3-sinfda insho yozishga o’rganilishining hozirgi xolati.
O’zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to’g’risida” gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli vositalari hamda prinsiplarini tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylanadi. Ta’lim To’g’risidagi qonunning maqsadi, ushbu qonun fuqarolarga ta’lim - tarbiya berish, kasb- hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Milliy dasturning maqsadi, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqidlardan to’la xalos etish, rivojlangna demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malaka kadrlar tayyorlash milliy tizimi yaratishdir.
Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, yoshlarni nafaqat ona tili ta’limi balki boshqa fanlar doirasidan ham mustaqil, erkin fikrlashga o’rgatib borish hozirgi davr talabadir.
Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanish, dunyoqarashi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarini o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotidagi turli yangiliklarning kirib kelishi ta’lim sohasidan ham bir qator o’rganishlar qilinishini taqazo etadi. Boshlang’ich sinflarda bolaning zehnini o’stirish zehnini o’stirishga qaratilgan ishlar bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Avvalo ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Muallimlar bolada o’qish motivlarini hosil qilishga intilishlari va uni o’stirishlari kerak. Motivlar o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini oson egallashlariga yordam beradi.
Maktablarda olib borilgan kuzatishlar bizni shunday xulosaga olib keladiki ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarga insho yozishga o’rgatishda Ta’limiy o’yinlarni qo’llash muayyan izchillik kasb etmagan. O’qituvchilarni amaliyotda o’quvchilar so’z boyligini oshirishda so’zni to’g’ri va o’rinli ishlatish malakalarini kelib chiqib fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri ravon ifodalashga xizmat qiladigan o’yinalrda yetarli foydalanmayapti7.
Ona tili ta’limining mazmunini qiyinlashtiegan foydasiz nazariy materiallarni qisqartirib, ularning o’rniga imlo, talaffuz nutq bilan bo’liq zarur materiallarni kiritishdir. Bu amaldagi mavjud ta’lim mazmunini yangilashni toqazo etadi. Ona tilidan ta’lim mazmunini yangilash – bu tilning qurilishi, vositalari yoki atamalarini o’zgartirish emas, balki til boyliklaridan amaliy foydlana olish imkoniyalarini kengaytirshga xizmat qiladigan bilimlarni berish hamdir8.
Maktabda til hodisalarini alohida hodisalar sifatida emas, balki nutq imkoniyatlarini kengaytiruvchi vositalar sifatida o’rganilsagina u samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |