3. Asosiy qism.
“4-sinf bilan xayrlashish” mashqi.
Bu mashg’ulotni bajarish jarayonida bolalar boshlang’ich sinfda o’qiyotganlarida ro’y bergan yoqimli lahzalarni, biror bir yutuqqa erishgan vaqtlarini eslaydilar.
Psixolog: “Bugun men sizlarga boshlang’ich maktabda nima yodingizda qolgan bo’lsa, barchasini eslashingizni tavsiya qilaman. O’zingizni qulay va xotirjam his qilishingiz uchun, o’tmishingizdan, ya’ni boshlang’ich sinflardagi eng yorqin lahzalarning qaysilarini o’zingiz bilan olgan bo’lardingiz? Qulay o’tirib oling, o’zingizni bo’sh qo’yib, ko’zlaringizni yuming, nafas olishingizni tinglang. (Keyin past ovozda, bir o’quvchiga murojaat qiling).
- Birinchi sinfga kelgan kuningni esla: sen yaxshi kiyingansan, qo’lingda gullar bor, xursand va bir oz xavotirdasan, lekin shunga qaramay o’zingni xaqiqatda ulg’aygandek his qilyapsan. Birinchi qo’ng’iroq chalindi. To’rt yil o’qishing kerak bo’lgan sinfga kirasan. Sinf xonasi qanday? Unda nima borligini esla. Atrofingda notanish bolalar, orasida sening bo’lajak do’stlaring ham bor. O’tirish uchun qaysi partani tanlaganingni esla. Partang sinfni qaerida joylashgan edi? Birinchi daftaring va alifboingni, va albatta o’qituvchingdan olgan birinchi maqtovingni esla., senga ko’pincha yordam beradigan birinchi do’stingni esla, u kim edi? Boshlang’ich maktabda o’qigan vaqtingda qanday yutuqqa erishganingni, o’zingni qanday vaziyatda qat’iyatli, kuchli deb bilgansan, eng quvonchli va qiziqarli damlar qachon bo’lgan? Bu qandaydir bayram tadbiridami yoki do’stlaring bilan sayyohatga chiqqaningdami, yoki bo’lmasa biror bir vazifani a’lo darajada bajarganingdami? Balki ota-onalar majlisidan so’ng oying seni erishgan yutuqlaring, yaxshi baholaring uchun maqtaganidami? Ana shunday vaqtlarda nimani his qilgansan? Esladingmi? Endi esa sekin-asta ortga qayt. Sen yana bu yerda, sinfdasan, sekin asta ko’zlaringni och....”
O’quvchilarga “5-sinfga o’tganingdan so’ng, hayotingda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?” so’rovnoma savollariga javob berish tavsiya etiladi. (1-ilovaga qarang).
“Meni nima xavotirlantiradi?” mashqi.
Sinf xonasining devorlariga “ha”, “yo’q”, “ba’zida” javoblari yozilgan tablichkalar osiladi. Bolalarga tasdiqlarni tinglab, o’ylab ko’rib, kerakli javob yozilgan tablichka oldiga borib turish tavsiya etiladi.
Psixolog tasdiqlarni o’qiydi:
Men o’zimning o’zlashtirishimdan bezovta bo’laman.
Men yozma nazoratlar oldidan va ularni yozish vaqtida qattiq hayajonlanaman.
Ko’pincha boshim yoki qornim og’riydi.
Diqqatimni jamlashga qiynalaman.
Qarorlar qabul qilishga qiynalaman.
Ba’zida yangi odamlar bilan tanishishdan o’zimni tortaman.
Boshqalar menga bosim o’tkazayotganini his qilaman.
Kechasi har doim ham yaxshi uxlay olmayman.
O’ylashimcha, men haddan ziyod ko’p xavotirlanaman.
Kattalar mendan juda ko’p narsa kutishadi.
Xato qilib qo’yishdan qo’rqaman.
Psixolog: “Muammolaringiz o’xshashmi? Javoblaringiz orasida bir –biriga o’xshashi bormi?” (bolalar javoblarini o’qiydilar, taqqoslaydilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |