37
Javob:
Geoekologik muammolar – insonlarning sog‘ligi va xo‘jalik faoliyatiga salbiy
ta’sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan munosabatlarida va geotizimlarning bir
butunligida nomutanosiblikni
keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillar
natijasida yuzaga kelgan jarayon va hodisalar. Geoekologik muammo qotib qolgan,
o‘zgarmas holat bo‘lmay, balki muntazam ravishda o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi,
ko‘p sonli oddiy muammolar tizimidir. Geoekologik
muammolarni bir qancha
ko‘rsatkichlar (xo‘jalik sohalari bilan bog‘liq, egallagan maydoni bo‘yicha, oqibatiga
ko‘ra, kelib chiqish omillari) bo‘yicha tasnifl ash mumkin, lekin yuqorida
ta’kidlaganimizdek, geoekologik muammo muayyan maydonda tarkib topib
shakllanadi.
Shu sababli, bunday muammolar tarqalgan maydoni bo‘yicha –
sayyoraviy, regional va lokal, ayrim hollarda esa milliy kabi guruhlarga ajratiladi.
Sayyoraviy geoekologik muammolar – butun geografik qobiq doirasida ro‘y
beradigan va Yer yuzining barcha qismlariga ta’sir etadigan, barcha mamlakatlarga,
butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng murakkab geoekologik muammolardir.
Regional geoekologik muammolar – egallagan maydoniga ko‘ra global geoekologik
muammolardan kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bir yoki bir necha turlardan tashkil
topgan geoekologik hodisa-jarayonlar kompleksidan iborat bo‘ladi. Lokal (mahalliy)
geoekologik muammolar – regional geoekologik muammolarga nisbatan kichikroq
maydonlarni egallab, bir yoki ikki mamlakat hududida joylashgan ma’lum
geotizim
doirasida yuzaga kelgan muammolardir. O‘zbekistondagi lokal geoekologik
muammolarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularning har tarafl ama kompleks tahlili va
kelib chiqishi sababiga ko‘ra quyidagi genetik guruhlarini ajratish mumkin: 1)
atmosfera havosining ifl oslanishi bilan bog‘liq muammolar – yirik shaharlar va
sanoatlashgan hududlarda; 2) suvdan intensiv foydalanish bilan bog‘liq muammolar –
zovur suvlarining ko‘llarda to‘planishi, chuchuk suvlarning yetishmasligi,
chuchuk
suv havzalarining ifl oslanishi va h.k.; 3) yerdan intensiv foydalanish bilan bog‘liq
muammolar – eroziya, sho‘rlashish, yaylovlarning degradatsiyaga uchrashi; 4)
geotizimlarga texnogen ta’sir bilan bog‘liq muammolar – konchilik sanoati
chiqindilarining to‘planishi, geotizimning buzilishi, og‘ir
texnikaning yaylovlarni
payhon qilishi va h.k.; 5) chorvaning intensiv boqilishi va buta-daraxtlarni kesish
bilan bog‘liq muammolar; 6) rekreatsiya obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq
muammolar; 7) zaharli kimyoviy moddalarning tabiiy muhitni ifloslashi bilan bog‘liq
muammolar va h.k
Do'stlaringiz bilan baham: