Organik kimyo



Download 388 Kb.
bet19/29
Sana30.08.2021
Hajmi388 Kb.
#159898
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
ORGANIK KIMYO -10 sinf

POLISAXARIDLAR
1. Osimlikning qurilish materiali va oziq zaxirasini qaysi uglevodlar tashkil etadi?

J: Polisaxaridlar

2. Oq rangli kukun modda, sovuq suvda, spirtda, efirda erimaydi, qaynoq suvda bo'kadi. Gap qaysi modda haqida?

J: Kraxmal

3. Kraxmalning qaynoq suvda bo'kib hosil qilgan kolloid eritmasi qanday ataladi?

J: Kleyster

4. Eng ko'p tarqalgan o'simlik uglevod qaysi?

J: Kraxmal

5. Bargdagi fotosintez jarayonida qaysi polisaxarid hosil bo'ladi?

J: Kraxmal

6. Kartoshka (1), makkajo'xori (2), bug'doy (3), guruchdagi (4) kraxmalning miqdorini aniqlang.

J: 1) 20%; 2) 70%; 3) 70%; 4) 80%

7. Kraxmalning qanday tuzilishli molekulalari bir necha ming bo'g'indan iborat bo'ladi?

J: Tarmoqlangan tuzilishida

8. Kraxmalning qanday tuzilishli molekulalari bir necha yuz bo'g'indan iborat bo'ladi?

J: Chiziqli tuzilishga ega bo'lgani

9. Kraxmal tarkibidagi glyukoza molekulalarining poluatsetal guruhi halqa tekisligiga nisbatan qanday joylashadi?

J: Halqa tekisligining ostida joylashadi, ya’ni α-glyukoza bo'ladi

10. Kraxmal gidrolizi mahsulotlarini bosqichma-bosqich ko'rsating.

J: Kraxmal→dekstrin—>maltoza-→glyukoza

11. Sanoatda glyukoza nimadan olinadi?

J: Kraxmal gidrolizidan

12. Kraxmal uchun reaktiv nima?

J: J2. Kraxmal ko'karadi.

13. Kolbasa tayyorlashda, gazlamalarni ohorlashda ishlatiladigan uglevod qaysi?

J: Kraxmal

14. Klechatka nomi bilan ham ataluvchi modda ...

J: Sellyuloza

15. Oq, qattiq, tolasimon modda, ta’msiz va hidsiz, suvda va organik erituvchilarda erimaydi, Shveyser reaktivining faqat to'q zangori eritmasida eriydi. Gap qaysi modda haqida?

J: Sellyuloza

16. Eng toza sellyuloza nima?

J: Paxta tolasi

17. Sellyulozaning yog'och (1), paxta tolasi (2), jut ildizidagi (3 ) miqdorini ko'rsating.

J: 1) 50%; 2) 98%; 3) 75%

18. Filtr qog'ozi qaysi uglevoddan yasaladi?

J: Sellyulozadan

19. Sellyuloza polimeri tarkibidagi bo'g'inlarning maksimal soni...

J: 40000


20. Sellyulozaga tegishli xususiyatlarni toping.

J: Faqat (3-glyukozadan iborat, faqat chiziqli tuzilishga ega

21. Polisaxaridlar gidrolizi qanday muhitda boradi?

J: Kislotali; suyultirilgan kislotalar ishlatiladi

22. Yog'ochdan olinuvchi etanol qanday ataladi?

J: Gidroliz spirti

23. 700 kg dondan olinadigan spirtni qancha miqdordagi yog'och va kartoshkadan olish mumkin?

J: 1 t yog'och va 1,5 tonna kartoshkadan

24. Sellyuloza har bir bo'g'inida nechta gidroksoguruh tutadi?

J: 3ta


25. Piroksilin nima?

J: Trinitrosellyuloza

26. Tutunsiz porox tayyorlashda ishlatiladigan murakkab e f ir ...

J: Piroksilin

27. Sun'iy atsetat tolalar qaysi efirlardan olinadi?

J: Diatsetatsellyuloza va triatsetatsellyulozadan

28. Sun’iy tolalar qanday olinadi?

J : Tabiiy tolalarni qayta ishlab

29. Sintetik tolalar qanday hosil qilinadi?

J: Sintetik materiallardan

30. Sun’iy atsetat tolalarining kamchligi nimada?

J: Gigroskopikligi yuqoriroq va elektrostatik yig'uvcharlik mavjud

31. Sellyuloza parchalanganida hosil boladigan moddalam sanang.

J: Yog'och ko‘miri (pista ko'miri), suv. metanol, sirka kislota, atseton

32. Lonitlar va tibbiyot kollodiysi olishda ishlatiladigan uglevod qaysi?

J: Sellyuloza

33. Polisaxaridlar tarkibida monosaxaridlar o’zaro ... bog'langan.

J: Efir bog‘lari orqali

34. Agar polisaxarid gidrolizlanganida faqat bir xil monosaxarid hosil bo'lsa, bunday polisaxaridlar umumiy nom bilan qanday ataladi?

J: Gomopolisaxarid

35. Agar polisaxarid gidrolizlanganida turli xil monosaxaridlar hosil bo'lsa, polisaxarid nima deyiladi?

J: Geteropolisaxarid

36. Gomopolisaxaridlarga nimalar kiradi?

J: Kraxmal va sellyuloza

37. Geteropolisaxaridlarga misol keltiring.

J: Gemisellyuloza

38. Kartoshka (1), guruch (2), makkajo'xori (3), bug'doydagi (4) kraxmalning ulushlarini toping.

J: 1) 20%; 2) 80%; 3) 70%; 4) 70%

39. Kraxmal issiq suvda erib, ... hosil qiladi.

J: Kleyster

40. Kraxmal gidrolizini kim kashf etgan?

J: R.Kirxgof (1814-yili)

41. Kraxmal gidrolizida hosil bo'ladigan moddalami bosqichma -bosqich ko'rsating.

J: Kraxmal→dekstrin→maltoza→glyukoza

42. Kraxmalning necha foizi amilaza fermentini hosil qiladi?

J: 20 - 30%

43. Kraxmal qanday moddalami hosil qilishi mumkin?

J: Amilaza va amilopektin

44. Amilopektin yod bilan qanday rang £>aydo qiladi?

J: Qizg'ish

45. Amilaza nechta glyukoza molekulalaridan tashkil topgan?

J: 1000-6000 ta

46. Amilazada glyukoza molekulalari... holda bog'langan bo'ladi.

J: Chiziqslmon

47. Amilopektinning amilazadan farqi nima?

J: Glyukozalar tarmoqlangan bo'ladi (u fosfat kislota efiridir)

48. Sovutilgan kraxmal kleystreriga J2 eritmasi qo'shilsa, (1). . eritma qizdirilsa (2) . . .

J: 1) eritma ko'karadi; 2) rang yo'qoladi

49. Kraxmal bilan bir xil tarkibli modda ...

J: Glikogen

50. Patoka nima?

J: Dekstrinning glyukoza bilan aralashmasi

51. Patoka qanday hosil bo'ladi?

J: Kraxmal chala gidrolizlanganida

52. Sellyuloza yog'ochda qancha miqdorda uchraydi?

J: 40-60%

53. Qog'oz ishlab chiqarishda yog'och qipiqlari nima bilan ishlanadi?

J: Ca(HSO3)2

54. Sellyuloza uchun erituvchi qaysi?

J: Shveyser reaktivi

55. Sellyulozaning kraxmaldan farqi nimada?

J: β-glyukozalardan tuzilgan, glyukozalar ham chiziqsimon, ham tarmoqlangan bo'ladi

56. Sellyulozaning har bir p-glyukozasida nechta reaksion markaz mavjud?

J: 3 ta


57. Kolloksilin nima?

J: Mononitrosellyuloza va dinitrosellyuloza aralashmasi

58. Piroksilin nima?

J: Trinitrosellyuloza

59. Tutunsiz porox tayyorlashda ishlatiladigan murakkab efir qaysi?

J: Piroksilin

60. Sellyuloid qanday tayyorlanadi?

J: Kolloksilin, spirt, kamforani aralashtirib

61. Asetat ipagi olishda foydalaniladigan murakkab efirlar qaysilar?

J: Diatsetilsellyuloza va triatsetilsellyuloza

62. Sellyuloza ksantogenati tarkibidagi S atomlarining gibridla-shi qanday?

J: sp2va sp3

63. Viskoza eritmasidan hosil qilingan plyonka ... deyiladi.

J: Sellofan

64. 1 tonna yog'ochdan qancha spirt olish mumkin?

J: 200 l


65. Yog'ochni pirolizlaganda hosil bo'ladigan moddalami ko'rsating.

J: Pista ko'mir, CH4, CH3OH, CH3COOH, atseton

66. Ultrabinafsha nurlarini o'tkazuvchi organik shishalar ishlab chiqarishda qaysi murakkab efir qo'llaniladi?

J: Atsetilsellyuloza



AMINLAR
1. Ammiakdagi 2 ta vodorod atomining uglevodorod radikalteriga almashinishidan hosil bo'lgan murakkab moddalar nima deyiladi?

J: Aminlar

2. Birlamchi aminda radikalga almashingan H atomlari soni ayting.

J: 1 ta


3. Ammiakdagi barcha vodorod atomlari radikallarga almashingan moddalar umumiy nom bilan qanday ataladi?

J: Uchlamchi aminlar

4. Uglevodorod radikaliga qarab aminobirikmalarning toifalarin ko'rsating.

J: Alifatik, alisiklik, aromatik, geterosiklik birikmalar

5. ... organik asoslardir.

J: Aminlar

6. Organik qutbli molekulali modda nima?

J: Aminlar

7. Ammiak, anilin, metilamin. Ushbu moddalarni asoslik kuchi ortib borish tartibida joylashtiring.

J: Anilin, ammiak, metilamin

8. Alifatik aminlarning ammiakka qaraganda kuchii asoslik xossasini namoyon qilishiga sabab nima?

J: Ulardagi induksion effekt

9. Aromatik (1) va alifatik (2) amihlarda rad kallar soni ortib borishi bilan asoslik xossalari qanday o'zgaradi?

J: (1) kamayadi; (2) ortadi

10. .Aminlarning suvdagi eritmalarida muhit qanday bo'ladi?

J: Ishqoriy

11. Aminlar suvda eriganida qanday ionlar hosil bo'ladi?

J: Alkilammoniy va gidroksil

12. Etilaminning suvdagi eritmasida fenolftalein qanday rangga kiradi?

J: Pushti

13. Rangsiz, moysimon, o'ziga xos hidli, suvda kam eruvchan modda. Kuchli zahar, oksidlanishi natijasida havoda qorayib qoladi, suv bilan ta’sirtashmaydi, indikator rangini o'zgartirmaydi. Gap qaysi modda ustida ketmoqda?

J: Anilin

14. Anilinda manfiy induksion ta'sirga ega qism ...

J: Fenil radikali

15. Anilinga bromli suvning ta’siri natijasida hosil bo'ladigan moddani aniqlang.

J: Tribromanilin; u oq rangli cho'kma

16. Anilin uchun reaktivlarni aniqlang.

J: Bromli suv; xlorli ohak; K2Cr2O7

17. Anilin qaysi reaktiv bilan binafsharang paydo qiladi?

J: Xlorli ohak bilan

18. Qora anilin qachon hosil bo'ladi?

J: K2Cr2O7 , bilan sulfat kislota muhitida reaksiyasida

19. Anilinning qaysi oksidlanish mahsuloti sovun va yorug'lik ta’siriga chidamliligi uchun mo'ynalarni bo'yashda ishlatiladi?

J: Qora anilin

20. Laboratoriyada anilinni qaytarishda ishlatiladigan moddalar juftini aniqlang.

J: Fe + HCI




Download 388 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish