(Izoh:dasturlar va tadbirlarni rejalashtirish va o’tkazilishi muassasada joylashgan etnik va maktabdagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga asoslanadi.)
5-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar Yangi muhitga moslashish davridagi xavotirlanishni aniqlash so’rovnomasi
“Beshinchi sinf o’quvchisi bo’lish osonmi?” trening mashg’uloti
“Farzandim endi 5-sinfda” ota-onalar yig’ilishi
“Siz farzandingizni bilasizmi?” so’rovnomasi
“O’zimizdagi his-tuyg’ularni anglash va xavfsiz namoyon qilishni o’rganamiz” trening mashg’uloti
“Oila rasmi” metodikasi.
O’z xarakterimizni chizamiz.
Bolalarda agressiv xulq-atvor psixologik korreksiyasi.
6-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar “Kaktus” metodikasi
“Mavjud bo’lmagan hayvon” proyektiv metodikasi
“O’zini anglash, pragnoz qilish hamda qiyinchiliklarni yengib o’tish qobiliyatini rivojlantirish” trening mashg’uloti
“Ijobiy tarbiya tamoyillari” ota-onalar yig’ilishi
“Oila rasmi” metodikasi.
“O’zimizdagi his-tuyg’ularni anglash va xavfsiz namoyon qilishni o’rganamiz” trening mashg’uloti
7-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar O’quvchilarning o’ziga bo’lgan ishonchini tiklash bo’yicha treninglar
“Mavjud bo’lmagan hayvon” proyektiv metodikasi
Ijobiy tarbiya tamoyillari, ota-onalar yig’ilishi
“Avtoportret” proyektiv metodikasi
5-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar
Yangi muhitga moslashish davridagi xavotirlanishni aniqlash 5-sinfga o’tish davri bilan bog’liq bo’lgan xavotirlanishni boshidan kechirayotgan o’quvchilarni qanday aniqlash mumkin? Buning uchun bir nechta metodikalar (Filipsning “Maktabdagi xavotirlanish testi”, Spilbergning “O’z-o’zini baholash shkalasi”, Teylorning “Xavotirlanish paydo bo’lishining shaxsiy shkalasi”) mavjud. Ushbu testlar bolalarning maktabdagi turli vaziyatlarda stress xolatiga tushishini aniqlash imkonini beradi.
o’qituvchi bilan munosabatlardagi qo’rquv va muammolar.
Ko’p hollarda “bilimni tekshirish oldidagi qo’rquv”, “o’zini namoyon qilishdan qo’rqish”, “atrofdagilarning ishonchini oqlay olmaslik qo’rquvi” xavotirlikning yetakchi parametrlari hisoblanadi.
Quyidagi 5-sinf o’quvchilarining moslashuv davrida kuzatiladigan xavotirlik darajasini tez va holisona aniqlaydigan ekspress metodikani ikki marta: oktyabr va yanvar oylarida o’tkazish taklif etiladi. Bu maktab amaliyotchi psixologiga o’quvchilarda xavotirlik darajasining o’sishi va pasayishini kuzatish imkonini beradi. Bu ma’lumotlarni o’quvchilar bilan korreksion mashg’ulotlar o’tkazilayotganda hisobga olish lozim, chunki xavotirlikning me’yor darajasi ruhiy faoliyatni safarbarlashtiradi, yuqori darajasi esa shaxslararo munosabatlarga va ta’lim olishga to’sqinlik qiladi.
Bolalarga oxirgi paytda kayfiyatlaridagi o’zgarishlarni baholash taklif etiladi. Ijobiy tasdiq faqatgina o’zgarish ro’y bergan bo’lsa qabul qilinadi. Masalan, bola ilgari tez charchagan va hozir ham huddi shunday tez yoki kamroq charchayotgan bo’lsa, u holda bu “yo’q” javobidir.
Taklif etilgan har bir tasdiqni “Oxirgi paytda…....” jumlasidan boshlash kerak.