MURAKKAB EFIRLAR
1. Karbon kislotalarining karboksil guruhidagi vodorodning radikalga almashinishidan qanday moddalar hosil bo'ladi?
J: Murakkab efirlar
2. Nok hidi keladigan moddani ayting.
J: Sirkaizoamil efiri
3. Moy etil efiridan qanday hid keladi?
J: Ananas hidi
4. Feniletilformiat efiridan qanday hid keladi?
J: Xrizantema hidi
5. Olma hidini beradigan murakkab efirni aniqlang.
J: Izovelerian izoamil efiri
6. Meva va gullarning yoqimli hidlari asosini qanday moddalar tashkil etadi?
J: Murakkab efirlar
7. Yuqori bir atomli spirtlar va yuqori monokarbon kislotalar eflrlari qanday moddalarni hosil qiladi?
J: Mum va spermetset
8. Moddalarni organik erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni nima deyiladi?
J: Ekstraksiya
9. Murakkab efirlar qaytmas gidrolizga qanday uchratiladi?
J: Ishqor qo'shish bilan
10. Gullardagi xushbo'y hid beruvchi moddalarni ajratib olishda qanday moddalardan foydalaniladi?
J: Yog' va moylardan
11. Yog‘-moylarning aniq suyuqlanish darajasiga ega bo'lmasligiga sabab nima?
J: Ularning tarkibi doimiy bo'lmasligi
12. Sovunlar qachon paydo bo'lgan?
J: XVIII asrda
13. Hozirda sovun ishlab chiqarishda foydalaniladigan karbon kislotalar nimadan olinadi?
J: Parafindan
14. Hozir ishlab chiqarilayotgan deyarli hamma yuvuvchi kukunlarning asosiy tarkibi... iborat.
J: Alkilsulfatlardan
15. Sintetik yuvish vositalarining asosiy kamqhiligi nimada?
J: Yuvgandan keyin ularning parchalanmasligida
16. Karbon kislotalardagi karboksil guruh vodorodining radikalga almashinishidan qanday birikmalar hosil bo'ladi?
J: Murakkab efirlar
17. Eterefikatsiya reaksiyasida katalizator sifatida qaysi modda ishlatiladi?
J: Sulfat kislota
18. Eterefikatsiya reaksiyasida qanday moddalar qatnashadi?
J: Karbon kislota va spirtlar
19. Eterefikatsiya reaksiyasida spirtdan (1) va kislotadan (2) ketadi.
J: 1) H; 2) OH
20. Agar eterefikatsiya reaksiyasida kislota o'mida anorganik kislotalar ishlatilsa, OH nimadan hosil bo'ladi?
J: Spirtdan
21. Murakkab eriflarda vodorod bog' bormi?
J: Yo'q
22. Nok hidi qaysi efirdan keladi?
J: Sirka kislotaning izopentil efiridan
23. Izoamil atsetatdan qanday hid keladi?
J: Nok hidi
24. Moy kislotaning butil efiridan qanday hid keladi?
J: Ananas hidi
25. Jasmin hidi qaysi ikki modda reaksiyasidan paydo bo'ladi?
J: Benzil spirtning sirka kislota bilan reaksiyasidan
26. Chumoli amil efiridan qanday hid keladi?
J: Olcha hidi
27. Etilformiatdan qanday hid keladi?
J: Rom hidi
28. Sirkaamil efiridan qanday hid keladi?
J: Banan hidi
29. Moyetil efiridan qanday hid keladi?
J: O‘rik
30. Izovalerianetil efiridan keladigan hidni toping.
J: Olma hidi
31. Murakkab efirlar gidrolizi necha xil bo'ladi?
J: 2 xil: kislotali va ishqoriy muhitdagi gidroliz
32. Qaysi muhitdagi gidroliz qaytmas bo'ladi?
J: Ishqoriy
33. Murakkab efirlaming ammonoliz reaksiyasidan qanday birikmalar hosil bo'ladi?
J: Kislota amidlari
34. Qachon murakkab efirlardan yangi murakkab efir va spirt hosil bo'ladi?
J: Efirga spirt ta’sir ettirilganida
35. Murakkab efirga nisbatan mo'l miqdorda olingan magniy organik birikmaning o'zaro reaksiyasidan olinadigan oxirgi mahsulot nima?
J: Uchlamchi spirt
36. Murakkab efirlar yuqori bosim ostida Ni katalizatori bilan gidrogenlanganida nima hosil bo'ladi?
J: Spirtlar
37. Yuqori molekulyar yog' kislotalarning yuqori molekulyar spirtlar bilan ta’siridan olinadigan mahsulotlar umumiy nom bilan qanday ataladi?
J: Mumlar
38. Mirisil spirt tarkibini ko'rsating.
J: С16Н63ОН
YOG'LAR
1. Gidrolizlanganida yuqori karbon kislotalar va glitserin hosil qiladigan moddalar nima deyiladi?
J: Yog'lar
2. Yog'lar yana qanday ataladi?
J: Triglitseridlar
3. Qattiq yog'lar hosil qiladigan karbon kislotalarni ayting.
J: Miristin, palmitin, sterarin, araxon, lignotserin kislotalar
4. Suyuq moylar hosil qiladigan karbon kislotalarni aniqlang
J: Palmitoolein, olein, linol, linolein, araxidon
5. Yog'larni erituvchi moddalar...
J: CS2, CCl4
6. Kungaboqar, zig'ir va soyada ... bo'ladi.
J: Moylar
7. Yog'larni gidrogenlash usulini kim yaratgan?
J: S.A.Fokin
8. Gidrogenlashdan olingan qattiq sun’iy yog' nima deyiladi?
J: Salomas
9. Yod soni nima?
J: Moyning to'yinmaganlik darajasi bo'lib, 100 gr moyga birikadigan yodning gramlar miqdori bilan ifodalangan qiymat
10. Yog' molekulasidagi qo'shbog'lar qanday topiladi?
J: Yod sonini topish orqali
11. «Gidrolizlanish soni»ga ta’rif bering.
J: 1 gr yog'ning glitserin va sovunga parchalanishi uchun sarflangan KOH ning milligramdagi miqdori
12. Yog'lar gidrolizi necha xil bo'ladi?
J: 2 xil: ishqoriy muhitda qaytar, kislotali muhitda qaytmas bo'ladi
13. Yog'larning gidrolizi... deb ham yuritiladi.
J: Sovunlanish
14. Yog‘lami gidrolizlashda katalizatorlar qo'llashdan maqsad nima?
J: Katalizatorlar yog'larni emulsiyalanadigan qilib qo‘yadi
15. Ferermentlar yordamida gidrolizlash qaysi ferment ishtirokida bo'ladi?
J: Lipaza
16. Kanakunjut va qoramolning qorin ostidan olinadigan ferment qaysi?
J: Lipaza
17. Yog‘ning taxirlanishiga sabab nima?
J: Yorug'lik nuri, havo kislorodi
18. Moylaming taxirlanishi asosida yotadigan jarayonlar qaysilar?
J: Gidrolizlanish va oksidlanish
19. Moylarning qotishini tezlatish uchua ularga ... qo'shiladi.
J: Sikkativiar
20. Sikkativlar nima sifatida qo'llaniladi?
J: Katalizatorlar
21. Sikkativlar sifatida ishlatiladigan birikmalar...
J: Surik (Pb3O4) va marganes tuzlari
22. To'yinmagan uglevodorodlar sulfobirikmasining natriyli tuzlari ... deyiladi.
J: Alkilsulfonatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |