Sinf rahbarlari huddi shunday holatlarga o`z e`tiborlarini qaratishyaari lozim. Butun sinf o`qituvchilari oldiga yagona pedagogik talablarni, qattiqqo`llikni, sinfda intizomni saqlash, o`quvchilarga bo`lgan talabchanlikni oshirishni alohida vazifa qilib qo`yish lozim. Sharqning faylasuf shoiri Shayx Sa`diy: Agarda muallim bo`lsa beozor, deb bejiz aytmagan. Yana shuni ham aytish kerakki, intizom deganda bolalarning partada qimirlamay o`tirishini emas, balki ongli intizomni tushunish kerak. Ko`pgina o`qituvchilar o`zicha intizom o`rnatmoqchi bo`ladilar. Sinfga qosh-qovog`idan qor yog`dirib kiradilar, dag`-dag`a qilib bolalarni siquvga oladilar, gah desa qo`lga qo`nadigan qilmoqchi bo`ladilar. Bu bilan mutlaqo kelishib bo`lmaydi. Zo`ravonlik asosiga qurilgan tartib yaxshilikka olib bormaydi. Bu murg`aqk qalblarga adovat urug`ini sochadi, ularni sovuqqon, qo`rqoq, jur`atsiz, yolg`onchi, ozurda qilib qo`yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |