O`quvchilarda intizomni tarbiyalamasdan turib, ularni maktabga, atrof-muhitga, kishilarga, darslarga to`g`ri munosabatda bo`lishga, uy vazifalarini bajarishga, saranjomlikka o`rgatish qiyin. Ongli intizomni tarbiyalash – maktabning` asosiy vazifasi hisoblanadi. Sinf rahbarlari huddi shunday holatlarga o`z e`tiborlarini qaratishyaari lozim. Butun sinf o`qituvchilari oldiga yagona pedagogik talablarni, qattiqqo`llikni, sinfda intizomni saqlash, o`quvchilarga bo`lgan talabchanlikni oshirishni alohida vazifa qilib qo`yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |