II.2.O’quvchilarni insho yozishga tayyorlash.
O`quvchilarni insho yozishga tayyorlash ishi sinfda alohida darslar uyushtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. O`quvchilar bu darslarda o`zlari mustaqul amalga oshiriladigan ishlarni o`rtoqlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Ishni bajarishda qiynalsalar, o`qituvchi ularga ko`maklashadi.
Sinfda tashkil etiladigan tayyorgarlik darsi aniq va qiziqarli mavzu asosida uyushtiriladi. Shundagina, bu dars o`quvchilarda insho ustida ishlash ko`nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O`quvchilar inshoga nisbatan qo`yiladigan talablarni bilishlari kerak. Metodik adabiyotlarda va ”Ona tili” darsligida insho yozish uchun o`quvhcilarga bir qator zarur maslahatlar berilgan, jumladan:
insho mavzusini puxta o`ylash, nimalar haqida yozishni aniqlab olish, mavzuga oid so`zlar tanlash;
inshoning asosiy mazmunini, shu mazmunni yoritish uchun nimalar haqida va qanday yozishni o`ylab olish, inshoning rejasini tuzish;
inshoning tiliga, fikrning yaxshi ifodalanganligiga e’tibor berish, zarur o`rinlarga tuzatish kiritish;
yozgan inshoni oqqa ko`chirish.
Insho murakkab ijodiy ish bo`lganligi uchun ham u o`quchidan zarur bilim hamda ko`nikma va malakalarni talab etadi.
Birinchi yo`nalish ona tilidan deyarli barcha mashg`ulotlarda amalga oshiriladi. O`quvchilar o`rganilayotgan til hodisasini amalda tadbiq etgan holda ijodiy matnlar yaratar ekanlar.
Ikkinchi yo`nalish ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratiladigan maxsus soatlardir. Biz ijodiy yozma ish ustida ishlash usullarini morfologiya o`rganilgandan keyin kiritishni maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Ma’lumki, maktabda o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan muhim kamchiliklar, asosan, mavzudan chetga chiqish, ya’ni uning haddan tashqari qisqa yoki, aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir.
Inshoga tayyorgarlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo`linadi:
material yig`ish, ya’ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko`rib chiqish, kinofilm, spektaklni ko`rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o`qish;
mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, ya’ni suhbat, muhokama qilish zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug`at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo.
inshoni nutqiy shakllantirish, ya’ni insho matnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni to`g`rilash va uni tekshirish.
Insho yozish uchun 2- sinfda odatda, bir dars, zarur bo`lib qolsa ikkinchi darsdan 15-20 daqiqa, 3-4 sinflarda bir yarim yoki ikki dar, ayrim vaqtlarda ikki yarim darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlil va xatolar ustida ishlash uchun 20-25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi.
O`qituvchi har bir insho turi uchun o`quv vazifasini belgilab oladi. Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidgi vazifalar belgilab olinadi:
o`quvchilarni inshoning yangi turi bo`lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish;
rasmli reja asosida matn rejasini tuzish;
reja q9ismlariga mos ravishda matnni xatboshilarga bo`lish va har birini xatboshidan yozish;
insho matnini mustaqil tekshirish, uni takomillashtirish.
O`quvchilarning mustaqil darahasi o`sib borgani sayin, inshoga talab ham orta boradi17.
Do'stlaringiz bilan baham: |