IIBob.3-sinfda o’quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o’rgatish.
Insho mavzusi – insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi `oqituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog`liq.
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og`zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol o`ynaydi.
O`quvchilarni 1-sinfdan boshlab mavzu tanlay bilish, uning ustida ishlay bilish, yoziladigan inshoda fikrni bayon etishda har bir so`z, ibora haqida o`ylashga o`rgatish kerak. Chunki mavzu ustida fikr yuritish bilan insho ustida ishlash ham oshlanadi. Mavzularning bir-biridan farqini his etish ularni qiyoslashga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda qiyoslash soda mavzularni tanlashdan boshlanadi.
O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahopr havosi haqida, ona qishlog`i haqida, qo`rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar.
Maktab o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan nuqsonlardan biri mavzudan chetga chiqish, ya’ni uning haddan ziyod qisqa, yoki aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir. Aslida insho uchun aniq chegaralangan mavzular tanlanishi o`rinlidir.Masalan,“Mening gulzorim”,“Yozgi ta’tilning bir kunida”, “Biinchi qo`ng`iro”,“Matematika darsida”,“Sevimli o`qituvchim” va boshqalar.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, avvalmaterial tanlash, keyin shu yig`ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin.
Mavzu zaminida inshoning asosiy mazmuni yotadi. O`quvchilar u haqida aniq tasavvurga ega bo`lsalargina, inshoni talabga javob beradigan darajada yozishlari mumkin. Bunda mavzuning juda aniq bo`lishi muhim rol o`ynaydi. Puxta o`ylab tanlangan mavzu o`quvchilarning unga mos material tanlashlari va bu materiallarni izchillikda yoritishlari uchun yo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Odatda, adabiy mavzulardagi insho uch qismdan – kirish, asosiy qism, xulosadan iborat bo`lib, reja asosida yoziladi.
Inshoning kirish qismida, odatda voqea yuz berggan davr, asarning yaratilishi, mavzusi, yozuvchi ijodida tutgan o`rni to`g`risida qisqacha ma’lumot beriladi.
Inshoning ikkinchi, asosiy qismida mavzu bo`yicha to`plangan materiallar ifodalanadi.
Inshoning xulosa qismida odatda, qoida bo`yicha, asosiy qismida bayon etilsa fikrlar umumlashtiriladi, shaxsiy xulosa bayon etiladi. Xulosa qismining mazmuni, insho mazmuniga qarab turlicha bo`ladi. Masalan, agar insho adabiy xarakterda bo`lsa, xulosa qismida obrazlarning tipikligi, yozuvchi ijodining ahamiyati, yozuvchining adabiyot rivojidagi roli haqida so`z yuritiladi.
Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yopritish, `oz inshosini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari texnik vazifalar ham amalga oshiriladi, ta’ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, husnixat va hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.
1-4 sinflardagi bayon va insho ta’limiy xarakterga ega bo`lib, o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi13.Bu sinflarda o`quvchilar mazmuni o`zlashtirilgan ertak, hikoya bo`yicha bayon, hayotiy tajribalar va rasmlar asosida kichik hajmda insho yozadilar.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish insho mavzusi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Xususan, ularda insho yozish malakasi rivojlanishi uchun qulay, mazmunli, soda mavzu tanlash talab qilinadi.
Bundan tashqari kelajak haqidagi “Kim bo`lishni xohlayman” mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. O`quchilar ushbu mavzu asosida insho yozganlarida kimga havas qilishlari, kim bo`lmoqchi ekanliklari v anima uchun shu sohaga yoki shu kasbga qiziqishlari, bu kasbni tanlashda kim havas uyg`otgani, bu kasbning foydali jihatlari haqida to`lib-toshib hikoya qiladilar.
Xullas, mavzu inshoda yoritilgan gikrlarga muvofiq kelishi va uning mazmunini to`la qamrab olishi lozim. Hech vaqt kuzning shirin-shakar mevalari haqida fikr yuritib, “Qovun pishdi”, “Polizda” deb sarlavha qo`yilmaydi. U albatta, “Kuz saxovati”, “Kuz ne’matlari” kabi nomlar bilan atalishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |