3-Mavzu: Organik birikmalarni sifat va miqdor analizi.
Ishdan maqsad: Tekshirilayotgan birikma tarkibida qanday elementlar (C, H, S, N) borligini sifat va miqdoriy analiz bo’yicha aniqlash.
Nazariy qism: Organik birikmalar tarkibini asosan uglerod, vodorod, kislorod hamda azot, galogen, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlar tashkil qiladi. Tekshirilayotgan birikma tarkibida qanday elementlar borligining aniqlanishiga sifat analizi deyiladi. Sifat analizida toza organik modda tarkibidagi elementlar (C, H, N, S, Cl va boshqalar) oksidlash, yondirish, parchalash yo’li bilan anorganik birikmalarga aylantirilib, so’ngra anorganik yoki analitik ximiya usullari bo’yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |