Maqsad: jismonan yaqinlik ruhiy yaqinlikni shakllantirish, diqqat va reaksiyani rivojlantirish.
Kerakli resurslar: 1 ta stul va 1 ta ruchka.
Jarayon: ishtirokchilardan ikkita teng guruhlar shakllantiriladi. Alohida har bir guruh bir qator bo‘lib saflanishadi. Ishtirokchilar bir birlarini qo‘llarini ushlab olishlari kerak. Qator oxirida turgan ishtirokchi o‘zidan oldingi ishtirokchini qo‘lini engil siqish orqali keyingi ishtirokchiga impuls beradi va bu impuls shu tarzda qator boshiga etib kelishi kerak. Impuls etib kelgandagina qator boshidagi ishtirokchi ikkita guruhning o‘rtasiga stul ustiga qo‘yilgan ruchkani olishi lozim. Qaysi bir jamoaning impulse birinchi etib kelib uning boshidagi ishtirokchi ruchkani olishga ulgursa o‘sha ishtirokchi o‘z jamoasi qatorining oxiriga borib turib impuls beruvchi vazifasiga o‘tadi. O‘yin qaysidir bir jamoaning birinchi impulsni berib boshlagan ishtirokchisiga qaytib navbat kelgunigacha davom etadi. Va o‘sha jamao g‘olib sanaladi.
2-sessiya. Asosiy qism
“manzil aniq, lekin qanday boramiz” mashqi
Maqsad: jamoaviylikni shakllantirish va rivojlantirish, ozaro tushunish orqali maqsad sari intilish ko‘nikmasiini mashqlantirish.
Kerakli resurslar: 15-20metr arqon.
Jarayon: ishtirokchilardan doira shaklini hosil qilib, iloji boricha bir birlariga yaqin turib olishlari va barcha ishtirokchilar ikki qo‘llari bilan quloqlarini ushlab turishlari so‘raladi. Shundan so‘ng trener ularni arqon bilan aylantirib, iloji boricha bir biriga jips holatda (jismonan ziyon etkazmaydigan darajada) siqib bog‘laydi. Bog‘lab bo‘lgach, trening bo‘layotgan joy kengligiga qarab ulardan 10-20 metr nariga borib turadi. Endi ishtirokchilar trenerning yonigacha shu holatda birgalikda kelishlarini lozim. Ishtirokchilardan birgalikda yurib kelayotganlarida, ratsional va ijodkorona yondoshishlarini so‘rash ham mumkin.
Moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning inson hayotidagi o’rni (mini ma’ruza)
Ehtiyoj turlari haqida abraham maslou konsepsiyasi. Olimlarning fikricha, har qanday motivasiyaning asosida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj – bu individning rivojlanishi va faol darajada o’zini namoyon qilishining sharoitlarga bog’liq bo’lgan omilidir. Ehtiyojlar quyidagicha farqlanadi: biologik; fiziologik; psixologik; ijtimoiy. Rus olimi r. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 1. Biologik ehtiyojlar — bu — fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari. 2. Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiyma’naviy ehtiyojlar. Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo’ladi, ya’ni, ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi xashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so’rasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan-da.
”ovozsiz qurilish” mashqi
Do'stlaringiz bilan baham: |