1. Har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z fanini chuqur bilishi kerak.
2. O’quvchilarning ruhiyati, xarakter-xususiyatlari bilan yaqindan tanishgan bo’lishi lozim.
3. Mavzuga oid qo’shimcha mashqlar bajarishda interfaol usullardan unumli foydalanish lozim.
4. Vaqtni yo’qotmaslik uchun darsni loyihalab olish zarur.
5. Mavzu yuzasidan har xil ko’rgazmali qurollar, tarqatmali materiallar, krassvordlar, rebuslar, skanvordlar, test savollari tayyorlay bilishlari lozim.
6. Dars jarayonida o’qituvchi asosiy figurani emas, balki o’quvchi asosiy figurani tashkil etishi kerak.
7. O’quvchilarni ko’proq guruhlarda ishlashga yo’naltirish, ularni mazkur mavzular bo’yicha o’z fikrini qo’rqmay, tortinmay, erkin va mustaqil bayon etishga , mushohada yuritishga yo’naltirish lozim.
8 . Mavzuga oid qo’shimcha mashqlar bajarish jarayonida boshqa fanlarni shu mavzu bilan integratsiyalab, ya'ni bog’lab olib borish lozim. Agar o’qituvchilar yuqorida ta'kidlab o’tganlarimiz asosida darslarni tashkil etib borsalar, o’quvchilarning boshlang`ich sinf o`quv kursi bo’yicha bilim darajalarining kengayishiga, ularni har bir mavzuga befarq bo’lmasligiga, o’zarining mavzu bo’yicha erkin va mustaqil mushohada yurita olishlariga erishish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |