayotgan suyuqlik bilan to’ldirilib tortiladi va bo’sh piknometrning og’irligini xisobga olib, ularning og’irliklari topiladi. Zichlikni aniqlashda piknometr o’rnatilgan termostat temperaturasining aniqligiga katta ahamiyat berish kerak.

Odatda, moddaning nisbiy zichligini 4°C dagi suvning og’irligiga nisbatan xisoblash qabul qilingan, u taxminan 1g/sm3 tengdir.

Suvning 20°C dagi zichligi 0,998230 g/sm3 ga teng bo’lgani uchun nisbiy zichlik quyidagi formula bilan topiladi.

b unda — m — piknometrdagi moddaning 20°C dagi og’irligi: W - xuddi shuncha xajm suvning ayni temperaturadagi og’irligi.

Nisbiy zichlikni tez aniqlash maqsadida areometrlar ishlatiladi. Areometrning pastki qismi kengroq bo’lib, uning tagida pitra yoki maxsus massa joylashtirilgan bo’ladi (rasm, a, b) Uning ingichkaroq yuqori qismi darajalangan shkaladan iborat. Suyuqlikning nisbiy zichligi qanchalik kam bo’lsa, areometr shunchalik chuqo’rga botadi. Shuning uchun areometr shkalaning yuqori qismi eng kam nisbiy zichlikni ko’rsatadi.

Ba’zi areometrlar termometrli bo’lib, u nisbiy zichlik aniqlanayotgan vaqtdagi temperaturani ham ko’rsatib turadi.

Suyuqlik areometrning katta-kichikligiga qarab, mos silindrga areometr tushirilganda toshib ketmaydigan qilib quyiladi va suyuqlik yuzasiga to’g’ri kelgan areometr shkalasining darajasiga qarab uning nisbiy zichligi aniqlanadi.

Shuningdek, suyuqlikka kerakli harakteristikani beruvchi maxsus areometrlar ham bor. Masalan. Spirtning prosent miqdorini ko’rsatuvchi spirtometr, sutdagi moy miqdorini ko’rsatuvchi laktometr va boshqalar.




Download 4,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish