Darslardagi tartib-intizomni saqlashning eng yaxshi usuli o`quvchilar ishonchini qozonishdir. Darsni qizg`in, ijodiy, ko`rgazmali qurollar yordamida, ular havasini va hayratini uyg`otish, lol qoldirish, dars o`tilgach birorta ham o`quvchini «beish» qoldirmaslik – har biriga o`ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir. Intizomli bo`lish nafaqat maktabda, balki o`quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so`qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |